Reja: Ta‘lim tizimidagi yangiliklar Ta‘lim tiziminini boshqarishning tashkiliy-huquqiy asoslari Ta'lim tizimida xorij tajribasining ahamiyati


-§. Malaka oshirishning muqobil shakllari



Download 241,64 Kb.
bet8/16
Sana21.09.2022
Hajmi241,64 Kb.
#849687
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Новый документ в формате RTF (4)

6-§. Malaka oshirishning muqobil shakllari
37. Xodimlar malakasini oshirishning muqobil (ta’lim dasturlarisiz malaka orttirish) shakllari quyidagilardan iborat:
darslikka mualliflik qilish;
doktorlik ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilish;
xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy anjuman (seminar, konferensiya, simpozium va boshqa)larda ma’ruza bilan ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot natijalari asosida xalqaro indeksatsiyalangan bazalarda (Scopus, Web of Science) e’tirof etilgan jurnallarda maqola nashr etish.
Ro‘yxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan boshqa faoliyatlar.
38. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida muqobil malaka oshirish shakllarining ro‘yxati ularga beriladigan kredit ballari ko‘rsatilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
39. Muqobil malaka oshirish shakllarida shug‘ullanish natijalari (kredit ballari) uzluksiz kasbiy ta’limning natijalarini umumlashtirishda hisobga olinadi.
6-bob. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish turlari
40. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish qayta tayyorlash va malaka oshirish orqali amalga oshiriladi.
Xodimlarni qayta tayyorlashning maqsadi — mehnat bozori, shaxs, davlat va jamiyatning o‘zgaruvchan ehtiyojlarini hisobga olgan holda xalq ta’limi tizimida faoliyat olib borayotgan oliy ma’lumotli, lekin tegishli pedagogik yoki kasbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan xodimlarning qo‘shimcha ixtisoslik bo‘yicha kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mavjud davlat ta’lim standartlari yoki davlat ta’lim talablari asosida shakllantirishdan iborat.
Xodimlar malakasini oshirishning maqsadi — xodimlarning malaka darajasiga ortib borayotgan talablar va kasbiy faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy usullarini o‘zlashtirish zarurati bilan bog‘liq holda nazariy va amaliy bilimlarini yangilashdan iborat.
1-§. Xodimlarni qayta tayyorlash
41. Xodimlarni qayta tayyorlash yangi lavozimga tayinlash yoki mutaxassislikning malaka tasnifiga muvofiq keyinchalik professional faoliyatning yangi turini bajarish maqsadida yangi kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga yo‘naltiriladi.
42. Qayta tayyorlashning asosiy turlari:
pedagogik qayta tayyorlash;
kasbiy qayta tayyorlash.
43. Pedagogik qayta tayyorlash — oliy ta’lim muassasalarining nopedagogik yo‘nalishlarini bitirgan mutaxassislarning bazaviy kasbiy ma’lumotini ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘quv-tarbiya jarayonining talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli bo‘lgan pedagogik tayyorgarlik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mutaxassislarni o‘qitish.
44. Kasbiy qayta tayyorlash (ixtisoslashuv) — oliy pedagogik ma’lumotli mutaxassislar tomonidan ta’limning tegishli turi Davlat ta’lim standarti (Davlat ta’lim talablari) bilan belgilanadigan o‘qitishning talab etiladigan sifatini ta’minlaydigan darajada o‘quv fani yoki kurs bo‘yicha pedagogik faoliyatni yuritish uchun zarur va yetarli hajmda yangi kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan boshqa soha mutaxassislariga pedagogik faoliyat olib borishi uchun sohasiga mos fandan kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tishi talab qilinadi.
45. Rahbar xodimlarni qayta tayyorlash Vazirlik yoki xalq ta’limi hududiy boshqaruv organlari buyurtmalariga binoan amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarining rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun zaxiraga olingan yoki rahbarlikka yangi tayinlangan xodimlar qayta tayyorlov kurslariga jalb etiladilar.
46. Pedagog hamda mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash, o‘quv rejalariga yangi o‘quv fanlari yoki kurslar joriy etilishi, buyurtmachilar yoki mehnat bozorining talablari bilan belgilanadigan ayrim pedagog hamda mutaxassislarning qayta ixtisoslashuvi yoki yangi mutaxassislikka ega bo‘lishi munosabati bilan yuzaga kelgan ehtiyojlarga ko‘ra tashkil etiladi.
Vaqtincha ishlamaydigan pedagoglar ham o‘z xohishiga ko‘ra qayta tayyorlash kurslarida o‘qishi mumkin.
47. Pedagog va mutaxassis xodimlarni qayta tayyorlash ularning ehtiyojlari va murojaatlariga binoan to‘lov shartnomalari asosida tashkil etiladi. To‘lovlar qayta tayyorlash kursi tinglovchisi yoki homiy (yuridik yoki jismoniy shaxslar)lar tomonidan shartnomada ko‘zda tutilgan muddatlar va miqdorlarda amalga oshiriladi.
48. Qayta tayyorlash buyurtmachining yakka tartibdagi topshirig‘i yoki aniq yo‘naltirilgan dasturi asosida, davlat ta’lim talablari, shuningdek ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Qayta tayyorlashga ikkinchi oliy ta’limni olish sifatida qaralmaydi, qayta tayyorlash natijasida beriladigan hujjat (diplom) faqat muayyan lavozimda faoliyat ko‘rsatish yoki muayyan fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borish huquqini beradi.
49. Xodimlarni qayta tayyorlash Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘quv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi.
50. Qayta tayyorlash dasturlarini o‘zlashtirish muddati o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar soni hamda ularning yuklamalari hajmidan kelib chiqib belgilanadi va u kamida 576 soatni tashkil qiladi. Auditoriya mashg‘ulotlari haftalik yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
51. Qayta tayyorlash kurslari ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish, masofaviy ta’lim yoki dual ta’lim shakllari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bunda, kurslarning kamida bir oyi, ya’ni 144 soati bevosita ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotida o‘tkazilishi shart.
52. Qayta tayyorlash kurslarini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlari qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda quyidagilarni amalga oshiradi:
buyurtmachilar ehtiyoji va yakka shaxslarning murojaatlariga ko‘ra qayta tayyorlash kurslariga buyurtmalarni shakllantiradi;
qayta tayyorlash kurslarida o‘qish istagini bildirgan talabgor-tinglovchilarga doir hujjatlarni (familiyasi, ismi va otasining ismi, qachon va qaysi oliy ta’lim muassasasini bitirganligi, diplom bo‘yicha mutaxassisligi, qayta tayyorlash yo‘nalishiga mosligi) to‘liq o‘rganadi va tegishli xulosani tayyorlaydi;
qayta tayyorlash kurslari uchun tayanch o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida o‘quv-metodik materiallar (ishchi o‘quv rejasi, ishchi dasturlar, o‘quv-metodik majmualar)ni tayyorlaydi.
53. Qayta tayyorlash kurslari yetarli ilmiy-pedagogik va moddiy-texnik bazaga ega ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti tomonidan tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari qayta tayyorlash kurslari belgilangan talablar va tartibga qat’iy rioya qilgan holda tashkil etilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi.
54. Qayta tayyorlash jarayonida guruhdagi kurs tinglovchilarining soni 25 nafardan oshmasligi lozim.
55. Qayta tayyorlash kurslaridagi o‘quv jarayoni tayanch o‘quv rejalariga mos ravishda tuzilgan va har biri bir nechta o‘quv fani modullarini o‘z tarkibiga olgan bloklardan iborat ishchi o‘quv rejalari asosida tashkil etiladi.
56. Qayta tayyorlash kurslaridan o‘tuvchi xodimlar ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan tinglovchilar safiga qabul qilinadi.
57. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi kursning o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan barcha nazorat turlarida (oraliq, yakuniy va boshqalar) ijobiy natija ko‘rsatsa, kursning o‘quv dasturi to‘liq o‘zlashtirilgan hisoblanadi. Oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchi yakuniy nazoratga qo‘yiladi.
58. Oraliq nazoratlarda yetarli ball to‘play olmagan tinglovchiga 1 oy muddat davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Belgilangan muddatlarda oraliq nazoratni qayta topshira olmagan tinglovchi tinglovchilar safidan chiqariladi.
59. Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkiloti rahbari tegishli buyruq bilan yakuniy attestatsiya komissiyasini tashkil etadi.
Yakuniy attestatsiya yakuniy nazorat sinovlari va bitiruv ishini himoya qilish orqali o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga bitiruv ishini himoya qilishga ruxsat beriladi.
60. Yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi hujjat (diplom) beriladi.
61. Yakuniy attestatsiya sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan yoki uzrli sabablarga ko‘ra (mehnatga layoqatsizlik, homiladorlik, tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tili, xizmat safarida bo‘lish va boshqalar) qatnasha olmagan tinglovchilarga bir yil davomida qayta topshirishga imkoniyat beriladi. Agar navbatdagi kurslar bir yil mobaynida tashkil etilmasa, alohida yakuniy attestatsiya komissiyasi tuzilishi mumkin.
62. Yakuniy attestatsiya sinovlarini qayta topshirish natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda, tinglovchiga kursni tugatganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma beriladi va bir yil davomida to‘lov-shartnoma asosida qayta topshirishga ruxsat beriladi.

Download 241,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish