O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi - O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik Partiyasi
- O`zbekiston Respublikasi Xalq Demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan Ta'sis qurultoyi Qaroriga binoan tuzildi, uning Dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya raisi qilib I.A.Karimov saylandi. Bu partiyaning a'zolari soni 450 mingga yaqin. 1994 yildagi saylovlarda XDP vakillari Oliy Majlisda deputatlarning 27 foizdan ziyodini tashkil qildilar.
- O`zbekiston XDPning dasturi quyidagilardan iborat:
- - milliy mustaqillikni mustahkamlash;
- - tub iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy islohotlarni amalga oshirish orqali ravnaq topgan, qudratli, demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatni bunyod etish;
- - kishilarning millati, siyosiy qarashlari, diniy e'tiqodlaridan qat'iy nazar, munosib hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlarni yaratish;
- - fuqarolarning erkinlar va xuquqlari, tinch hayot kechirishlarini kafolatlash.
- Vatan taraqqiyoti� partiyasi.
- Vatan taraqqiyoti� partiyasi 1992 yil mart oyida tuzilgan. A'zolari soni 35 mingdan ortiq.
- Partiyaning maqsad va vazifalari uning nomida aks etgan bo`lib, vatan taraqqiyotiga xizmat qiladi, jumladan:
- - erkin bozor munosabatlari asosida O`zbekistonning iqtisodiy va ma'naviy mustaqilligini rivojlantirish;
- - demokratik jamiyat taraqqiyotini jadallashtirishga qadam-baqadam ta'sir ko`rsatish;
- - ziyolilar, tadbirkorlar va dehqonlar manfaatini ifoda etish;
- - xususiy mulkchilikni har tomonlama muhofaza qilishni rivojlantirish;
- - faoliyatda hamisha amaliy tajriba hamda sog`lom aql-idrokka tayanib ish ko`rish.
O`zbekiston Respublikasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi. - O`zbekiston Respublikasi Adolat sotsial-demokratik partiyasi.
- Adolat sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil fevral oyida tuzilgan. O`zbekistonning 147 shahar va tumanlarida hududiy tashkilotlari mavjud. A'zolarining soni 35 mingdan ortiq.Adolat sotsial-demokratik partiyasi o`z oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi:- xuquqiy demokratik davlat qurish;- mamlakat mustaqilligini mustahkamlash;- Vatanga sodiq xizmat qilish;- adolatli fuqaroviy jamiyat qurish;- siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya talablariga hamda mamlakatimizda yashab turgan barcha millat va elatlarning orzu-umidlariga monand shart-sharoit yuzaga keltirishga hissa qo`shish.
- Хalq birlig jamoatchilik harakati.
- Xalq birligi jamoatchilik harakati 1995 yil may oyida O`zbekiston jamoatchiligining tashabbusi bilan tashkil qilindi. Xalq birligi- siyosiy partiya emas, balki umumxalq harakati bo`lib, siyosiy partiyalar bilan hamkorlikda ishlaydi.
- Harakatning asosiy maqsadi: demokratik, xuquqiy davlat va adolatli fuqaroviy jamiyat yaratish uchun kurashda O`zbekistonda istiqomat qilib turgan barcha millat va elatlarni jipslashtirish.
- Xalq birligiharakati O`zbekiston Baynalmilal madaniy markazi, milliy madaniy markazlar, respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikda ish olib boradi, Turkiston - umumiy uyimizxalqaro harakat ishtirokchilarini qo`llab-quvvatlaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |