Reja: Tabiat va jamiyatning munosabati



Download 168,61 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2020
Hajmi168,61 Kb.
#37291
1   2
Bog'liq
JAMIYAT VA TABIATNING o



Jamiyat va tabiat o'rtasidagi munosabatlar haqida gap ketganda, bu munosabatlarning ba'zi bir nomuvofiqligini ta'kidlash kerak. Bir tomondan, jamiyat qanchalik rivojlangan bo'lsa, u shuncha tabiiy resurslardan foydalanadi, ya'ni, sayyora tanazzulining muammosi mavjud. Boshqa tomondan, jamiyat uchun zarur bo'lgan resurslarni qazib olayotganda, inson tabiiy ekotizimni buzadi, bu esa o'z navbatida inson salomatligi va yashash sharoitlariga salbiy ta'sir ko'rsatadigan ekologik muammolarga olib keladi. Shunday qilib, shuni aytishimiz mumkinki, odam tabiatni qancha ko'p yutsa, u shunchalik ko'p uning holatiga bog'liq bo'ladi. Oldingi tabiatni muhofaza qilish masalalariga beparvolik bilan resurslarni cheksiz iste'mol qilish sayyora miqyosida ekologik inqirozga olib keldi. Taxminan 20-asrning oxiridan boshlab inson atrof-muhitiga ijobiy ta'sir ko'rsatishga urinishlar haqida gapirish mumkin: ifloslanishdan himoya qilish tizimini tashkil qilish, o'simlik va hayvonlarning noyob va yo'q bo'lib ketish xavfi ostida turgan turlarini himoya qilish, energiya tejaydigan texnologiyalardan foydalanish istagi va boshqalar.

Inson o‘z hayoti davomida ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan moddiy narsalarning barchasini tabiatdan oladi. U tabiat bilan o‘zaro chambarchas  bog‘langan.  Fan-texnika rivojlangani sari  insonning  mehnat  qurollari  takomillashib boradi.  Natijada  u  o‘zini o‘rab  turgan tabiatning  xususiyatlarini o‘zgartirib, o‘ziga xos "muhit” yaratadi. Shuning uchun, jamiyat  va  tabiat munosabatlari  haqida  gapirganda  tabiiy  muhit,  geografik  muhit, atrof-muhit, texnogen muhit kabi tushunchalar qo‘llaniladi.

Tabiat – bizni o‘rab olgan borliq, olam. Tabiat vaqt va fazoda cheksizdir, to‘xtovsiz ravishda harakatda, rivojlanishda va o‘zgarishda bo‘ladi. Jamiyat ham tabiatning, moddiy olamning o‘ziga xos bir bo‘lagidir.

Tabiiy muhit – tabiiy jism va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir  o‘rab  turuvchi, uning  hayotiy  faoliyati  kechadigan tabiiy sharoit  yoki  tabiiy  sharoitlar mujassamligi. Geografik  adabiyotlarda mazkur  tushuncha, ko‘pincha, geografik qobiqning inson va uning xo‘jalik faoliyatini  o‘rab turgan qismiga nisbatan ishlatiladi.

Geografik muhit – jamiyatni o‘rab turgan tabiiy sharoit; ijtimoiy ishlab  chiqarishning muayyan  tarixiy  bosqichida  tabiatning jamiyat  bilan  o‘zaro  ta’sirda  bo‘ladigan  bir qismi.  Geografik  muhit  jamiyat  taraqqiyotining doimiy va zaruriy sharoitlaridan biri, u mehnat taqsimotiga va  xo‘jalik  tarmoqlarining  joylashishiga  faol  ta’sir  etadi.  O‘z navbatida,  jamiyat ham geografik muhitga ta’sir ko‘rsatadi. Jamiyat rivojlanib borgani sari geografik muhit doirasi o‘zgarib, kengayib boradi.

Texnogen muhit  –  aholini  o‘rab  turgan  atrof-muhitning  bir  qismi  bo‘lib, inson tomonidan yaratilgan obyektlar, jism va moddalar tushuniladi. Jamiyat rivojlanib borgan sari texnogen muhit takomillashib boradi.

Atrof-muhit – aholini o‘rab turgan tabiiy  va  texnogen  muhitni qamrab olgan yashash va mehnat qilish sharoiti.

Jamiyat  bilan tabiat  o‘rtasidagi  ta’sir  va munosabatlar makon va zamonda o‘zgarib, xilma-xillashib boradi. Inson faoliyati maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lsa, tabiatdan oqilona foydalanish shu joy, hudud, o‘lkaning yashnashiga olibkelgan. Aks ta’sir noqulay  sharoitning  kelib  chiqishiga  sabab  bo‘ladi.  Insoniyat  tarixi davomida uning  tabiat  bilan bo‘lgan munosabati doim o‘zgarib, murakkablashib borgan.

Jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi va tabiatga munosabatining o‘zgarib borishini besh bosqichga bo‘lish mumkin.

1.  Ibtidoiy  jamoa  davri  –  jamiyatning  geotizimlar  tabiiy  holatini  buzmaydigan hayot tarzi Odam  paydo  bo‘lgandan boshlangan.  Bu  davrning  xususiyatlari: dastlab  tayyor  tabiat  ne’matlaridan  termachilik  bilan kun ko‘rilgan; tosh qurollari ixtiro qilinib, ovchilik va baliqchilik  bilan shug‘ullanilgan;  olov kashf  qilingan; dastlabki uy  hayvoni, ya’ni it xonakilashtirilgan;  inson  tabiatga  butkul  qaram bo‘lib, tabiatning bir  bo‘lagi  sifatida  hayot  kechirgan;  tabiatni  o‘ziga moslashtirlmagan; geotizimlar to‘la qayta tiklanish  imkoniga  ega bo‘lgan va h.k. Ibtidoiy  odamni  iqlimi qulay, biologik resurslarga  boy (yirik hayvonlar, mevalar) joylar ko‘proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson tabiatni o‘zgartirmagan, balki unga moslashgan. Inson xo‘jalik faoliyati juda sodda bo‘lib, tabiiy muhitning o‘zgarishiga sababchi bo‘lmagan. Mevali o‘simliklarni asrash  va  me’yorida  terish,  hayvonlarni me’yorida  ovlash qoidalari  u davrda yozuv bo‘lmaganligi sababli og‘zaki tarzda o‘rnatilgan.

2.  Qishloq  xo‘jaligi  inqilobi  davri – jamiyatning  geotizimlarni  kichik  hududlarda, kam  buzilishiga  sababchi  bo‘ladigan  hayot  tarzi.  Bundan  6–8  ming  yil  ilgari boshlangan.  Ushbu  davrda odam ovchilik  va  baliqchilikdan  dehqonchilikka  o‘tgan. Tabiiy  landshaftlarning  kuch- siz  o‘zgarishi  ro‘y  bera  boshlagan.  Bu  davrning xususiyatlari:  neolit  davrida  «Qishloq  xo‘jaligi  inqilobi»  natijasida dehqonchilik  va chorvachilik  bilan  shug‘ullana  boshlangan;  mug‘onalik  –  insonning  tabiatga  ta’sir ko‘rsatishi  va  uni  o‘zgartirishi    mumkinligi  haqidagi  qarash  paydo  bo‘lgan. Mehnat qurollari ancha  takomillashib borishi natijasida  inson tabiat bilan muvozanatni buza boshlagan, ayrim ov hayvonlari va  o‘simliklar miqdor jihatdan  kamaygan; xo‘jalik sohalarining  dastlabki  ko‘rinishlari  paydo  bo‘lgan va rivojlangan;  aholi o‘troq  hayot kechira  boshlagan  va dastlabki shaharlar paydo bo‘lgan. Bunday aholi to‘plangan joylarda fatsiya yoki urochishe miqyosida ekologik muvozanat buzilib, turli geoekologik muammolar tarkib topishiga olib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida er.av. II asrda dastlabki ariqlar, eramizning IV–VI asrlarida esa kanallar qurilgan. IX–XIII asrlarda  sug‘orishning  turli  usullari  va  yirik  gidrotexnik inshootlar qurilib, shu  davr mobaynida jami 3,5–3,8 mln gektar yer sug‘orilgan.

Bu  davrda insonning tabiatga bo‘lgan ta’siri  kuchaya borgan,  hunarmandchilik rivojlangan,  xo‘jalikda  tabiiy  resurslardan keng  qo‘llanila  boshlangan.  Dehqonchilik va  chorvachilik  yanada  rivojlangan,  ammo  ular,  asosan,  qo‘l  kuchiga asoslangani uchun  ekologik  muvozanatga  ta’sir  etmagan.  Demak,  bu  davrda  tabiatga ta’sir, asosan,  qishloq  xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida bo‘lgan. Nisbatan uzoq davom etgan  bosqich bo‘lib, tabiatga kuchsiz, ba’zi tabiat komponentlariga kuchliroq  ta’sir ko‘rsatilgan. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan  oqilona foydalanishga qaratilgan qonunlar yozma ravishda  o‘rnatilgan va amal qilingan, diniy manbalarga asoslanib, hukmdorlar turli davrlarda har xil ekologik qonunlar va farmoyishlar chiqarganlar.

3. Sanoat inqilobi davri – jamiyatning o‘z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida  tabiatdan  ayovsiz foydalanadigan hayot  tarzi.  Bu  davr  XVIII  asrdan boshlangan  bo‘lib,  asosiy  xususiyatlari:  1784-yil bug‘ mashinasining yaratilishi bilan "sanoat inqilobi”, XX asrning  o‘rtalarida  esa  –  "Yashil  inqilob”,  ya’ni  qishloq xo‘jaligida  tub burilish amalga  oshirildi va bu "inqilob”lar  keyinchalik  geotizimlarda ekologik tanglikni keltirib chiqardi;  inson eng asosiy "geologik kuch”ga aylandi; regional miqyosdagi geoekologik  muammolar  tarkib topdi; tabiiy muhitga kuchli ta’sir ko‘rsatildi (jadval). Jamiyatning tabiatga  ta’siri  kuchaydi. Tabiiy landshaftlar  tez sur’atlarda o‘zgara  boshlandi.  Buyuk  geografik  kashf yotlar tufayli  boshqa  qit’alar ham o‘zlashtirila  boshladi. Sanoat rivojlangani sayin jamiyatning tabiatga ta’siri ham ortib bordi. Jamiyatning ehtiyojini qondirish, turmush darajasini ko‘tarish,  kun sayin ortib borayotgan harbiy xarajatlarni qoplash maqsadida tabiat  bag‘ridan uning boyliklari ayovsiz, pala-partish «yulib olindi». Bu davr  ko‘pgina mamlakatlarda hozir ham davom etmoqda.

4. Fan-texnika inqilobi davri – jamiyatning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish  va mavjud  tabiiy  muhitni  saqlab qolish  darajasidagi  hayot tarzi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Bu davrda:  ekologik bilim, ong, madaniyat shakllandi va rivojlandi; ekologik tashkilotlar tuzila boshladi; aholi soni juda tez o‘sdi va inson ilm bilan "qurollandi”, ya’ni «fan-texnika  inqilobi»  amalga oshirildi; fazoni  o‘zlashtirish boshlandi; Mendeleyev davriy sistemasidagi barcha elementlardan foydalanildi va tabiatga "begona” bo‘lgan sun’iy birikmalar paydo bo‘ldi; tabiat qonunlari ijtimoiy qonunlarga moslashtirilmoqchi bo‘lindi; geo ekologik  vaziyat  inqirozli  hududlar  va global  geoekologik  muammolar  vujudga  keldi;  tabiat komponentlarining barchasiga kuchli  ta’sir  etildi. Shu  bilan  birga,  bu  davrda  suv,  tuproq,  o‘simlik  va hayvonlar muhofazasiga  ham alohida  e’tibor qaratildi,  ixtisoslashtirilgan ekologik qonunlar qabul qilindi.  Ayniqsa,  respublikamiz mustaqillikka  erishganidan  so‘ng ushbu  qonunlar xalqaro  andozalarga  moslashtirildi  va  ekologik qonunchilik  ta’lim tizimida  o‘qitila boshlandi.  «Atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va  ekologiya  davlat qo‘mitasi»  tashkil etildi,  davlatning ekologik  boshqaruv va nazorat tizimi  yuzaga keldi. Demak, bu  davr nisbatan eng qisqa  davom etgan bo‘lib, geotizimlarning eng kuchli o‘zgarganligi bilan ajralib  turadi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojlanishi munosabati bilan  tabiiy resurslar juda katta  miqyos da  o‘zlashtirila  boshlandi. Katta-katta hududlar qishloq xo‘jaligi maq sadida o‘zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho‘llar, shimoliy o‘lkalar, tog‘lar, hamda Dunyo okeani o‘zlashtirildi  va ekologik muvozanat buzi la boshladi. Turli shakl va miqyosdagi geoekologik  muammolar ning tarkib topishi  va  tabiiy  ofatlarning kuchayishi  jamiyat qonunlarini tabiat qonunlariga uyg‘unlashtirishni taqozo etmoqda.



5. Ekologik munosabatlar davri – jamiyatning sog‘lom va ekologik  toza atrof-muhitni iqtisodiy o‘sish bilan teng darajada qadrlanishga asoslangan hayot tarzi. Bu davrning belgilari ayrim rivojlangan davlatlarda  kuzatilib, insonni biologik va ijtimoiy organizm sifatida saqlab qolish  hamda uning atrof tabiiy muhitini ekologik xavfsiz holda saqlash maqsadida muhofaza qilish asosiy vazifaga olib chiqilgan, resurslarning qayta  tiklanishi jamiyat hisobidan amalga oshirilmoqda, ekologik qonunchilik yanada takomillashgan, tabiatga yetkazilgan zararni qoplashda har bir geotizimning geo ekologik vaziyati hisobga olinib, tabaqalashgan holda  belgilanadi, «ekologik madaniyat inqilobi» yuzaga kelmoqda. Umumiy qilib aytganda, bu bosqich jamiyat va tabiat o‘zaro uyg‘un rivojlanishda  bo‘ladigan davr hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.G’ulomov P.N. Inson va tabiat. 2.Ziyo.uz
Download 168,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish