Reja: Shaxslararo munosabatlarda moslashuvchanlikning ahamiyati. Ta’lim jarayonidagi o’zgarishlarga moslashishda zamonaviy o’qituvchi ijodkorligi. Pedagogik jamoadagi muammolar va ularga nisbatan moslashuvchanlik


"O'nlab yosh o'qituvchilar men bilan birga ishladilar



Download 0,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana06.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#640055
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Pedagog mahorati va 22

 
"O'nlab yosh o'qituvchilar men bilan birga ishladilar 
Men odam muvaffaqiyatli ekanligiga ishonch hosil qildim 
qanday qilib iste'dodli bo'lishidan qat'i nazar, pedagogik universitetni tugatmadi. 
va agar u tajribadan o'rgana olmasa, hech qachon yaxshi o'qituvchi bo'lmaydi, 
men o'zim keksa o'qituvchilar bilan o'qiganman ... " 
A.S. Makrenko 
Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchi qiyofasida quyidagi 6 xususiyat bo‘lishi shart 
deb o‘ylaymiz:
1.
O‘qituvchida estetik go‘zallik bo‘lishi lozim. Zero, Charlz Darvin aytganidek:
“Inson tabiati o‘zidagi go‘zallikni doim bo‘rttirishga harakat qiladi”. Biz, pedagoglar esa 
oddiylikka qarab borishimiz, yosh qalblarga uni qabul qilmoqlikni o‘rgatmog‘imiz kerak.
2.
O‘qituvchida kiyinish
madaniyat bo‘lishi
kerak.
Kiyinish madaniyatida, masalan, erkak o‘qituvchilarda oddiy ko‘ylakdan tortib, soqol va 
sochning chiroyli parvarish qilinishi ham muhim hisoblanadi.
Bugungi kunda ayrim o‘qituvchilari Konstitutsiyamizning fuqarolar tengligi, 
erkinliklari, huquqlari va burchlari, ta’limga oid moddalarini bilmaydi. Hokimiyat tizimi 
va boshqaruv organlari vakolatlari, hattoki, o‘qituvchilarning vakolatlari, huquqlari va


burchlarini
bilmaydigan
o‘qituvchilar
ham
ko‘p.
Bugungi o‘qituvchi nafaqat Konstitutsiyamizni, balki ta’limga oid barcha qonun va 
qonunosti hujjatlarini mukammal bilmog‘i shart. O‘qituvchilar huquqiy savodxonligining 
pastligi oqibatida millat tarbiyachilarini majburiy mehnatga jalb etish holatlari yoki
sohani
botqoqqa
botiradigan
korrupsiya
illatlari
namoyon
bo‘lmoqda.
Konstitutsiya va qonunchilikni yaxshi bilgan o‘qituvchi o‘quvchilar yoki ularning 
ota-onalari bilan yuzaga kelgan munozarali vaziyatda masalaga adolatli yondashib, o‘z 
haq-huquqlarini joyida himoya qila oladi. Umumiy muammolarni esa davlat tashkilotlari, 
kasaba uyushmalari yoxud siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lib, kerak bo‘lsa, parlament orqali 
qonunchilikka o‘zgartirish kiritib, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning faol 
ishtirokchisiga aylanishi kerak. Buning uchun esa, albatta, huquqiy madaniyati yuksak 
shakllangan bo‘lishi lozim. Ze’ro, Ibn Sino pedagogik qarashlarida, “Ma’rifatli kishi jasur, 
o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni qaror toptirish uchun harakat qiladigan 
bo‘lishi lozim”, deb aytgan.
3.
O‘z ona tilidan boshqa yana xorijiy tillarni bilishi kerak.
4.
Axborot
va
axborot
texnologiyalaridan
xabardor
bo‘lishi 
lozim.
Bugungi globallashuv davrida o‘qituvchi o‘z yurti va dunyoda bo‘layotgan voqea-
hodisalardan har kuni xabardor bo‘lishi lozim. Aytaylik, bugungi xabarlar sahifasining 
eng muhokama markazida bo‘lgan sahifani olamiz. Masalan, Eron davlatini biologik 
yadroviy qurol yaratishda AQSh tanqid qildi. Maktab miqyosida fizika fani o‘qituvchisi 
tomonidan yadroviy qurol yasalishi, uni yasashda ishlatiladigan moddalarning fizik 
xususiyatlari o‘rganilsa, kimyo fani o‘qituvchisi uning havoga ta’siri va yasaladigan 
qurolning kimyoviy tarkibini o‘rgangan holda xulosa qiladi. Yoki ertalabki yig‘indayoq 
huquq fani o‘qituvchisi Eronning yadroviy qurolni yasash huquqi boryo‘qligi, o‘zining 
ichki ishi yoxud xalqaro huquq qoidalariga to‘g‘ri kelishi yoki to‘g‘ri kelmasligi haqida 
aytishi kerak. AQSh uning ichki ishlariga daxl qilgan yoki qilmayotganligi dalil bilan 
tushuntirilishi lozim. Tarix o‘qituvchisi masalaga tarixiy yondashuv bilan baho berishi va 
xulosa chiqarishi zarur. Yoki oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi ham ushbu sohada 


talabalarga o‘z ilmiy nuqtayi nazariga tayanib, fikr bildirishi yoxud talabaning fikrini 
eshitib, muhokama qilib, adolatli, xolis yondashib, bu ikkala davlatga taalluqli masalaga 
ilmiy baho berishi lozim. Endi axborot vositalaridan foydalanish haqida gapiradigan 
bo‘lsak, o‘qituvchi zamon bilan hamnafas bo‘lib ta’limga yangi innovatsiya joriy qilgan 
holda dars o‘tishi juda muhim. AKTning jarayonda qo‘llanilishi yangi usullar va axborotni 
yig‘ishni takomillashtiradi. Bolalarning fikrlash doirasi kengayadi, ilm olishga qiziqishi 
ortadi. Mustaqil ishlashning roli ortadi, samaradorlik yaxshilanadi, bolaning aqliy jihatdan 
rivojlanishiga, hissiy-estetik doirasini kengaytirishga, ijobiy qobiliyatlarini orttirishga 
yordam beradi.
5.
O‘qituvchi ijtimoiy-psixologik
moslashuvchan
bo‘lishi
kerak.
Ijtimoiy moslashuv nima? Rus olimi, faylasuf, sotsiolog Vladimir Dobrinkovning fikriga 
ko‘ra, ijtimoiy moslashuvchanlik bu bo‘ysunish emas, maqsadga erishish yo‘lida harakat 
yoki harakatsizlik kabi o‘zgarish.
Maktab o‘qituvchisi o‘quvchining psixologik-pedagogik tashxis daftaridan 
xabardor bo‘lishi kerak. Ya’ni, Dobrinkov g‘oyasiga qaytadigan bo‘lsak, o‘qituvchi 
o‘quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, u bilan muloqot jarayonida dastlabki qadam 
tashlab, o‘quvchining ruhiyatidan kelib chiqib, uni o‘zgartira olishi shart. Bu, albatta, dars 
mobaynida o‘quvchining darsga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otadi, diqqatini oshiradi. Ibn Sino 
har bir insonning temperamentidan kelib chiqib, unga alohida e’tibor berish kerakligini 
ta’kidlaydi. Forobiy bo‘lsa, “Inson aqli faqat bilish bilan cheklanmaydi, balki odatlar va 
qarashlarni o‘zining maqsadlariga bo‘ysundira olishi, yo‘naltirishi, o‘zgartirishi ham 
mumkin”, deb yozadi.
Demak, pedagog jamiyat, voqelikka, atrof-muhitga psixologik moslashuvchan 
bo‘lishi lozim.
6.
O‘qituvchining qalbi adabiyotga oshno
bo‘lishi
kerak.
O‘qituvchi sohasiga taalluqli nafaqat ilmiy, balki badiiy adabiyotlar ham o‘qishi lozim. 
Adabiyot bilan yashaydigan talaba va o‘quvchilar illatlardan nafratlanadi. Bu o‘qituvchi 
ta’limni tarbiya bilan olib borishida zamonaviy yo‘nalish kasb etadi.
 
Mahmudxo‘ja 


Behbudiy 1912-yilda o‘z xulosalarini shunday ifoda etgan: “Dunyoda turmak uchun 
dunyoviy fan va ilm lozimdur. Zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga 
poymol bo‘lur”.
O‘qituvchida shuncha xislatlarni ko‘rgan o‘quvchi hayotga o‘z ustozining ko‘zi 
bilan qaraydi va hayotni oq-qora rangda emas, serjilo ranglarda ko‘rib, unga muhabbat 
qo‘yadi. Shu go‘zal hayotning, millatning chiroyiga o‘z hissasini qo‘shish uchun 
ulg‘ayadi. Eng asosiysi, u o‘quvchiligidayoq shu jamiyat, shu millatga kerakman, degan 
ruhda kamol topadi. Bugungi g‘ala-g‘ovur dunyoda ustoz o‘z so‘ziga, o‘z o‘rniga, o‘z 
obro‘siga ega bo‘lishi, yoshlarni yurtga otilgan har qanday toshlarga qalqon qilib 
tarbiyalashi shart. Bu vazifa, muqaddas va sharafli kasb egalari uchun ham farz, ham 
qarzdir!
Zamonaviy maktab o’qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O’qituvchi – sinfdagi 
o’quv jarayoni tashkilotchisidir. O’qituvchi o’quvchilar uchun dars payti, qo’shimcha 
darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda 
bilimlar manbaidan biridir. Ko’pchilik oqituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya


jarayoni tashkilotchilari bo’lib hisoblanadilar.
O’qituvchiga jamiyat tomonidan qo’yiladigan talablar, turli xildagi ijtimoiy kutishlar, 
pedagogning individualligi, uning, shu tarika talablarga javob berishga sub’ektiv 
tayyorligi muayyan o’qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat 
beradi.

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish