Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixologiyaga esa psixik jarayonlar, individual xususiyatlar, psixik faoliyat kiradi. Psixik jarayon biror psixik hodisaning ma`lum vaqt ichida vujudga kelishi, o`zgarishi, taraqqiy etishi va tugallanishidan iborat.
Psixik (ruxiy) hodisalar uchga bo`linadi:
1. Bilish jarayonlari.
2. Emotsional soha.
3. Irodaviy soha.
Bilish jarayonlari intellektual aqliy jarayon deyiladi. Bilish jarayonlari ikkiga bo`linadi: hissiy bilish va mantiqiy bilish - hissiy bilishga sezgilar, idrok, xotira, mantiqiy bilishga xayol, tafakkur kiradi. emotsional sohaga: idrok qilayotgan, fikr yuritayotgan narsa va qilinayotgan ishga nisbatan ko`ngildan kechadigan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg`ular kiradi. Odam atrofidagi narsa va hodisalarni o`rganadi. Dunyoni bilish hissiy bilishdan boshlanadi. Hissiy bilish mantiqiy bilishga o`tadi. Biz ranglarni, ta`mni, hidlarni, tovushlarni, og`ir — engillikni, issiq - sovuqni sezamiz. Sezgilar hosil bo`lishi uchun quyidagi jarayonlar bo`lishi kerak:
1. Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa yoki hodisaning bo`lishi.
2. Sezuvchi apparat; buni analizator apparati degan edi I.P.Pavlov.
Biz gulning hidini, quyoshning issiqligini, qovunning mazasini, toshning og`irligini sezamiz. Sezgilar idrok tarkibiga kiradi. Idrok bilan sezgi bir - biriga bog`liq holda bo`ladi. Lekin idrok qilmasdan avval sezamiz. Bizning sezgi a`zolarimizga narsa va hodisalar bevosita ta`sir etib turadi, shularni biz sezamiz.
Sezgi boshqa jarayonlarga nisbatan oddiy jarayon bo`lib, bu jarayonning mohiyati moddiy qo`zg`atuvchilarning tegishli retseptorlariga ta`sir etish yo`li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ayrim xossalari va organizm ichki holatini aks ettirishdan iborat. Sezgilar materiyaning sezgi a`zolarimizga ta`siri natijasidir. Sezgi a`zolari axborotlarni qabul qilib, tanlab, to`plab har bir sekundda bepoyon informatsiyalar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi taqi olamning va organizm o`z ichki holatining adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo`ladi. Sezgi a`zolari taqi olamning inson ongiga olib kiradigan birdan bir yo`llaridan iboratdir. Agar odam sezgi a`zolaridan mahrum bo`lib qolsa, u paytda u atrofda nima bo`layotganini bila olmas, ovqatlanish uchun o`ziga ozuqa topa olmas edi. Mashhur rus vrachi S.P.Botkin yolgiz bitta ko`zi va qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech kim tegmasa, u uxlab qolgan. Sezgilar haqidagi ta`limotga ko`ra, narsalar va ularning xususiyatlari birlamchi bo`lib, sezgilar esa materiyaning sezgi a`zolariga ta`siri natijasidir. Sezgilar olam qanday mavjud bo`lsa, o`shandayligicha aks ettiradi. Sezgilar haqiqiyligining mezoni amaliyot, sub`ektning faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |