Reja: Simob suyuq element Simob olinishi va xossalari simobni ishlatilishi



Download 57,75 Kb.
bet2/5
Sana01.01.2022
Hajmi57,75 Kb.
#290962
1   2   3   4   5
Simob xloridi - molekulasida ikkita simob va ikkita xlor atomidan iborat modda bo‘ladi. U avvallari kalomel nomi bilan ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lgan. Kalomeldan surgi dori sifatida foydalanilgan. Odamlar bu moddaning zararli tarafini bilishmaganliklari uchun u ko‘p yillar mobaynida uncha-muncha odamning ichak va hazm qilish tizimini ishdan chiqargan. Kalomel ich surishdan tashqari, odamni qayt qilishga ham majbur qiladi va iste'mol qilgan odamning sillasini quritib qo‘yadi. Kalomelning yaqin qarindoshi sulema nomli modda bo‘lib, uning ilmiy nomi simob dixloridi bo‘ladi. Bu modda molekulasi bitta simob va ikkita xlor atomlaridan iborat bo‘ladi. Sulema kalomeldan ham zararliroq. Xalq orasida uni sublemat ham deyiladi. Sulema, yoki, sublemat odamni o‘limga ham olib kelishi mumkin.

Simob oksidi - pishiq g‘ishtning rangidagi qizg‘ish-qo‘ng‘ir modda bo‘lib, uning molekulasi bitta simob va bitta kislorod atomidan iborat bo‘ladi. Bu moddaning qiziq tarixi bo‘lib, uni eslab o‘tmaslikning iloji yo‘q. Jozef Pristli kislorodni kashf qilgan tajribalarida aynan simob oksidini qizdirgan edi. Simobning yana bir qizg‘ish rangli birikmasi - simob sulfidi bo‘lib, uning molekulasida bitta simob va bitta oltingugurt atomi bo‘ladi. Simob sulfidi tabiatda eng keng tarqalgan simob birikmasi bo‘lib, uni simob rudasi ham deyish mumkin. Tabiiy holda, ruda ko‘rinishidagi simob sulfidini mutaxassislar kinovar deyiladi. Kinovar eng boy simob rudasi bo‘lib, uning tabiiy, sof holdagi shaklidan yorqin qip-qizil pigment - vermilion olinadi.

Simobning yana paqildoq simob nomli birikmasi ham qiziq tabiatga ega. Paqildoq simob mutaxassislar tilida simob fulminat deyiladi. Ushbu modda molekulasi tarkibida bittadan simob, kislorod, azot va uglerod atomlari mavjud bo‘ladi. Paqildoq simob arzimagan nozik teginish tufayli ham paqillab, portlash sodir qiladi. Bu esa, simobning mazkur birikmasini eng xavfli moddalar qatorida tilga olishga majbur qiladi. Boshqa har qanday portlovchi moddalarni portlashi uchun ancha ko‘proq mexanik ta'sir kerak bo‘ladi. Lekin, paqildoq simobga salgina turtki kifoya qiladi. Shu sababli, portlatish texnikasida, masalan, tog‘-kon ishlarida simob fulminatni nisbatan qiyin portlaydigan moddalarni, masalan dinamitni portlatish uchun detonator sifatida ishlatishadi. Fulminatni masofadan turib, nozik elektr uchquni vositasida portlatish mumkin. U esa, o‘z navbatida boshqa portlovchi moddalarni harakatga keltiradi.

Simobning avvallari tibbiyotda keng qo‘llanilgan birikmalaridan biri - merkuroxrom bo‘lib, uning molekula tuzilishi ancha murakkab. Merkuroxrom antiseptik xossasiga ega bo‘lib, undan yaralarni davolashda foydalanilgan.

Simob moddasi har qanday tirik organizmlar uchun yuqori xavfli (zaharli) hisoblanib, uning xavflilik asosini simobning par (bug‘)lari tashkil qiladi. Simob bug‘lari ochiq yuzada atmosfera haroratining ko‘tarilishi bilan bug‘lanish miqdori tezlashadi. Simob bug‘lari odam organizmiga nafas orqali qon tarkibiga so‘riladi va oqsil moddalarga birikib, organizmda (sirkulyasiya) aylanadi.

Qisman, odam organizmining jigar, buyrak, taloq va miya to‘qimalariga yig‘iladi. Simob moddasining toksik ta’siri to‘qimadagi sulfgidril guruhiga mansub oqsillarning to‘sishi bilan bog‘liq bo‘lib, bosh miya funksiyasining buzilishi (birinchi navbatda gippotalamus)ga olib keladi. Simob moddasi organizmdan buyrak, ichak, ter chiqaruvchi bezlar orqali chiqib ketadi.

Xonada to‘kilgan simob moddasini diqqat bilan yig‘ib olish kerak. Simob moddasi to‘kilgan joyda maydalanib, sharchalarga bo‘linib ketishi va har xil hajmdagi tirqishlarga kirib qolishi natijasida katta miqdorda simob moddasi bug‘lari hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin. To‘kilgan simob sharchalarini yig‘ib olish zarur.

Agar termometr sinsa birinchi navbatda deraza oynalari va eshiklarni ochib xonani shamollatish zarur. Simob moddasining bo‘lingan sharchalarini tibbiyot shpritsi, qog‘oz kurakchasi yoki yumshoq tozalagich (shyotka) yordamida yig’ib olish mumkin. Yig‘ib olingan simob moddasini germetik shisha idishga joylashtirish zarur.

Demerkurizatsiya tadbirlarini samarali o‘tkazish uchun mexanik tozalashdan so‘ng, kimyoviy zararsizlantirish ishlarini olib borish tavsiya etiladi. Ya’ni, kaliy permanganat (margansovka (KMnO4)) kukunidan 1 litr suvga 1g miqdorida qo‘shilib, 0,5%li serniy oltingugurt kislotasi (HCL) aralashmasini tayyorlab, simob to‘kilgan maydon zararsizlantiriladi. Zararsizlantirishdan keyin pol yoki mebel buyumlarda qoramtir rang qolgan bo‘lsa 3%li vodorod periksi (H2O2 3%) yordamida tozalash mumkin.



 Simob — g’oyatda o’ziga xos metall bo’lib, uy sharoiti temperaturasida suyuq holatda bo’ladi. Simob 39 daraja sovuqlikda muzlaydi, 357 darajada esa qaynaydi. Uning vazni suvdan 13,6 marta og’irroq. Simobning sirtqi yaxlitligi katta hajmda bo’ladi, shu sababli ayrim predmetlar unda cho’kadi. Simob mayda tomchilarga bo’linish va oqish xossalariga ega. Tabiatda simob qizil tusli kinovar ma'dani tarzida mavjud bo’ladi. Kinovar ko’pgina tog’-qoya jinslariga kiradi, biroq uni ko’p hollarda vulqonli jinslar tarkibida uchratish mumkin. Simob oson bug’lanadi. Rudadan sof holdagi simob olish uchun rudani deyarli 482 S ga yetkazib qizdiriladi. Bug’ esa yig’ib, jamlab qotiriladi va simob olinadi. Kishilar simobni har xil shaklda anchadan buyon ishlatib kelmoqda. Yozuv paydo bo’lishiga qadar kinovar qizil bo’yoqlar tayyorlashda ishlatilar edi. Miloddan avvalgi 415-yilda simobni ruda tarkibidan olinib, metallarning sirtini qoplash va ayrim xastaliklarni davolash uchun qo’llanilar edi. Nodir metallar hosil qilishga umrini bag’ishlagan alkimyogarlar simobni sehrli metall deb bilishar edilar. Ular simobni o’z tajribalarida va har xil tadbirlarida keng qo’llaganlar. Hozirgi davrda simob tibbiyyotda keng qo’llanilmoqda. Garchi simob va uning qismlari zaharli bo’lsa-da, undan dori va dezinfeksiya vositalarini tayyorlashda qo’shimcha xomashyo tarzida foydalanilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan simobning uchdan bir qismi tibbiyot sohasida ishlatiladi. Biz simobni bemorlarning isitmasini aniqlaydigan vosita — «gradusnik» orqali yaxshi bilamiz. Chunki simob inson tanasidagi harorat darajasining o’zgarishlarini tez va aniq ko’rsatadi. Simob bugungi kunda bo’yoqlar tayyorlashda, stamotologiyada, xlor, kaustik soda — o’yuvchi natriy va elektr jihozlari ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Simob inson miyasi va asab tizimini ishdan chiqaradi, yosh bolalarning jismoniy va ruhiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir qilishi ham aniqlangan. Homilador ayol simob moddasini ovqat orqali iste’mol qilsa homilaga jiddiy shikast yetishi mumkin.

BMTning atrof-muhit dasturiga ko’ra, ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda simob moddasiga qarshi cheklovlar joriy etilgan bo’lsa-da, rivojlanayotgan mamlakatlarda bu masalaga yetarli e’tibor berilmaydi.

Oltin konlaridan hamda ko’mirni yoqish oqibatida atmosferaga katta miqdorda simob chiqadi. Osiyo mamlakatlarida sanoat rivojlanar ekan, turli chiqindilar ichida bu zaharli modda hajmi ham ko’payib bormoqda, deydi BMT rasmiylari.

Hisobotda qayd etilishicha, dunyoda ishlab chiqariladigan oltin hajmining 35 foizi, ya’ni 727 tonnasi aynan kichik konlarda qazib olinadi. Payperning aytishicha, bu Afrika, Osiyo va Shimoliy Amerika aholisi salomatligi uchun jiddiy tahdid.

“Hozirda dunyoning 70 mamlakatida kichik oltin konlari mavjud bo’lib, ularda 10-15 million odam ishlaydi. Balki aslida bundan ham ko’proqdir. Tilla narxi balandligi va qashshoqlik bunday konlarning ko’payishiga turtki bo’lyapti. Odamlarga daromad kerak-da”, - deydi tadqiqotchi.

Odam salomatligi va tabiatga ziyonni kamaytirishni istasak, simobni ishlatishdan voz kechish kerak, deydi Payper. Biroq oltin sanoatidan katta daromad olayotganlar faoliyatini to’xtatishi amri mahol. Jenevadagi anjuman qatnashchilari simobning atmosferaga chiqishini nazorat qilish haqidagi xalqaro bitim doirasida shu masala xususida ham muzokara olib bormoqda.

Hujjat tarkibida simob bo’lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni to’xtatishni ko’zda tutadi. Shu bilan birga boy hukumatlarni rivojlanayotgan mamlakatlarga sohani nazorat qilishda ko’maklashishga undaydi. Bitimning shu yil oxirida Yaponiyada qabul qilinishi kutilmoqda.

 

Simobga tegish hech qachon xavfsiz emas. Merkuriy xona haroratida suyuq bo'lgan yagona metalldir. Ko'pgina termometrlardan xavfsizlik nuqtai nazaridan olib tashlangan bo'lsa ham, siz uni termostatlar va lyuminestsent chiroqlarda topishingiz mumkin.



Siz keksa odamlarning laboratoriyada va simpoziumda suyuq simobni ishlatish odatiy hol bo'lgan, degan fikrlarini eshitgan bo'lishingiz mumkin, ular ko'pincha barmoqlar va qalam bilan urishgan. Ha, ular ertakni aytib berish uchun yashaganlar, ammo buning natijasida ozgina doimiy, nevrologik zarar ko'rgan bo'lishi mumkin.

Suyuq metall shaklida simob darhol teriga singib ketadi; ammo u ham juda yuqori bug 'bosimiga ega, shuning uchun simobning ochiq idishi metallni havoga tarqatadi. U kiyimga yopishadi va sochlar va mixlar tomonidan so'riladi, shuning uchun siz uni tirnoq bilan tortib olishni yoki mato bilan artishni xohlamaysiz.



Download 57,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish