Regional tabiiy geografiyaga taaluqli muammolar
Reja:
1. Tabiiy geografiyada sistemali yondashuv
2. Atrof muhit muammolarining geografik jihatlari
Rayonlashtirish (fr. rayon - bo`lim, bo`linma) keng ma’noda geografik qobiq va uning qismlarining, shuningdek tabiat va jamiyat o`zaro ta’sirining tabiiy va sotsial-iqtisodiy jarayonlarning hududiy tabaqalashuvini (differensiatsiyasini) ochib berishga qaratilgan say’-harakatlar majmuasidir.Amerikalik olim D.Uittlsining fikricha (1957), rayon – hodisalarning murakkab komplekslarining hududiy birikmalarini tanlab olish va o`rganish vositasidir.
Geografiyada rayonlashtirish muammosini ko`pchilik tadqiqotchilar markaziy muammo deb hisoblashadi va bu muammoga juda ko`plab adabiyotlar bag`ishlangan. Geografik rayonlashtirish tipologik yondashuvni nafaqat Yer yuzasidagi bir xil qismlarini ajratish yo`li bilan, balki hududlarning alohida tiplari areallarinining tahlil natijalarini bir-biriga moslab bir butun hosil qilish yordamida individual qiyofaga ega bo`lgan turli xil qismlarini ajratish yo`li bilan ham amalga oshiradi.
Tabiat xossalarining ifodalanishi darajasiga ko`ra rayonlashtirishning quyidagi xillari ajratiladi: 1) tabiat va jamiyat o`zaro ta’sirinining sistemalarini integral rayonlashtirish; 2) kompleks tabiiy-geografik (landshaft) rayonlashtirish; 3) komponentlarni tabiiy-geografik rayonlashtirish (iqlimiy, geomorfologik,geobotanik va b.).
Tabiiy geografik rayonlashtirish deb, teng tabiiy regionlarni ajratish (belgilash) asosida hududiy bo`lish tizimiga aytiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tabiiy-geografik rayonlashtirish juz’iy tabiiy geografik belgilarga (komponentlar bo`yicha tabiiy geografik rayonlashtirish) va o`zaro bog`liq bo`lgan belgilarning kompleksiga ko`ra (komleks tabiiy-geografik yoki landshaft rayonlashtirish) o`tkazilishi mumkin. Amaliy vazifalarga nisbatan esa rayonlashtirishning ikki turi – umumilmiy va amaliy rayonlashtitish turlariga ajratiladi. Ammo, ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, har qanday amaliy rayonlashtirish faqat umumilmiy rayonlashtirish asosida amalgam oshiriladi. Boshqa tadqiqotchilar esa universal rayonlashtirish yo`q va har qanday rayonlashtirish muayyan maqsad uchun bajariladi, deb hisoblaydilar. A.G.Isachenkoning (1990) fikricha, yagona umumilmiy rayonlashtirish amaliy tabiiy-geografik rayonlashtirishning turli variantlarini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi. Amaliy tabiiy-geografik rayonlashtirish - iqtisodiyot, madaniyat, sog`liqni saqlashning turli sohalarida rejalashtirish va loyihalashtirishda tabiiy-ilmiy asos bo`lib xizmat qiladigan kompleks tabiiy rayonlashtirishdir (masalan, yo`l qurish, yangi yerlarni o`zlashtirish, yerlarni melioratsiya qilish va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |