3. Bug'latkichlar tuzilishi va ishlash printsiplari.
Bug'latish qurilmalarini klassifikatsiyalash usullari ko'p. Lekin, bug'latish
qurilmalarini ishlash intensivligini xarakterlovchi eritma sirkulyatsiyasining turi
va karraligi klassifikatsiyalashning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin. Kimyo va boshqa sanoatlarda uch xil bug'latish qurilmalari keng tarqalgan:
1. Erkin (tabiiy) sirkulyatsiyali bug'latish qurilmalari;
2. Majburiy sirkulyatsiyali bug'latish qurilmalari;
3. Yupqa qatlamli (plyonkali) bug'latish qurilmalari.
Zamonaviy bug'latish qurilmalarining isitish yuzalari 10... 1800 m2. Bug'latkichlar konstrukiiyalarini tanlashda eritmalarning fizik va issiqlik xossalari,
kristallanishga moyilligi, yuqori temperaturalarga chidamliligi, har bir korpusdagi
foydali temperaturalar farqi, issiqlik almashinish qurilmasining yuzasi, texnologik xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Bug'latish qurilmalari uglerodli, legirlangan va ikki qatlamli po'latlardan tayyorlanadi.
Quyida, sanoatda eng keng tarqalgan, tipik bug'latkichlar konstruktsiyalari
keltiriladi.
Ko’p korpusli bug’latish qurilmalarining quyidagi sxemalari mavjud:
- oxirgi korpusdagi ikkilamchi bug’ning bosimiga ko’ra vakuum (siyraklanish) sharoitida va yuqori bosim ostida ishlaydigan bug’latish qurilmalari;
- isituvchi bug’ va bug’lanayotgan eritma oqimlarining o’zaro harakatiga ko’ra:
1) Parallel yo’nalishli ko’p korpusli bug’latish qurilmalari;
2) qarama-qarshi yo’nalishli ko’p korpusli bug’latish qurilmalari;
3) eritma bilan uzluksiz parallel ta’minlanadigan bug’latish qurilmalari;
4) murakkab sxemalar;
5) ekstra bug’ ajratib olinadigan ko’p korpusli bug’ qurilmalari.
Kimyo sanoati korxonalarida parallel yo’nalishli qurilmalar keng ishlatiladi, chunki bunday qurilmalar eng tejamli hisoblanadi.
Bunday qurilmalarda nisbatan past bosimli isituvchi bug’ ishlatilib, ayrim hollarda bu maqsadda bug’ turbinalarida ishlatib bo’lingan suv bug’idan ham foydanalish mumkin.
Korpus tartib raqamining ortishi bilan ulardagi ikkilamchi bug’ bosimining kamayishi sababli,eritma o’z o’zidan bir korpusdan ikkinchisiga oqib o’tadi. Oxirgi korpusdan chiqayotgan ikkilamchi bug’ barometrik kondensatorga beriladi. Bu qurilmaning afzalligi unda eritmani bir korpusdan ikkinchi korpusga uzatish uchun nasosning zarur bo’lmaganligi va eritmaning pasttemperaturalarda bug’latish bo’lsa, asosiy kamchiligi, oxirgi korpusda issiqlik o’tkazish koeffistientining juda kichikligidir. 12 - rasmda parallel yo’nalishli uchta korpusdan iborat bug’latish qurilmasi keltirilgan bo’lib, qurilma bug’latish korpuslari 1, 2, 3, isitgich 4, barometrik kondensator 5, tomchi ushlagich 6 va vakuum- nasos 7 dani borat.
Qarama-qarshi yo’nalishli ko’p korpusli bug’ qurilmalarida bug’ va eritmaning harakat yo’nalishi bir-biriga qarama-qarshi bo’ladi. Birlamchi bug’ birinchi korpusga berilsa, dastlabki eritma oxirgi korpusga beriladi.
Bu qurilmalarda eritma bir korpusdan boshqasiga nasos yordamida o’zatiladi (bu qurilmaning asosiy kamchiligi ham shu hisoblanadi) va quyuqlashtirilgan eritma birinchi korpusdan chiqariladi. Bunday qurilmalarda asosan qovushqoqligi yuqori bo’lgan eritmalar bug’latiladi. Ularning afzalligi shundaki, ular bir yo’nalishli qurilmalarga nisbatan kichik isitish yuzasini talab qiladi.
12 - rasm. Parallel yo’nalishli uch korpusli bug’latish qurilmasi
Eritma bilan uzluksiz parallel ta’minlanadigan qurilmalarda dastlabki eritma bir vaqtning o’zida hamma korpusga beriladi. Birlamchi bug’ birinchi korpusga berilib, keyingi korpuslarda ikkilamchi bug’ qo’llaniladi. Bunday sxemalar asosan tarkibida qattiq faza zarrachalari bo’lgan to’yingan eritmalarni bug’latishda hamda eritmalarni yuqori konstentrastiyalargacha quyuqlashtirish talab qilinmagan sharoitlarda ishlatiladi.
Murakkab sxemali qurilmalarda eritmani berish va uni siljitishning yuqorida qayd qilingan turli variantlari bir vaqtda qo’llanilishi mumkin. Bunday qurilmalar maxsus sharoitlar talab qilingandagina qo’llaniladi.
Agar bug’latishqurilmasida hosil bo’layotgan
Ikkilamchi bug’ning bir qismi bug’latish jarayoni bilan bog’lik bo’lmagan boshqa maqsadlar uchun olinsa, bunday bug’ "ekstra - bug’" deyiladi va bunday qurilmalar ekstra bug’ ajratib olinadigan qurilmalar deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |