Kup xonali sonlarni raqamlash mavzusini o’rganish metodikasi
Reja:
1. Sonlarni raqamlashga urgatishning tayyorgarlik boskichi.
2. Sinf tushinchasini kiritish.
3. 6 xonali sonlarni xosil bulishi, ukilishi va yozilishi bilan tanishtiring.
4. Ukuvchilar bilim va malakalarini mustaxkamlash.
1. Sonlarni raqamlashga urgatishning tayyorgarlik boskichi.
Kup xonali sonlarni raqamlashni urnishda ukituvchining asosiy vazifasi yangi sanok birligi – minglik tushunchasini tarkib toptirish sinf tushunchasini moxiyatini ochish va shu asosda kup xonali sonlar ukish va yozishga urgatish, bolalarning unlik sonok sistemasiga oid bilimlarini natural ketma-ketlik, sonlarni yozishni pozitsion prinsipiga oid bilimlarini aniklash va umumlashtirishdan iborat. Kup xonali sonlarni raqamlashni ogzaki va yozma urganish ishini bir necha boskichga bulish mumkin.
I. Tayyorgarlik ishi.
Bu boskichning vazifasi bir, ikki va uch xonali sonlarni raqamlashning asosiy masalalarini takrorlash. Shu maksadda III sinfda ishlangan mashkalar sistemasidan foydalaniladi.
28, 90, 999 sonlarning xar biridan keyin keladigan sonni ayting.
25 dan 32 gacha, 243 dan 251 gacha, 987 dan 1000 gacha bittalb sanash. 30 dan 90 gacha, 250 dan 340 gacha untalab sanash.
Sonlarni uking: 426, 803, 600, 111, 999, 1000, 528, 808. bu sonlarning xar birida xammasi bulib kancha birlik, unlik, yuzlik bor?
Kuyidagidan iborat sonlarni yozing. 9 yuzi 5 un 6 birlik, 8 yuz 4 birlik, 5 yuzi 9 un 7 birlik.
Mingda nechta yuzlik, unlik, birlik bor?
1, 3, 4 rakamlaridan foydalnib mumkin bulgan xamma uch xonali sonlarni yozing. Bu sonlarni xona kushiluvchilari yigindisi shaklida ifodalang.
Kuyidagi savollardan xam foydalanish mumkin.
a) Bir unlikda nechta birlik bor?
v) Bir yuzlikda nechta unlik bor?
g) Unlik birlikdan necha marta katta?
d) Unlik yuzlikdan necha marta kam?
Shu birga 1-1000 sonlarning natural katorini takrorlash xam mumkin. 200 sondan boshlab bittalab, untalab, 50 talab, 100 talab kushib, ayirib sanang. Sanokda 399 sonidan keyin keladigan, 600 sondan oldin keladigan sonni ayting. Ming ichida sonlarni raqamlashni takrorlashda bolalarni sonlarni chutda tasvirlash bilan tanishtirish ishlari olib boriladi.
II. Nomerlashni (nomer) urganish.
Bu boskich bolalarni I sinf – birliklar sinfi va II sinf migliklar sinifi bilan ularning tuzilishlari, xar bir sinf xonalarining nomlari bilan tanishidan iborat. Shuningdek, kuyi sinf xona birliklaridan yukori sinf xona birliklari kanday xosil bulishini bolalar ongiga yetkazish zarur. Bunda chutlar xonalar va sinflar jadvali asosiy kursatma kuroldir. Tushuntirish, urgatish ishini ming kanday xosil bulishini takrorlashdan boshlanadi. Shuning uchun bolalarga masalan 995 sondan boshlab bittalab kushib sanashni taklif kilish mumkin. Ukituvchi yuzliklar solinadigan III simdagi 10 ta chut donasini IV simga kuyiladigan bitta dona – minglik bilan almashtiriladi. Xisoblashlar mingtalab bajariladi va un mingliklar xosil kilinadi. Xisoblashlarni un mingliklar bilan olib boriladi. 10 ta un minglikni yuz mingliklar bilan almashtirib xisoblashlarni yuzmingliklar bilan olib boriladi va nixoyat 10 ta yuz minglikni million bilan almashtiriladi, sungra birliklar, unliklar va yuzliklar birliklar sinfini mingliklar, un mingliklar, yuz mingliklar sinfini tashkil kilinishi jadval yordamida urgatiladi.
III. Ikkinchi sinf sonlarini xosil bulishi, ukilishi va yozilishi bilan tanishtirish.
Bunda chutlar bilan xonalar va sinflar jadvali kurgazmali kullanma buladi. Urgatish ishini sonlarni chutga solishdan boshlash mumkin. Oldin chutga birinchi sinf sonlari (masalan: 5, 25, 375 …) solinadi. Sungra II sinf sonlari (masalan: 3 ming, 43 ming, 543 ming … 900 ming) solinadi. Ukuvchilar e`tiborini jadvalga yozilgan sonlarning yozilish xususiyatga karatiladi (oxirida uchta nol birinchi sinfi birliklari yukligini bildiradi) sungra sondagi rakamlar mikdori shu sonlarning yukori xonasining urni bilan aniklanadi. Masalan: 47000 sonida yukori xona un minglar 5 urinda turibdi. Demak, bu son 5 ta rakamdan tashkil topishi va u besh xonali ekanligi urgatiladi. Demak: II sinf sonlarni xuddi I sinf sonlarni birliklardan xosil bulgani kabi, mingliklardan xosil buladi. II sinf sonlarini ukishda «Ming» suzi kushiladi, yozuvda esa minglar sinfiga yoziladi, ya`ni ungdan chapga xisoblaganda turtinchi, beshinchi va oltinchi urinlarga rakamlar bilan yoziladi.
IV. Olti xonali sonlarning xosil bulishi, ukilishi va yozilishi bilan tanishtirish.
Bu boskichda xam chuplar bilan raqamlash jadvali asosiy kursatma-kullanma xisoblandi. Rakamlar naboridanfoydalanib raqamlash jadvalidan tanish bulgan sonni belgilaymiz. Masalan: 257000 sonini belgilaymiz, sungra berilgan sonning ungdan birinchi noliga, masalan, 4 rakamli kartochkani kuyamiz. 257004 soni xosil buladi. Shunday ish bajarib yana ikkita sonni, masalan, 257084, 257684 sonlarini xosil kilamiz. Nomerlash jadvaliga yana bir nechta son belgilanadi. Bolalar ularni tugri ukishni va sonlarni jadvalsiz yozishni oldin ukituvchi yordamida keyin mustakil urganadilar. Bunda bir sinf ikkinchi sinfdan kichik oralik bilan ajratiladi, sungra teskari mashklarni , ya`ni kup xonali sonni I va II sinf sonlari yigindisi bilan almashtirishga oid mashklarni bajarish taklif kilinadi. 24605=24000+600+5.
V. Ukuvchilarning bilim va malakalarini mustaxkamlash.
Bu maksadlarga kup xonali sonlarning ukilish va yozilishiga oid, sonlarni takkoslashga oid, kup xonali sonlarni xona kushiluvchilarning yigindisi bilan almashtirishga oid, sonlarni 10, 100, 1000 marta orttirishiga oid mashklar, nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytirishga oid mayda birliklarni yirik birliklarga, yirik birliklarni mayda birliklarga almashtirishga oid berilgan kup xonali sonlardagi birliklarning, unliklarning, yuzliklarning umumiy sonini topishga oid mashklar xizmat kiladi.
Masalan:
1. Kuyidagi sonlarni rakamlar bilan yozing. Turt yuz oltmish, turt ming bir birligi, III sinfning 420 birligi, II sinfning 5 birligi, I sinfning 56 birligi.
2. Sonlarni takkoslang: 20007 va 200007; 6004 va 5030.
3. Bevosita 699997, 50089 sonidan keyin keladigan, 600801, 300100 sonidan oldin keladigan bitta sonni yozing.
4. Kuyidagi sonlarning kushnilarini ayting: 20000, 50000, 800000.
5. Kuyidagi sonlarni xona sonlarining yigindisi shaklida tasvirlang: 8506, 2500, 4897, 98001.
6. 268000 sonini 100 marta kamaytiring, 800 ni 10 marta orttiring.
Bu mashklarni bajarishda ukuvchilar sonlarning yozilishida rakamlarning urin kiymatlarini bilganliklariga asoslanadilar.
7. Sonlarni yozing: 2815, 5182, 8125 sonlarining xar birida xammasi bulib kanchadan unlik bor? Bularning xar birida xammasi bulib kanchadan minglik bor?
8. Yirikrok birliklarda ifodalang: 7031 sm, 842 dm, 340 m.
9. Maydarok birliklarda ifodalang: 25 m 60 sm, 5 tonna, 8 kg.
VI. Millionlar sinfining xosil bulishi bilan tanishtirish.
Bu boskichda ukuvchilar 7-9 xonali sonlarning ukilishi va yozilishi buyicha mashk kiladilar. Sonlarning yangi sinfi millionlar sinfi bilan tanishish minglar sinfi bilan tanishishdagidek amalga oshiriladi. Bunda asosan 4-6 xonali sonlarni raqamlashni urganishdagi masalalar urganiladi: kuyi xonaning 10 ta birligidan navbatdagi yukori xona birligining xosil bulishi, sonlarni chutga solish va solingan sonlarni ukish malakasi, xonalar va sinflar jadvali sonlarni yozish, sonlarni shu jadvalsiz yozish, sonning yozilishida rakamlarning urin kiymatini, sonlarning xona tarkibini bilish va …
Kup xonali sonlarni raqamlashni urganish natijasida ukuvchilar:
Millionlar sinfi ichida, natural kator sonlarining nomlarini uzlashtirib olishlari, ularning kanday xosil bulishini tushunishlari, ularning unli tarkiblarini bilib olishlari kerak.
Sinflarning nomlarini va xar bir sinf ichida xonalarni bilish kerak.
Millionlar sinfi ichida xar kanady sonni ukish olishlari va yoza olishlari kerak.
Sonlarni takkoslay olishlari kerak.
Xar kanday sonni xona kushiluvchilarning yigindisi shaklida tasvirlay olish, berilgan sondagi birliklarning, unliklarning va … umumiy soni topa olishlari, mayda birliklarni yirik birliklar bilan va aksincha yirik birliklarni mayda birliklar bilan almashtira oladiga, sonlarni 10, 100, 1000 marta kattalashtira oladigan va nollar bilan tugaydigan sonlarni 10, 100, 1000 marta kamaytira oladigan bulishlari kerak.
Adabiyotlar ruyxati:
1. L.Sh. Levenberg, I.G. Axmadjonov, A. N. Nurmatov.
«Boshlangich sinflarda matematika ukitish metodikasi». 1985 yil. Toshkent. Ukituvchi.
2. M.A. Bantova, G.V. Beltyukova.
«Boshlangich sinflarda matematika ukitish metodikasi». 1983 yil. Toshkent. Ukituvchi.
3. «Metodika nachalnogo obucheniya matematiki».
Pod obщey redaksiyey A.A. Stolyara i V.L.Drozda.
4. Umumiy urta ta`limning davlat ta`lim standarti va ukuv dasturi.
«Boshlangich ta`lim». 1999 yil. 7-maxsus soni.
«Boshlangich ta`lim» jurnali.
www.pedagog.uz
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |