Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish omillari.
Davlat xokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashki siyosatiga oid muxim vazifalarni hal etish hamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish buyicha vakolatlarini yanada kengaytirish. Uzbekistonda xakikiy demokratik prinsiplar va milliy manfaatlar asosida faoliyat yuritadigan ikki palatali professional parlament faqat mustakillik davriga kelib shakllandi. Keyingi o’n yillikda, bosqichma-bosqich ravishda parlamentga yangidan-yangi vakolatlarning berib borilishi, xalkimizning huquqiy madaniyatini o’sishi, siyosiy partiyalarning demokratik qadriyatlar negizida rivojlanishi natijasi o’laroq qonun chiqaruvchi xokimiyat rivojlangan mamlakatlardagi parlamentlarga xos sifat va belgilarni o’zida mujassamlashtirib bormoqda.
Konstitutsiya va qonunlarga binoan O’zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari qonun chiqaruvchi xokimiyat faoliyatining mustaqil va demokratik tamoyillar asosida kechishini ta’minlay oladigan darajada belgilandi: Konstitutsiya va qonunlar qabul qilish, ularga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish, O’zbekiston Respublikasi ichki va tashki siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqish, davlatning strategik dasturlarini qabul qilish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud xokimiyatlari tizimi va vakolatlarini belgilash, boshqaruv tarkibida yangi davlat tuzilmalarini tashkil qilish va ularni tugatish haqidagi qarorlarni tasdiqlash, boj, valyuta va kredit, ma’muriy-xududiy tuzilish masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish va boshqalar shular jumlasidandir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021 yillarga muljallangan «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmonining qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlanganini anglatadi. Ushbu hujjatda 2017-2021 yillarda Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o’rinlarda - Harakatlar strategiyasi) mujassamlashgan bo’lib, ularning birinchisi davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlarini o’zida ifodalaydi. Bu yo’nalishning dastlabki vazifasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish buyicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi Farmonida «davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish xamda ijro xokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish buyicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doir strategik vazifa qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |