Reja: Savdo korxonalarida xizmat ko‘rsatish darajasini shakllantiruvchi asosiy elementlar tizimi


Ichki do‘kon reklama va axborotni tashkil etish



Download 35,49 Kb.
bet4/4
Sana13.07.2022
Hajmi35,49 Kb.
#791761
1   2   3   4
Bog'liq
1407735772 58065.doc

4.Ichki do‘kon reklama va axborotni tashkil etish.

Ichki do‘kon reklama va axborotni tashkil etish bo‘yicha savdo menejmenti funksiyalarning mazmuni xaridorlarga xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish vazifalari, tovar aylanishining rivojlanish vazifalari va savdo faoliyatining iqtisodiy samaradorligining o‘sishining vazifalari orqali aniqlanadi. Ichki do‘kon reklama va axborot tovarlarni sotish jarayonini aktivlashishga, xaridorlar oqimini ratsional yo‘naltirishga, xaridorlarga kerak tovarlarni qidirishni egallashga ketgan vaqt sarfini kamaytirishga yordam beradi.


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish va iste’mol bozorining tovarlar bilan to‘yinganligini oshirish sharoiti ichki do‘kon reklama va axborotni tashkil etish yangi ahamiyatga ega bo‘ladi va bir qator spetsifik tomonlari bilan ajralib turadi. Tovarlar sotishning an’anaviy usullarini qo‘llaydigan do‘konlarda asosan o‘z-o‘ziga xizmat qiluvchi do‘konlarda personal bilan xaridorlarning bevosita aloqasi hatto ishchilarning yetarli miqdorda ham sezilarli darajada pasaygan, shuning uchun ichki do‘kon reklama va axborotning roli ahamiyati ulrda sezilarli o‘sib bormokda.
Ichki do‘kon reklama va axborot xaridorlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishda turli xil rolni bajaradi va bu sohada savdo menejmenti funksiyalarning spetsifikasini aniqlaydi.
Ichki do‘kon reklamasining asosiy roli alohida tovarlarni sotishni rag‘batlantirishda sotishning jarayonini aktivlashtirishdan iborat. Bu munosabatda ichki do‘kon reklamasi raqobat bozoridagi savdo korxonaning harakatdagi hujumini quroli kabi ko‘rinishi mumkin.
Ichki do‘kon axborotining asosiy roli do‘kon xaridorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini ratsionallashtirishdan iborat, ya’ni shu jarayonni hamma tashkil qiluvchilarga «axborotni yondoshishida»dir. Axborotga bo‘lgan huquq xaridorning muhim huquqlaridan biri bo‘lib hisoblanadi, ichki do‘kon axborotining alohida parametrlari davlat normativ-huquqiy aktlarga muvofiq tug‘rilanadi (birinchi navbatda tovarlar sotishning qoidalari va savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi).
Ichki do‘kon reklamasi o‘z maqsadi qilib, potensial xaridorlar e’tiborini karatishda quyidagi 2 ta komponentlardan biriga qo‘yadi:
1.Berilgan do‘kon regional iste’mol bozori chakana savdo tarmog‘ida uni o‘ziga xosligini ajratgan holda (assortiment profilning spetsifikasi; tovarlarni sotishda alohida an’anaviy usullarni qo‘llash; xizmatlar keng nomenklaturasini taklif qilish; asosiy narx siyosati va boshqalar).
2.Do‘konlarda sotiladigan alohida tovarlarga zarurat tugilganda ularni sotilishini aktivlashtirish (birinchi navbatda, savdofaoliyatining yuqori oxirgi samaradorligini ta’minlaydigan tovarlarni sotish hakida gap boradi).
1.Chiroqli reklama o‘zidan chiroqning turli manbalaridan foydalanishga asoslangan reklama vositalar tizimini namoyon qiladi. Chiroqli reklamaning asosiy vositalari bo‘lib, viveskalar, chiroqli plakatlar, chiroqli tablo, yuguruvchi chiroqli yozuvlar va boshqalar hisoblanadi. Chiroqli reklama vositalarining muhim xususiyati bo‘lib, kachon do‘konlar ishni tugatgandan sung (kechki payt) boshqa reklama vositalarini to‘ldirishi hisoblanadi. Bu xususiyat bu reklama vositalari turidan foydalanishi spetsifikasini aniqlaydi. Ular qoida bo‘yicha kechki paytda shakllanadigan potensial xaridorlar harakatining asosiy oqimida joylashishi kerak.
2. Vitrina reklamasi ichki do‘kon reklama vositalarining doimo shakllanib turuvchi, eng ko‘p tarkalgan turlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunga birinchi navbatda deraza vitrinalari kiradi, ya’ni bu reklama turining asosiy vositasidir. Deraza vitrinalarini bezatishni bir necha usullari mavjud va ularni tanlashda bezatuvchilar oldida turgan vazifalarga qarab bajariladi.
Agar do‘kon tovar profilining xususiyatlari hakida reklama axboroti kerak bo‘lsa, u holda vitrinalarda tovar namunalarini psixologik va badiiy ta’sir ko‘rinishi bilan maksimal miqdorda joylashtiriladi. Agar xaridorga yangi yoki kam taniqli tovarlar reklama kilinayotgan bo‘lsa, u holda vitrina kompozitsiyalari tovarlar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, ularni foydalanish usullari berilgan reklama plakatlari bilan bir qatorda, shuningdek, tashqi va ichki do‘kon vitrinalari ishlatilishi mumkin.
Ular qoida bo‘yicha alohida tovarlarni reklama qilish uchun qo‘llaniladi. Vitrinalardagi kompozitsiyalarni iloji boricha tez-tez yangilab turish kerak, sotuvda bo‘lmagan alohida tovarlarni esa darhol almashtirish lozim. Vitrinalardagi dorilarni tez-tez almashtirilishi o‘z-o‘zidan xaridor e’tiborini karatadi.
Z.Namoyish etish reklamasi tovarlarning alohida turlarini sotishni aktivlashtirish usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari u yangi istemol talabini shakllantirishiga yordam beradi. Namoyish etish reklamasining asosiy vositalari bo‘lib, yangi yoki texnik murakkab tovarlarni kurgazma - namoyish qilish (yangi iste’mol yo‘nalishlarni shakllantirish uchun); ko‘rgazma - degustatsiya (yangi oziq-ovqat tovarlarini reklama qilish uchun); kurgazma - sotish (tovarlarni alohida turlarini assortiment kengligini va ularga bo‘lgan talabni bir vaqtda qondirilishi uchun reklama qilish uchun) va boshqa anologik namoyish etish chora tadbirlari hisoblanadi.
Bunday reklama chora tadbirlar xaridorlarni xabardor qilish bilan; ular amalga oshirilayotgan savdo zali maydonini badiiy va axborot bazasi bilan; zarur sharoitlarda mutaxassis - konsultantlarni chakirish bilan; tovar zahiralarini kerakli miqdorda tashkil etish bilan yaxshi tayyorlangan bo‘lishi kerak.
4.Do‘kon qo‘llaniladigan bosma reklama o‘z ichiga savdo zalida bevosita xaridorlarga tavsiya etiladigan turli reklama varaqarni, reklama prospektlarini, kataloglarni va boshqa anologik reklama bosma mahsulotni oladi. Reklamani bu vositalarini tayyorlashni yuqori baholigini hisobga olgan holda ularni bosib chiqarish, qoida bo‘yicha, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaga topshirilishi lozim (bu tovar ishlab chiqaruvchilar bilan yoki ularning regional distribyuterlari bilan kontrakt kelishuvining alohida punktida ko‘rilgan bo‘lishi mumkin).
5.Suvenir reklama do‘kon yoki alohida tovarlarning reklama qilish vositalarini qo‘llashga yo‘naltirilgan o‘zimizning amaliyotimiz uchun yangidir. Bu reklama usulining aniq tarkalishi faqat alohida savdo korxonalari tayyorlaydigan suvenir sumka - paketlarda sotib olingan tovarlarni qadoqlab joylashtirishda namoyon bo‘ladi. Chet el amaliyotida bu maqsadlarda xaridorga alohida guruh tovarlarni sotib olishda tekin beriladigan, ko‘rinishi va narxi bo‘yicha differensiallangan do‘kon emblemasi (savdo markasi) bo‘lgan turli suvenirlar tizimini kullaydi.
Berilgan bo‘limda faqat radio va televideniye reklama shakllari, axborotni bosma vositalari hakida to‘xtab o‘tilmagan ichki do‘kon reklamani asosiy vositalari ko‘rilgan. Bu shaklda amalga oshiriladigan reklama kompaniyalari epizod harakterga ega va faqat alohida savdo korxonalarida olib boriladi. Bunday kompaniyalarni tashkil etish bo‘yicha tavsifnomalar bu masala bo‘yicha keng maqolalarda aks etadi va zarurat tug‘ilganda reklama agentlariga takdim etilishi mumkin. Vositalarni turli - tumanligi ichki do‘kon axborotini tashkil etish uchun ham xosdir. Bu vositalarning asosiy turlariga quyidagilar kiradi: (9-chizma)

1.Axborot sxemalar do‘kon qoida bo‘yicha ikki ko‘rinishda qo‘llaniladi: qavatlar bo‘yicha alohida struktura bo‘limlarini joylashtirishni umumiy axborot sxemasi (iste’mol komplekslarini, mikro komplekslarni, tovar bo‘limlarini va seksiyalarini); va aniq tovar doirasida seksiya va bo‘limlar, mikrokomplekslarni joylashtirishni axborot sxemalari. Umumiy axborot sxemasini ko‘p qavatli savdo binolarida qo‘llaniladi, aniq qavatda struktura bo‘limlarini joylashtirish sxemasini esa - savdo zali maydoni 400kv.m. dan ortik hamma magazinlarda qo‘llaniladi. Axborot sxemasining birinchi turini binoga kirishdan oldin yoki savdo zaliga kirishning ung tomonida yoki zinali maydonchalar o‘rtasida urnatilishi kerak. Bunda axborot sxemasining ikkinchi turida alohida struktura bo‘limlarining nomini sanab o‘tibgina kolmay,balki xaridorga ularning joylanganligi hakida katta tasavvur berishi lozim.


2.Ko‘rsatkichlar-ichki do‘kon axboroti vositalarining ko‘p tarqalgan turidir. Ko‘rsatkichlar o‘zining funksional belgilanishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: do‘kon struktura bo‘limlarining ko‘rsatkichlari; tovarning alohida guruh va guruhchalarning ko‘rsatkichlari; tovarlar katta-kichigligining ko‘rsatkichlari (kiyim,poyafzal); xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarning alohida turlarining ko‘rsatkichlari va boshqalar. Ko‘rsatkichlar kengligi savdo zalini balandligi va maydonining o‘lchamidan iborat guruhga qarab aniqlanadi. Demak, struktura bo‘limlar yoki tovar guruhlarning ko‘rsatkichlari savdo zali maydoni 650 kv.m.gacha bo‘lgan magazinlarda 40x40 sm. yoki 50x50. sm o‘lchovlarida loyihalanadi; 3,5m balandlikdagi yirik korxonalarda -6Ox6Osm. yoki 60x80 sm; 4,5m balandlikda esa -80x80 sm. yoki 8Ox100 sm. o‘lchovida loyihalanadi. Tovar guruhlarining xaridorlarga ko‘rsatiladigan xizmat turi va harakatini yo‘naltirish ko‘rsatgichlari yozuvlar va simvollarini birgalikdagi ko‘rinishida ishlab chiqiladi. (bunda simvollar balandligi harf balandligidan 4-6 marta katta bo‘lishi kerak). Rasm ko‘rinishida ishlab chiqilgan simvollar rangi, o‘lchami va shakli bo‘yicha guruhlarga bo‘linadi. Bevosita jixozlangan joylashtirilgan tovarlar o‘lchamining
ko‘rsatgichlari 8x8,10x10,15x15 o‘lchovida loyihalanadi. Bu bilan alohida jixozlarda yoki xaridorlar o‘tish joyida joylashgan ko‘rsatgichlarni ikki tomonlama qilinadi.
3.Ichki do‘kon radiosi bo‘yicha e’lon yirik do‘konlarda intensiv xaridorlar oqimlari bilan harakatdagi axborot vositasi bo‘lib hisoblanadi. Bu e’lonlar yordamida xaridorlarni struktura bo‘limlarini va tovar guruhlarini joylashganligi, mavsumiy mikrokomplekslar tuzilganligi hakida, sotuvga kelgan yangi tovarlar haqida, xaridorlarga ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlar haqida xabardor qilinadi. Bu e’lonlarning teksti qisqa, ishontiruvchi va xaridorlarning hamma kategoriyalariga oson ta’sir etuvchi bo‘lishi lozim.
4.Plakatli axborot ichki do‘kon axborotininng arzon vositalaridan biridir. U tovarlarning turli guruhlarining sotish qoidalari haqida alohida mahsulotlarni foydalanish samarali sharoitlari haqida xaridorlarni xabardor qilishga asoslangan. Plakatli axborot odatda tekstli e’lonlar shaklida tuziladi va intensiv xaridorlar oqimi eng ko‘p bo‘lgan yo‘llardagi maxsus joylarda konsentrlanadi (konsentrlangan axborot «xaridorlar uchun axborot», «xaridor burchagi» va boshqa saxifalar bilan umumlashtirilishi mumkin). Alohida plakatli e’lonlar mazmuni xaridorlarga tekstning qisqa ko‘rinishida, shaklning osonligida, harf o‘lchovlari va qatorlar uzunligining muvofiqligida, harflar rangini mosligida tez singib boradi.
5.Narx qo‘yilgan kog‘ozchalar xaridorning savdo zalidagi butun yo‘li harakati bilan bog‘liq ichki do‘kon axborot vositalarining eng ko‘p tarqalgan turlaridan biridir. Ularning iloji boricha xaridorlarning ko‘z chiziklariga perpendikulyar joylashtirish lozim.
Download 35,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish