Restavoatsiya va konservatsiyaning asosiy prinsiplari
Arxitektor-restavrator va injener-restavratorlar an’anaviy qurilish materiallar sohasidagi yangi ilmiy tadqiqotlardan o’zlariga foydali imkoniyat chiqarib olishlari mumkin. Ko’pgina ilmiy tadqiqotlar har xil iqlimiy sharoitlar, turli materiallarga, ta’siridan buzilishini o’rganishiga bag’ishlangan: yog’och, tosh materiallar, oxak, gips, rang beruvchilar, sement, laklar, xom va pishiq g’isht, terrakota va xakazolar.
Ijobiy bajarilgan sinovlarni sinchiklab o’rganish asosida materiallarni ishlatishda takliflar kiritilishi kerak: an’anaviy materiallarni va qurilish uslublarini ilmiy ishlangan izlanish uslublari bilan bog’lab ish yuritish lozim. Restavratorlar va ma’lumotli arxitektorlar, ishlash uslublari va materiallar tanlashda ongli va tanqidiy yondoshishlari lozim.
YAngi materiallar har doim paydo bo’lib turadi. Ularning laboratoriya sharoitida sinab tekshirib va amaliy ishlatishni to’liq o’rganilgandan so’ng, yangi qurilmalarni barpo etishda odatdagi materiallar bilan birga ishlatish mumkin.
Xaqiqiy san’at yodgorliklariga xos shakl, mazmun va sifatni hisobga olgan holda, restavratsiya ishlarini olib borishda turli xildagi texnik vositalarni qo’llashni tavsiya etiladi. Har bir material alohida uslubni talab qiladi, chunki u o’z o’rnida ob’ektni badiiy sifatiga mos o’zgaradiSHuning uchun kerak bo’lgan qoidalarni ishlashga o’rin yo’q. SHunga qaramasdan materiallarni amaliy qo’llash uslublarini ishlab chiqish va ularning xususiyatlari uchun aniq texnik xujjatlar yig’ish kerak (chidamlilik, moslik, qarshilik, rangi, o’lchamlari, xajmi va shunga o’xshash boshkalar).
YOdgorliklarni konservatsiya qilish ularni saqlash uchun mo’ljallangan tarixiy qishloq yoki kvartallarni butunlay qolishi har doim kuzda tutilmaydi, balki ayrim qismlarini, ayrim vaqtlarda kam e’tiborli inshoatlarni ham saqlab qolish maqsadiga muvofiq bo’ladi.
2.2. Restavratsiya nima uchun kerak?
Binolarni butunlay buzilguncha restavratsiya qilish, odatda kam uchraydi. Bunday paytlarda restavratsiya qilishga shubha bo’lmasa ham, ko’riladigan oddiy primetiv chora-tadbirlar tufayli munozarashiladi va ishlar esa kerakli mablag’ yo’qligi tufayli orqaga cho’ziladi. Restavratsiyaga mo’xtoj yodgorlik, har xil sabablar tufayli ob-havo sharoiti, iqlim. zaxlik va boshqalar juda tashlab qo’yilgan ahvolga kelib qoladi. O’rtacha iqlimli sanoati rivojlangan davlatlarda tutun va zavod hamda avtomashinalar chiqindilari ko’pincha gips buyumlari, madaniy san’at asarlari va ayrim hollarda qurilishni o’zi ham ma’lum darajada ziyon etkazadi. Misrda binolarning fasad qismi saxrodan shamol olib keladigan qum bilan emiriladi, shu bilan birga xonadagi gips va tosh devorga ishlangan nakshlar ichkarida kichik namlik bo’lgani tufayli yaxshi saqlangan.
SHunday qilib yodgorlikni saqlanish darajasi bir vaqtning o’zida iqlim sharoiti va uni joyiga bog’liq bo’ladSovuq shamol esib turadigan tumanlarda, bino qismlari, shamolga teskari qismlarga nisbatan tezroq bo’ziladi. Havo sovuq yoki yomg’ir ta’siridan ajradib chiqadigan korbonat angidirid gazlari marmar haykallarni buzilishiga olib keladi. Tosh devorlar, atmosferadagi namliklarni shimishi va uni yoriqlarda muzlab hajmiy kengayishi natijasida, parchalanishga yo’liqadi. Ayniqsa sovuqni qumtosh va oxaktoshlarga ta’siri xavfli: buni g’ovaktoshlar, ya’ni, masalan vulkan tuflari, tuzikroq o’tkazadi. Lekin istalgan tosh, agar unda yoriqlar hosil bo’lsa, yoriqlarga suv kirishi natijasila sovuqdan zarar kurishi mumkin. Xarorati keskin va tez-tez o’zgaruvchan tumanlarda kun mobaynida, issiqlikni kam o’tkakzadigan tosh yuzalarida xarorat 50-70 S gachan qiziydi, shu vaqtning ichida toshni ichki qatlamlari xarorati o’zgarmaydi. Ustki qatlamni kengayishi uni parchalanishga olib keladi, sovuq olib keladigan oqibatlariga qarshi kurashishga qaraganda, bu erda qiyinroq bo’ladi.
Suv o’tkazmaydigan mumlardan foydalanib sovuq keltiradigan ofatlarni oldini olish mumkin. Uzoq mudatli va kuchli sovuq ta’sirida, muzga aylanishi mumkin bo’lgan namlikni ushlab qoladigan silikonlar har doim yaxshi effekt bermagan joyda, suvda eritilgan, mikrokristall mahsulotlar ishlatilsa ijobiy natijalar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |