Bog'liq Regional tabiiy geografiyaga taaluqli muammo
TABIIY GEOGRAFIYADA SISTEMALI YONDASHUV Fan barcha davrlarda sistemalarni o`rgangan va sistemali metodlardan foydalangan. Sistemali yondashuv g`oyasining asl mohiyati o`rganish ob`yektining juz’iyatlarini uning qismlaridagi juz’iyatlari asosida tadqiq qilishdan iboratdir. Hozirgi paytda ham murakkab ilmiy muammolarning yechimida tizimli yondashuv goyalari va metodlari keng foydalaniladi.
“Sistema” (yun. systёma qismlardan tashkil topgan bir butun, birikma) tushunchasi hozirgi fanda universal ahamiyatga ega. Ammo, ta`kidlash joizki, sistemalarning umume`tirof etilgan umumiy nazariyasi yaratilganicha yo`q. Shu sababli har bir muayyan tadqiqot uchun tamoyillar, qoidalar va metodlarni ishlab chiqish muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
“Sistema” termini bir qancha mazmunga ega. Ular orasida eng ko`p tarqalgani – bu sistema – elementlar to`plami bo`lib, bu sistemalar orasidagi munosabatlar mantiqiy (turli qarashlar sistemasi) va moddiy (tuquv stanogi – sistema) munosabatlar bo`lishi mumkin. Ko`pchilik fiziklar va biologlar talqinidagi torroq mazmundagi sistema -o`zaro ta`sirdagi elementlar yig`indisi bo`lib, ular muayyan tuzilma (struktura) bilan ifodalanadi hamda bir butunlik belgilariga ega va tasgqi muhit tufayli mavjud bo`ladi.
Sistemaga ko`plab har xil ta`riflar mavjud. Bu ta`riflardagi umumiylik shundaki, ularda sistema o`zaro bog`liq bo`lgan muayyan bir butunni xosil qiladigan turli xil elementlarning mnojestvosidir.
O`z tabiiy ob`yektini sistema deb e`tirof etish va uni tadqiq qilishda sistemali yondashish g`oyasining tabiiy fanlarga kirib kelishi Bertalanfi tomonidan XX asrning 30-yillarida sistemalar umumiy nazariyasining ishlab chiqilishi bilan bog`liq bo`ldi. Bu nazariyaning yuzaga kelishi fanlarning bo`linib ketishi jarayoniga qarama-qarshi ularni bitta umumiy metod yordamida birlashtirish masalasi bilan bog`liq edi. Darhaqiqat, sistemalar umumiy nazariyasi alohida-alohida hodisalarni emas, balki ularning sistemasini boshqarish tamoyillarini belgilash va tadqiqot ob`yektlari bilan o`hshashliklarini aniqlashni talab qiladi.
S i s t e m a deb keng ma`noda bir butunlik xossasiga, muayyan tuzilishga, ichki uyushmaga, alohida funksiyalarga ega bo`lgan, bir-biri bilan qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo`lgan ko`plab elementlar (jismlar, hodisalar, ob`yektlar,bilimlar va b.) xosil qiladigan muayyan majmua tushuniladi.Sistema bir butunlik va mavjudligining tashqi muhitiga ega. Har qanday sistema o`ziga nisbatan kichikroq bo`lgan sistemalardan tashkil topgan bo`lib, o`z navbatida uning o`zi ham o`zidan yirikroq sistema tarkibiga kiradi. Sistemani tashkil etuvchi kichik sistemalar k o m p o n e n t l a r (lot.komponens biror narsaning tarkibiy qismi) deyiladi. Kichik sistemalar o`zaro qonuniy munosabatlarda bo`ladi va sistemaning strukturasini xosil qiladi.Sistemalarning komponentlari orasida e l e m e n t l a r(lot. elementum dastlabki modda) iyerarxiyasi deb ataladigan asosiy kichik sistemalarni ajratish mumkin. Kichik sistemalar strukturalar iyerarxiyasini, sistema xosil qiluvchi butun majmuasi esa u y u s h m a ni xosil qiladi. Uyushuv deb kichik sistemalarning o`zaro taqoza qilishini ham o`z ichiga oladigan sistemaning bir butunligini taqoza etadigan omillarning sisema xosil qiluvchi barcha majmuasi tushuniladi. Ta`kidlash lozimki, yaxlit sistema uning qismlsrining – elementlarining yig`indisidan kattaroqdir.
Sistemaning barcha elementlari bir-biri bilan doimiy ravishda ozaro munosabatlarda boladi. Sistemaning elementlari bir-biri bilan ozaro munosabatlarga kirishishga yordam beradigan usul esa shu sistemaning sistema xosil qiluvchi tomonidir. Binobarin,elementlar yigindisi emas, balki ular bir-biri bilan ozaro munosabatlarga kirishishga yordam beradigan usul elementlarning muayyan yigindisining sistema xosil qiluvchi tomonidir. Geografiyada sistemali yondashuv. Fanning umumy ob`yektini alohida qismlarga bo`lib tashlaydigan tabaqalashuvning asosiy kamchiliklarini bartaraf qilishga imkon beradigan sistemali yondashuv geografiyda katta ahamiyatga ega bo`ldi. Sistema tushunchasining o`zi o`rganilayotgan faktlarning aloqasini, tabaqalashuv jarayonida integratsiyaning zarurligini, o`rganilayotgan hodisalarga turli yondashuvni, o`zaro bog`liq metodlarni qo`lashni taqoza etadi. XX asrning 60 – yillarida yangi umumilmiy yondashuv (paradigma) – sistemali yondashuv yuzaga keldi. Bu davrga kelib geografik ob`yektlarning katta qismini xilma-xil (heterogen) elementlardan tashkil topgan, ichki aloqaga, zanjirli reaksiyalar to`riga, barqarorlikning ichki mehanizmiga, o`z-o`zini tartibga soladigan sistema sifatida qaralishi mumkin va zarur ekanligi anglab yetildi. Sistemali yondashuv elementlarini turli xil hududiy komplekslar: kichikroq komplekslardan tashkil topgan landshaftlar, turli funksional zonalarni oz ichiga oladigan shaharlar, qishloq hojaligi va sanoat kichik rayonlarini ozida mujassamlashtiradigan iqtisodiy rayonlar va boshqa sitemalardan tashkil topgan geografik ob`yektlarni bir butun, ammo ayni paytda hududning turli qissmlaridan iborat bo`lgan bir xil jism sifatida o`rganish imkonini berdi. Shu sababli sistemali yondashuv asosida ilgari o`rganilgan tabiiy va ishlab chiqarish komplekskarining bir qator xossalari chuqurroq organila boshlandi. Shunday qilib, sistemali yondashuv nafaqat tushuntirib beruvchi, balki konstruktiv funksiyani ham bajaradi.
Geografiya uchun sistema tushunchasi o`z davridaV.V.Dokuchayev tomonidan qo`llanilgan “tabiiy - tarixiy zona” tushunchsidek ahamiyatga ega.
Butun tabiat sistemali uyushgan. Turli xil va darajadagi (fizikaviy, biologik, sotsial va b.) sistemalar mavjud. Tabiiy sistemalarning eng muhim juz’iyati ularning tuzilmasida – qismlarning munosabatlari va aloqalarida namoyon bo`lishidir.
Geograflar o`ziga xos murakkab sistemalar bilan ish ko`radilar. Geografik qobiq va uni tashkil etuvchi sistemalar yaxlit, bir butun sistemaladir. Bu sistemalar uchun ularni tashkil etuvchi qismlarning turli tumanligi, ularning o`zaro joylashishining murakkabligi va tartibliligi va butun sistemaning.
Sistemali yondashuvning asl mohiyati o`rganish ob`yektining juz’iyatlarini uning qismlaridagi hususiytlari asosida tadqiq qilishdan iborat. Shu nuqtai nazardan qaralganda, bir qator tabiatshunos olimlar (V.V. Dokuchayev, A.A. Grigoryev, L.S. Berg, S.V. Kalesnik, N.A.Solntsev va b.) “sistemali yondashish yoki tahlil” tushunchalarini qo`llamagan bo`lsalarda, ular ob`yektning bir butunligini, uning tarkibiy qismlari orasida o`zaro ta`sir va aloqadorlikning mavjudligini doimo ta`kidlab kelganlar. Masalan, N.A. Solntsev 1949-yildayoq “geografik landshaft qonuniiy tuzilishga ega bo`lgan kichikroq tabiiy hududiy komplekslar tizimidir”, deb fikr bildirgan. Sistemali yondashuv boshqa tabiiy va ijtimoiy fanlar qatori geografiyaga ham kirib keldi. Chunki geografiya fanlarining o`rganish ob`ekti bo`lgan geografik qobiqning o`zi ham yagona moddiy sistema bo`lib, moddalar uyushuvi turli darajalaridagi moddiy sistemalarning murakkab iyerarxiyasidan () tashkil topgan. Tabiiy geografiyada hozirgi paytda “geografik landshaft “ tushunchasi bilan bir qatorda “geosistema” tushunchasi ham keng qo`llanilmoqda. Bu tushunchlar ko`p jihatdan umumiy juz’iyatlarga ega, ammo ularning har biri o`ziga xos individuallikka ega. Ularning ilmiy salohiyati, argumentatsiyasi, nazariy va amaliy rivojlanishi turli xil. Shu sababli ularni qiyoslash ularning har birining juz’iyatlarini va nisbatini belgilash imkonini beradi.K.N. Dyakonovning (1973) fikricha bu tushunchalarni taqqoslashda quyidagi holatlardan kelib chiqmoq lozim:
1. Tabiiy jarayonlar va geografik muhitning xossalari to`g`risidagi empirik ma`lumotlar va bu ma`lumotlarni umumlashtirishtushunchalar, gipotezalar, modellar va nazariyalar tuzish imkonini beradi.
2. Regional kompleks tabiiy geogrfiyaga mansub bo`lgan landshaftshunoslik asosida tabiiy muhitning bir qancha turli mantiqiy va nazariy modellari turadi. Bu modellar tabiiy jarayonlarnng qonunlari va qonuniyatlari, ularning o`zaro aloqalari, tabiiy muhitni uyushtirish to`g`risidagi nisbiy ob`yektiv haqiqatni belgilash imkonini beradi.
XX asrning so`ngi choragida “geosistema” tushunchasi keng ahamiyatga va izohga ega bo`ldi. Tabiiy muhitning rivojlanishi va mavjudlik qonunlari to`g`risidagi masalaning yecimiga yo`naltirilgan yangi vazifalar bir butunlik belgilari bo`lgan xosilalarni o`rganishga qiziqishni kuchaytirdi
Hozirgi paytda sistemali yondashuv geografiyaning barcha sohalarida keng qo`llanilmoqda. Geograflar o`ziga xos sistemalar bilan ish ko`radilar va ular g e o s t e m a l a r deb nom olgan. “Geosistema” tushunchasining keng tarqalishining boshqa bir sababi barcha mamlakatlarda sistemali tadqiqotlarga e`tiborning kuchayishidir.
Sistemali yondashuvning tabiiy geografiyada qo`llanilishi va “qonuniylashuvi” V. B. Sochava (1963) nomi bilan bog`liq. U tabiiy geografiya o`rganadigan barcha ob`yektlarni “geosistema”, deb nomladi. Uning fikricha, geosistema landshaft – ekologik kategoriya bo`lib, tabiatning geografik qobiqda amal qiladigan qonuniyatlarga bo`ysunadigan o`zaro bog`liq komponentlari geografik sistemalarni (geosistemalarni) xosil qiladi., ya`ni “geosistema – planetar geosistema (geografik qobiq yoki butun geografik muhit)dan tortib elementar geosistema (tabiiy – geografik fatsiya)gacha bo`lgan barcha mumkin bo`lgan kategoriyadagi tabiiy birliklardir”. Geohoralar: urochishchalar, joylar, rayonlar okruglar yoki mikro-, mezzo-,makrogeohoralarning uyushuv darajalari ajratiladi.
V.B. Sochavaning fikricha, “geosistema alohida, o`ziga xos boshqariladigan sistemalar sinfidir, unda tabiatning barcha komponentlari bir-biri bilan o`zaro bog`liqlikka va o`zaro aloqadorlikka ega hamda muayyan darajada bir butun ob`yekt sifatida fazo bilan va kisxilik jamiyati bilan o`zaro ta`sirdadir” (1970).
V. B. Sochava (1970) geosistemalarning ikki toifasini- geomerlar va geoxorlarni farqlaydi. Geomerlar – bir xil elementar geosistemalar bo`lib, ular muayyan belgilarga ko`ra umumlashtirish yo`li bilan taksonomik qatorga tiziladi. Binobarin, geomerlar tabiiy komplekslarning tipologiyasiga mansub bo`lgan tasnifiy tushunchadir. Sistemali tahlil nuqtai nazaridan biogeotsenozlarning o`zaro ta`sirining qonuniy birikmasi sifatida namoyon bo`ladigan geohoralarnini qarab chiqish qiziqarlidir.
V.B. Sochava (1970) geosistemalarning quyidagi 3 ta asosiy darajasini ajratadi:
1) sayyoraviy darajadagi geosistema Yerda yagona nushadagi geografik qobiqdan iborat;
2) regional darajadagi geosistemalarga geografik qobiqning yirik va tuzilishiga ko`ra murakkab strukuraviy bo`linmalari – tabiiy-geografik zonalar, sektorlar, o`lkalar, provinsiyalar va boshqalar kiradi;
3) mahalliy yoki lokal (lot. lokalis mahalliy) darajadagi geosistemalarni nisbatan sodda tabiiy hududiy komplekslar yoki landshaftning morfologik birliklari (joy, urochisha fatsiya) tashkil etadi.
“Geosistema” termini geograflar tomonidan taklif qilingan bir qancha ta`riflar mavjud. V.S. Preobrajenskiy (1969) tomonidan tabiiy komplekslarning mono- va polisistemali modellari ajratiladi. Tabiiy komplekslarning monosistemali modeli o`zaro ta`sirdagi komponentlar va omillardan iborat. Monosistemali model tushunchasi tabiiy kompleksning sinonimi sifatida namoyon bo`ladi; geografik fatsiya va butun geografik qobiq monosistemali modellar bo`lishi mumkin. Monosistemali model uzluksiz tabiiy xosilani anglatadi. V.S. Preobrajenskiyning polisistemali modeli “geografik qobiqqa nisbatan kichikroq birlikdagi kichik sistema sifatida namoyon bo`ladigan bir xil tipli, ko`p marta takrorlanadigan strukturaviy xosilalardan – tabiiy komplekslardan tuzilgan sistemadir” (1967). Bu modeldagi sistema regional talqindagi landshaft va B.B. Polinovning geokimyoviy landshaftiga yaqin turadi. Polisistemali model tushunchasi sistemali tahlil nuqtai nazaridan geografik landshaftga nisbatan universalroqdir, zero geografik landshaft harakatchan komponentlar (suv va havo massalari, hayvonot dunyosi) bo`yicha uni tashkil etuvchi elementlarning – morfologik qismlarning o`zaro ta`sir tamoyiliga to`liq to`g`ri kelmaydi. A.Y.Retyum (1970) geosistemani dasavval fizikaviy sistema sifatida talqin qiladi.Bu talqinda asosiy e`tibor butun sistema shakllanishining asosida turadigan modda oqimining (harakatining) yo`nalishiga e`tibor qaratiladi.Suv oqimlari, qor ko`chkilari, sel, harakatlanuvchi qumlar eng tipik sistema xosil qiluvchi omillardir. Bu borada R.J. Chorli va B.A. Kennedining tadqiqotlari (Physical geography: a systems approach. London,1971) muhim ahamiyatga ega bo`ldi. R.J. Chorli va B.A. Kennedi sistema deb ob`yktlar va ularning xossalarining struturaviylashgan to`plamini tushunadilar. Ular butun borliq o`zaro ta`sir va bog`liqlikda bo`lgan, kichiklari kattalarini xosil qiladigan turli katta-kichiklikdagi tizimlardan iborat ekanligini ta`kidlagan holda aynan sistemali yondashuv ko`pincha tabiatshunoslik fanlarining konglomerati deb hisoblanadigan tabiiy geografiyaning predmeti sohasining chegaralarini belgilash imkonini beradi. Ularning fikricha, tabiiy geografiya to`rt darajadagi: morfologik, kasqadli, reaktivli (process – response (jarayon-javob) va boshqariladigan sistemalar to`g`risidagi fandir. Tabiat hodisalarining o`zaro bog`liq tavsiflarining uyg`un birligi morfologik tizimlarni xosil qiladi. Morfologik tizimlar morfologik yoki rasmiy juda tez fizikaviy xossalarga ega. Bu xossalar korrelyatsion (lot. correlatio o`zaro munosabat, bog`lanish) tahlil yo`li bilan ochib beriladigan bog`lanishning funksional qismini yaratish uchun birlashtiriladi. Morfologik sistemalarga daryo havzalari, yonbag`irlar, qirg`oqlar, uzanlar misol bo`ladi.
Kasqadli (fr. cascade pog`onali sharshara) sistemalar kichik tizimlarning zanjiridan tashkil topgan.bo`lib, ular modda va energiya harakati tufayli dinamik jihatdan bog`liq bo`lgan ob`yektlarning majmuasidan iborat. Kasqadning asosiy komponentlarini birining chiqishi ikkinchisining kirishini xosil qilishi bilan birlashgan kichik sistemalar xosil qiladi. Har bir kichik sistema bir xil xossalarga ega bo`lgan (o`simlik qoplamining bir qismi, atmosferaning muayyan hajmi va b.) fazoni (geotoriyani) band etadi. Kasqadda tartibga solish (regulyator) va to`plash (akkumulyator) katta ahamiyatga ega. Ob`yektlarning modda va energiyaning harakatiga ta`sir ko`rsata olish qobiliyatiga ega bo`lgan xossalari regulyatorlar bo`lib xizmat qiladi.
“Jarayon – reaksiya (javob)” tizimlari morfologik va kaskad tizimlarining kesishib o`tishi yo`li bilan xosil bo`ladi. Ularning og`irlik markazi jarayonlarda va bu jarayonlar yartadigan shakllarda bo`ladi.
K.N. Dyakanovning (1973) fikricha geosistema – konussimon yoyilma yoki daryo havzasidan tortib butun geografik qobiqqacha bo`lgan tabiiy birliklardir (ochiq bir butun xosilalarning belgilariga ega bo`lgan ob`yektlardir). Uning fikricha geosistemalar landshaft – ekologik kategoriya sifatida qaralmog`i lozim. Biroq, ekosistemalar geosistemalarda va geosistema va muhit orasidago modda va energiya almashuvida ikinchi darajali ahamiyatga ega. Geosistemalar uyushuvning strukturaviy darajalariga,mavjudlikning turli vaqtiga ega. Sistemali yondashuvni geografiyada qo`llashning mantiqiy tahlili unda tipologik-regional va funksional-butunlik yo`nalishlarining mavjudligini ko`rsatadi. K.N. Dyakonov (1976) fikricha tipologik-regional geosistemalarga modda va energiyaning oqimi bilan bog`liq bo`lgan eng kichik tabiiy-geografik komplekslar (fatsiyalar) hamda modda va energiyaning gorizontal oqimi bilan bog`liq bo`lgan geografik landshaftlar kiradi. Funksional-butunlik juz’iyatlariga ega geosistemalarning mavjudligi asosida esa modda va energiyaning bir tomonlama oqimi yotadi. Chehiyalik olim Y. Demek (1977) ham sistemalarning to`rt turini e`tirof etgan holda, tabiatda funktsional aloqalar tavsifiga qarab, sistemalarning yana quyidagi 3 xilini ajratadi: 1) chegaralari modda va energiyaning kirib kelishi va chiqib ketishiga yo`l qo`ymaydigan alohida sistemalar (bunday tizimlar faqat laboratoriya sharoitlaridagina xosil qilininshi mumkin); 2) chegaralari faqat moddaning (energiyaning emas) kirib kelishiga va chiqib ketishiga to`sqinlik qila oladigan berk sistemalar; 3) atrof muhit bilan modda va energiya almashinib turadigan ochiq sistemalar. Hosil bo`lishiga ko`ra insonning ho`jalik faoliyati bilan bog`liq bo`lgan hamda bir butunlik belgilariga ega bo`lgan hosilalarni A.Y.Retyum, L.F. Kunitsin va A. Y. Retyum (1972) geotexnikaviy sistemalar deb atashni taklif etishgan. Ularga ko`ra - geotexnikaviy sistema – unung barcha strukturaviy elementlari (kichik sistemalari) orqali modda, energiya va ahborot oqimlari bilan birlashgan, muayyan birlikka ega bo`lgan, muhandislik – tehnikaviy elementlardan, sun`iy yaratilgan tabiiy va tabiiy hududiy komplekslardan (eko- va geosistemalardan) tuzilgan xosilalardir. A.G. Isachenko (1991) fikricha “geosistema” tushunhasi geografik qobiqdan tortib uning eng kichik bo`linmalarigacha bo`lgan tabiiy-geografik birliklarining barcha iyerarhik qatorini o`z ichiga oladi. Ko`pchilik tabiiy geograflar “geosistema” terminini “tabiiy hududiy kompleks“,“tabiiy-geografik kompleks”,“landshaft” terminlarining sinonimi yoki mohiyatiga ko`ra bir-biriga yaqin tushunchalar, deb hisoblaydilar. Masalan, A.G. Isachenko “geokompleks” termini o`rniga “geosistema” terminini qo`llash maqsadga muvofiq ekanligini ta`kidlaydi. Geosistema – tabiiy hududiy kompleks tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha. “Tabiiy hududiy kompleks” tushunchasi geografik qobiqning faqat ayrim qismlariga, uning hududiy bo`linmalariga nisbatan qo`llash mumkin. Biroq bir butun sifatidagi geografik qobiqning o`ziga nisbatan qo`llab bo`lmaydi. A.G. Isachenko (1991) fikricha har qanday tabiiy-geografik kompleks sistemadir, ammo hamma sistemalar ham kompleks bo`lavermaydi. “Geosistema” termini ob`yektning sistemali mohiyatini, uning tabiatdagi uyushuvning universal shakli sifatidagi sistemalarga mahsubligini ifodalaydi. Har qanday katta-kichiklikdagi tabiiy-geografik kompleks geografik sistema (geosistema) deb atalishi uchun zarur bo`lgan juz’iyatlarga ega. Chunki har bir tabiiy-geografik kompleks o`zidan kichik bo`lgan komplekslardan tashkil topgan va o`z navbatida uning o`zi ham o`zidan yirikroq bo`lgan kompleks tarkibiga kiradi. Har bir tabiiy-geografik kompleksning tarkibiy qismlari orasida o`zaro ta`sir va aloqalar mavjud va shu tufayli bir butunlik juz’iyatiga ega. Demak, Yer yuzasidagi barcha katta-kichiklikdagi tabiiy – geografik komplekslar geosistemalardir. Geosistemalar dinamik sistemalar bo`lib, tashqi omillar va o`ziga xos bo`lgan bir butunlikni vujudga keltiruvchi ichki jarayonlar ta`sirida tarkib topadi, mavjud bo`ladi va o`z-o`zini uzluksiz rivojlantirib turadi.
Y.G. Sauyshkin va A.M. Smirnov (1967) geosistemani tabiat, aholi va ho`jalikdan tabiat va jamiyatning hozirgi o`zaro ta`siri tufayli vujudga kelgan xilma – xil (heterogen) xosila sifatida talqin etishgan edilar. Ular, shuningdek, tashkil etuvchi elementlarning birligi va o`zaro taqozasi bilan ifodalanadigan xosila – “geostruktura” tusunchasini ham kiritgan edilar. Geostruktura tushunchasi boshqa mualliflarning geosistema tushunchasiga yaqin turadi.