Reja: Sezgilar haqida umumiy tushuncha. Sezgining nerv fiziologik asosi. Sezgilarning tasnifi va turlari



Download 0,53 Mb.
bet1/3
Sana19.07.2021
Hajmi0,53 Mb.
#123377
  1   2   3
Bog'liq
SEZGI


Reja:


1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha.


2. Sezgining nerv - fiziologik asosi.

3. Sezgilarning tasnifi va turlari:


Adaptatsiya - qo`zg`atuvchining davomli ta`siriga analizatorning moslashishi

Analizator - sezuvchi apparat

Vibratsiya - titrashni sezish

Sensibilizatsiya - sezgirlikning ortib borishi

Kinestezik - oraliq sezgi

Statik - muvozanat sezgisi

Sinesteziya - ikki sezgining qo`shilib ketishi

Retseptor - analizatorlarning qo`zg`atuvchini qabul qiluvchi qismi



1. Sezgilar haqida umumiy tushuncha

Psixologiya psixikani o`rganadi. Psixologiyaga esa psixik jarayonlar, individual xususiyatlar, psixik faoliyat kiradi. Psixik jarayon biror psixik hodisaning ma`lum vaqt ichida vujudga kelishi, o`zgarishi, taraqqiy etishi va tugallanishidan iborat.

Psixik (ruxiy) hodisalar uchga bo`linadi:

1. Bilish jarayonlari.

2. Emotsional soha.

3. Irodaviy soha.

Bilish jarayonlari intellektual aqliy jarayon deyiladi. Bilish jarayonlari ikkiga bo`linadi: hissiy bilish va mantiqiy bilish - hissiy bilishga sezgilar, idrok, xotira, mantiqiy bilishga xayol, tafakkur kiradi. emotsional sohaga: idrok qilayotgan, fikr yuritayotgan narsa va qilinayotgan ishga nisbatan ko`ngildan kechadigan har xil yoqimli va yoqimsiz, xush yoki noxush tuyg`ular kiradi. Odam atrofidagi narsa va hodisalarni o`rganadi. Dunyoni bilish hissiy bilishdan boshlanadi. Hissiy bilish mantiqiy bilishga o`tadi. Biz ranglarni, ta`mni, hidlarni, tovushlarni, og`ir — engillikni, issiq - sovuqni sezamiz. Sezgilar hosil bo`lishi uchun quyidagi jarayonlar bo`lishi kerak:

1. Sezgi a`zolariga ta`sir etadigan narsa yoki hodisaning bo`lishi.

2. Sezuvchi apparat; buni analizator apparati degan edi I.P.Pavlov.

Biz gulning hidini, quyoshning issiqligini, qovunning mazasini, toshning og`irligini sezamiz. Sezgilar idrok tarkibiga kiradi. Idrok bilan sezgi bir - biriga bog`liq holda bo`ladi. Lekin idrok qilmasdan avval sezamiz. Bizning sezgi a`zolarimizga narsa va hodisalar bevosita ta`sir etib turadi, shularni biz sezamiz.

Sezgi boshqa jarayonlarga nisbatan oddiy jarayon bo`lib, bu jarayonning mohiyati moddiy qo`zg`atuvchilarning tegishli retseptorlariga ta`sir etish yo`li bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning ayrim xossalari va organizm ichki holatini aks ettirishdan iborat. Sezgilar materiyaning sezgi a`zolarimizga ta`siri natijasidir. Sezgi a`zolari axborotlarni qabul qilib, tanlab, to`plab har bir sekundda bepoyon informatsiyalar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga etkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi taqi olamning va organizm o`z ichki holatining adekvat “mos” aks ettirishi hosil bo`ladi. Sezgi a`zolari taqi olamning inson ongiga olib kiradigan birdan bir yo`llaridan iboratdir. Agar odam sezgi a`zolaridan mahrum bo`lib qolsa, u paytda u atrofda nima bo`layotganini bila olmas, ovqatlanish uchun o`ziga ozuqa topa olmas edi. Mashhur rus vrachi S.P.Botkin yolgiz bitta ko`zi va qo`lining uncha katta bo`lmagan qismida tuyish sezgisidan tashqari hamma sezgilardan mahrum bo`lgan kasal haqidagi noyob bir hodisani tasvirlab bergan, bemor ko`zlarini yumgan paytda uning qo`liga hech kim tegmasa, u uxlab qolgan. Sezgilar haqidagi ta`limotga ko`ra, narsalar va ularning xususiyatlari birlamchi bo`lib, sezgilar esa materiyaning sezgi a`zolariga ta`siri natijasidir. Sezgilar olam qanday mavjud bo`lsa, o`shandayligicha aks ettiradi. Sezgilar haqiqiyligining mezoni amaliyot, sub`ektning faoliyatidir. Sezgilar bilishning asosiy manbaidir.


Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish