Qon aylanish sistemasi. Baqaning qon aylanish sistemasi organlari yurak, arteriya, vena va kapillyar qon tomirlaridan ibo rat (72-rasm). Yurak bitta qorincha va ikkita bo‘lmadan iborat. Yurak qorinchasi bo‘lmalarning ketma-ket qisqarishi tufayli qon tomirlar bo‘ylab harakatlanadi. Qon aylanish sistemasi katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. Katta qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan arteriyalar orqali hamma tana organlariga boradi. U yerda qon to‘qimalarga kislorodni berib, karbonat angidrid gazi bilan to‘yinadi va yurakning o‘ng bo‘lmachasiga qaytib keladi
36-§. Ko‘l baqasining ichki tuzilishi
(72-rasm). Kichik qon aylanish doirasi bo‘ylab qon yurak qorinchasidan o‘pka arteriyalari orqali o‘pka va teriga keladi. O‘pka va teridagi kapillyarlardan qon karbonat angidridni havoga beradi va kislorod bilan to‘yinib, yurakning chap bo‘lmasiga quyiladi. Shunday qilib, yurakning chap bo‘lmasida kislorodga boy arteriya qoni, o‘ng bo‘lmasida esa karbonat angidrid bilan to‘yingan vena qoni bo‘ladi. Ikkala bo‘lmaning baravar qisqarishi tufayli arteriya va vena qonlari bir vaqtning o‘zida yurak qorinchasiga tushib, qisman aralashadi.
Ayirish sistemasi. Baqaning ayirish sistemasi baliqlarnikiga o‘xshash ikkita uzun tasmasimon buyrakdan iborat. Buyraklar qorin bo‘shlig‘ida, umurtqa pog‘onasining yon tomonlarida joylashgan. Har qaysi buyrakdan bittadan ingichka naycha – siydik yo‘llari chiqib, kloaka bo‘shlig‘iga ochiladi. Siydik kloaka orqali tashqi muhitga chiqib ketadi.
Moddalar almashinuvi. Baqalar baliqlar singari sovuqqonli hayvonlardir. Ularning organizmida moddalar almashinuvi sust kechganidan tanasining harorati tashqi muhit haroratiga bog‘liq, ya’ni havo isiganda tana harorati ko‘tariladi, soviganida esa pasayadi. Sovuq tushganida baqalar kam harakat bo‘lib qoladi. Qishda ular biror pana joyga kirib olib karaxt bo‘lib yotadi.
Nerv sistemasi. Baqaning bosh miyasi baliq larnikiga nisbatan yaxshiroq rivojlangan, unda ikkita bo‘rtmachadan iborat yarimsharlar hosil bo‘ladi (73-rasm). Baqa baliqlarga nisbatan sekin harakatlanishi, tanasining yer yuzasiga yaqin joylashganligi tufayli ular harakatini va tana muvozanatini boshqarib turadigan miyachasi kuchsiz rivojlangan.
Baqa sezgi organlarining tuzilishi quruqlik muhitiga moslash gan. Ikkita qovog‘i ko‘zlarini himoya qiladi va namlab turadi. Eshitish organlari ichki va o‘rta bo‘limdan iborat.
O‘rta quloq ko‘zning orqasida joylashgan nog‘ora pardadan boshlanadi. Tovush to‘lqinlari nog‘ora pardani tebratganida tebranish o‘rta quloqda joylashgan eshitish suyakchalari orqali ichki quloqqa uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |