2.4. Konservatsiya
Konservatsiya deyilganda binoning tuzilishi, yodgorliklarning yaxshi holdatda saqlash, ayrim hollrada elementlarni texnik jixatdan o’shlab turish, shuning ichida tomlar, ichki bezaklar va boshqalarni texnik tiklash va muxandislik ishlarini olib borish ko’zda tutiladi.
Statik va funksional nuqtai nazardan, binolarning avvalgidan asl qiyofasiga keltirish yoki yangi mavjudlik mazmun berish (restovratsiyani), tamirlashni tashkil qiladi.
Bu vaziyatda konser vatsiya, restovratsiyadan muhimroq yoki buni teskarisi degan xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Odatda konservatsiya qilingan binolarni mehr bilan ko’zatish va har kungi ishlashini, isitish sistemalarini, yoritish, suv ta’minoti, kanalizatsiya, laklash va oynalashtirish va boshqa ishlarni ta’minlash, kerakli paytlarda texnik progresslarni hisobga olgan holda, ayrim elimentlarni almashtirishdan tashkil topgan. O’zgartirishlar kiritishdan avval, arxitektor-restovratorlardan konsultatsiya olish lozim, chunki quruvchilar eski binolarni tiklanishida kelib chiqadigan muammolardan bexabar bo’lishlari mumkin. Misol uchun, eski binolarga markaziy isitish sistemalarini o’tkazishda mikroiqlim o’zgarishi natijasida buzilishlar ko’zatilgan, chunki bunday paytda sovuq va namlikka reaksiya uzoq muddat davomida barqarorlashadi. Utilitor maqsadlar uchun mo’ljallangan eski binolarni boshlang’ich qiyofada saqlash mumkin? Istalgan qadimiy binolar har xil mo’ljal tadbirlar uchun ishlatib kelingan va elimentlar almashtirilgan bo’lishi mumkin. Bu yog’ochdan yoki g’ishtdan qurilgan o’lkan madaniy inshootlarda xaqqoniy ta’luqlidir. Ikki asrdan ko’p turgan, istalgan tosh binolar, agar pollari odatdagi material, albatta almashtirilgan qimmatbaho jinslar, marmar, mozakika yoki naqshli terrakot taxtachalar (plitka) bo’lsa, ularga zo’r qimmatli buyum sifatida qaralishi alohida g’amxo’rlikka sazovordir.O’zgartirilgan bino naqshlarini oson aniqlash mumkin, devorni dekorativ qoplamasi yoki usiz, sovuq, issiq va shamoldan shikastlangan joy, pol, to’siq yoki iski naqshlar xaqida gap borishi mumkin.
Qisqa qilib aytganda, amalda kundalik hayotda ishlatiladigan qadimiy binolar tegilmagan holda bo’lmaydi: bundan istisno tariqasida kamdan-kam uchraydigan, masalan, Florensiyadagi Laurensiana bibliotekasining kengash zaminini e’tiborga olsak, uerda poli, shipi, devorlari va ichki pardozlar saqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |