Reja: So‘zlarning qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar, teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishi



Download 304,5 Kb.
bet8/36
Sana31.12.2021
Hajmi304,5 Kb.
#222066
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Reja So‘zlarning qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar, teng bog‘lov

Savol va topshiriqlar:

1. So’z birikmasi qanday qismlardan tashkil topadi ?

2. So’z birikmasi so’zdan qanday farq qiladi ?

3. So’z birikmasining qo’shma so’zdan farqli jihatlari qaysilar ?

4. So’z birikmasi iboralardan qanday farqlanadi ?

5.Tasviriy ifoda va so’z birikmasining farqli jihatlari nimadan iborat?

6.So’z birikmasi va gapning bir-biridan farqi nimada?

5-dars. Gap va uning grammatik belgilari.

Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari

Reja:


  1. Sintaksisning o‘rganish ob’yekti

2.Gap haqida ma’lumot

3.Kesimlik belgilari va shakllari

Gap biror voqea-hodisa haqidagi xabarni, so’roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlikdir. Gap so’z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim bo’laklariga aloqador grammatik asosga egaligi bilan farq qiladi, so’z birikmasi tushuncha, gap esa fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi, ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe’l kesimning mayl va zamon ma'nolari bilan bog’liq bo’ladi. Masalan: Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda gaplari ish-harakatning hozirgi zamonda bo’lganidan darak beradi. Siz dalaga borasizmi? Sen hikoyani o’qidingmi? gaplari o’tgan zamonda bo’lgan ish-harakat haqida so’roqni bildiradi. Siz she'rni o’qing. Siz shu ishni bajarib qo’ysangiz gaplari istak-buyruq ma'nosiga ega.



Gap tarkibidagi so 'zlar ham ma 'no tomondan, ham grammatik tomondan o’zaro bog’lanadi.

Biz morfologiya bo’limida o’rgangan kelishik, egalik, son, shaxs-son qo’shimchalari, shuningdek, ko’makchi va bog’lovchilar sintaksisda so’zlarni o’zaro bog’lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so’zlar tartib va ohang yordamida ham o’zaro bog’lanadi. Masalan: Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-quvnab. Bu gapda oq va paxtalar so’zlari bir-biri bilan so’z tartibi orqali bog’langan.

Har bir gap biror maqsad-mazmunni ifodalaydi. Og’zaki nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo’ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ham ajratib turadi. Ohang gap uchun eng muhim belgidir. Ayrim so’z (Kuz. Tong.) yoki so’z birikmalarini tugallik ohangi bilan aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi: Ko’m-ko’k dala. G’arbiy chegaralardan biri.

Ayni bir sodda gapning ohangini o’zgartirish orqali ba'zan uch xil mazmun ifodalash mumkin:

- Buvijonim keldilar.

- Buvijonim keldilar!

- Buvijonim keldilar?

Yozma nutqda ana shu ohangga qarab bir gap oxiriga yo nuqta, yo so’roq, yo undov belgisi qo’yiladi. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari Har bir gapda maium bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So’zlovchi biror narsa, voqea-hodisa haqida xabar qiladi yoki o’ziga noma'lum bo’lgan narsa va voqea-hodisalar to’g’risida ma'lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish bo’yicha buyruq-xitobni bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlariga ko’ra turlicha quriladi: o’ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo’lib, alohida ohang bilan talaffuz etiladi.

Ifoda maqsadiga ko’ra gaplar: 1) darak gaplar; 2) so’roq gaplar; 3) buyruq gaplar;

4) istak gaplarga bo’linadi.

Darak, so’roq, buyruq va istak gaplar egali va egasiz, yig’iq va yoyiq, sodda va qo’shma gap shaklida bo’lishi mumkin. Darak gaplar darak, xabar ma'nosini bildiruvchi gaplardir. So’roq gaplar so’roq ma'nosini bildirgan gaplardir. So’roq gaplar so’roq olmoshlari (kim? nima? qayer? qancha?), so’roq yuklamalari (-mi,-chi,-a,-ya) yoki so’roq ohangi yordamida ifodalanadi. So’roq olmoshlari yordamida ifodalangan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi. Masalan: -Ko’chatlarga kim suv quydi? - Salim. So’roq yuklamalari orqali ifodalangan so’roq gaplar «ha» yoki «yo’q» javoblarni talab qiladi. Yozuvda -mi yuklamasi so’zga qo’shib,-chi,-a,-ya yuklamalari so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.

Ritorik so’roq gaplar-so’roq shaklida bo’lib, javob talab qilmaydi. Badiiy tilda, ba'zan ommaviy nutqda so’zlovchi o’z his-tuyg’ularini hayajon bilan ifoda etadi. Ritorik so’roq gaplar jumlaning ta'sirli bo’lishiga xizmat qiladi va badiiy uslubning bir turi hisoblanadi. Masalan: Nahotki Ahmadjonning shuncha mehnatlari bemaqsad ketsa! Bilmayman, bu ijod kishilarisiz Qaydan olar edim qalbimga o’tni? Nahotki u dunyoga kelib, durustroq niyat bilan yashamagan bo 'lsa!

Buyruq gaplar buyurish, da'vat qilish ma'nolarini bildirgan gaplardir. Masalan: Chiroyli yoz. Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fellar orqali ifodalanadi. Buyruq gap oxiriga nuqta qo’yiladi.

Istak gaplar kesimi -sa shaklidagi feilar orqali ifodalangan gaplardir. Masalan: Xorijiy tillarni yaxshi o 'rganib, chet ellarga o’qishga borsam. Qani hamma xotin ham sizday bo’lsa:.. Qani til bo 'lsa-yu, u bilan suhbatlasha qolsa!

Gapning his-hayajonning ishtirokiga ko’ra turlari

Gaplar his-hayajonnihg ishtirokiga ko’ra ikki turga bo’linadi:

1) his-hayajonsiz gaplar;

2) his-hayajon (undov) gaplar.

Darak, so’roq va buyruq gaplar his-hayajonsiz gaplardir. Bular nutqda kuchli his-hayajonga ega bo’lishi bilan his-hayajon gaplarga aylanishi mumkin. His-hayajon gaplar undov gap ham deb nomlanadi.

Undov gap fikrni kuchli his-hayajon bilan ifodalaydigan, kuchli ohang bilan aytiladigan gaplardir. Ular shodlik, quvonch, suyunish, qo’rquv, tantana, taajjub, qayg’u, afsuslanish kabi turlihissiyotlarni ifodalaydi va ba)and ohangda aytiiishi Wlaxi boshqa gap turlaridan farq qiladi. Yozuvda undov gapning oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Voy, qomatingdan onang o’rgulsin! o’z qilmishlaringizdan uyalmaysizmi? Qadamlaringizga hasanot!

His-hayajon gaplar his-hayajon ohangi bilan aytilgan darak, so’roq, buyruq shaklidagi gaplardir. Masalan: Ey, Vatanl Polvonlaring bor bo’lsin! Uyg’oq bo’lsin! His-hayajon gaplarda ko’pincha qancha, naqadar, qanday, shunchalar so’zlari hamda undov so’zlar ishtirok etadi yoki kesim gapning oldida keladi. Masalan: Oh, naqadar go 'zal ona tabiat\ Yozuvda his-hayajon gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Agar so’roq gap his-hayajon bilan aytilsa, oldin so’roq belgisi, undan so’ng undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Chiqmaysizmi?! Aytsangiz-chi, nima dedi?!

Salomlashish-so’rashish, xayrlashish singari holatlar bilan bog’langan gaplar ham yuqori ohang bilan aytiladi (To’y muborak! Xayr, do 'stim!) va undov gaplar hisoblanadi.

Gapning tuzilishig’a ko’ra turlari

Nutqimizda gaplar bir yoki ikki grammatik asosdan tuzilishi mumkin. Shu jihatdan gaplar ikkiga bo’linadi:

1) sodda gaplar;

2) qo’shma gaplar.

Grammatik asosi bitta boiib, ma'lum bir fikrni (ba'zan unga qo’shimcha ravishda his-hayajonni) ifodalovchi gaplar sodda gap deyiladi: Shahnoza o 'qidi. Shahnoza kitobni o 'qidi. Shahnoza shu kitobni o 'qidi. Shahnoza shu kitobni hayajon bilan o 'qidi kabi.

Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib, murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo’shma gap deyiladi. Shu payt eshik ochildi va hovliga harbiycha kiyingan bir yigit kirib keldi. Bilimli o’zar, bilimsiz to’zar. Odam borki, odamlarning naqshidir.




Download 304,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish