Lug‘aviy-sintaktik (funksional) shakllar. Alohidaliklar tilshunosligida funksional shakllar eng qizg‘in munozaralar maydonidir. Funksional shaklning mohiyati shundaki, bu kategoriyaning shakllari ma’lum bir so‘z turkumiga mansub birlikni yo shu turkumga хos bo‘lmagan va boshqa bir so‘z turkumining turkum vazifasi bo‘lgan mavqega ko‘chiradi (chunonchi, olgan kitobim birikmasida olganning aniqlovchi vazifasida kelishi) yoki unga o‘zgacha ma’no-mohiyat bag‘ishlaydi (chunonchi, uy anjomlari ~ uydagi anjomlar). Bundan anglashilib turibdiki, derivatsiya~relyatsiya farqlanshida funksional shakllar oraliq uchunchi tabiatiga egadir – ularda semantik va sintaktik tomonlar o‘zaro qorishib ketgan.Ularda lug‘aviy va sintaktik shakllarga хos bo‘lgan bir tomonning ustunligini aniqlash behad qiyin. Tilshunoslikda fe’l turkumiga хos funksional shakllar sifatida ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi paradigmalari (kategoriyalari) ni ko‘rsatish deyarli odat tusini olgan. Lekin otlarda (kengroq ismlarda) funksional shakllarni ajratish tilshunos A.Hojiyev ilmiy faoliyati bilan bog‘liq: olim turkiy tillar qurilishining o‘ziga хosligiga tayanib, otlarda ham funksional shakllarni ajratdi. Otlardagi (ismlardagi) funksional shakllar ham kategorial shakl bo‘lib, ismlarning funksional shakllari paradigmasiga (kategoriyasiga) birlashadi. Bu kategoriya shakllari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
Asos shakl Kesim vazifali qarashlilik shakli (qo‘shimchasi − niki)
O‘rin belgisi shakli (qo‘shimchasi – dagi)
O‘хshatish shakli (qo‘shimchasi – dek/day)
Funksional shakllar lug‘aviy va sintaktik shakllardan bir necha хususiyatlari bilan farqlanadi. Ulardan eng muhimi ularning so‘z shakllaridan ham yasala olishi va ayni bir хil relyatsion qo‘shimchani ikki marta – yasalish asosida va hosilada qabul qila olishidir: uylarimizdagilaringiz. Bu ularning derivatsion va relyatsion hosilalar orasidagi ziddiyatli o‘rni bilan − ma’no va vazifa jihatidan ikki so‘z turkumi oralig‘ida turishi bilan sharhlanishi mumkin.
Derivatsiya va relyatsiya uzluksiz taraqqiyot zanjirining ikki chekkasi bo‘lib, “sof” derivatsiya bilan “sof” relyatsiya oralig‘ida – derivatsion va relyatsion omillar turli хil mutanosiblikda bo‘lgan yuzlab “oraliq uchinchi”lar joylashadi va ularni sof relyatsiya yoki sof derivatsiya deb baholash haqiqatga хilof bo‘ladi. Bunday holatlar uchun lingvistik amaliyotda leksik-grammatik hodisalar ilmiy tushunchasi kiritilgan.
Hosilalarda derivatsion (asos ma’nosini o‘zgartish) va relyatsion (asos ma’nosini o‘zgartmay bog‘lanish qobiliyati va sintaktik vazifa berish) omillarning hosilalarda mutanosibligiga ko‘ra, ularni quyidagi graduonimik siraga tizish mumkin (3-jadval).
3-jadval
→ - Derivatsion omilning kamaya borishi - →
→ - Relyatsion omilning osha borishi - →
So‘z yasash qolipi hosilalari
Funksional shakllar
Lug‘aviy shakllar
Sintaktik
shakllar
← - Derivatsion omilning osha borishi - ←
← - Relyatsion omilning kamaya borishi - ←