Birinchi guruhga - eski tarmoqlar deb ataluvchi toshko`mir, temir, ruda qazib chiqarish, metallurgiya, vagonsozlik, parovozsozlik, teplovozsizlik, kemasozlik, to`qimachilik tarmoqlari kiradi. Hozirgi vaqtda bu tarmoqlar odatda sekin o`smoqda. Lekin ular jahon sanoati geografiyasiga ilgarigiday ancha katta ta`sir ko`rsatadi.
Ikkinchi guruhga - yangi tarmoqlar deb ataluvchi avtomobilsozlik, alyuminiy eritish, kimyoviy tolalar ishlab chiqarish kiradi. Hozirgi vaqtda bu tarmoqlar ilgarigidek jadal bo`lmasa ham ancha tez sur`atlar bilan o`smoqda. Butun dunyoda har kuni konveyerlardan taxminan ming avtomobil tushadi. Asosan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda to`plangan ammo endilikda rivojlanayotgan mamlakatlarda ham ancha keng tarqalgan bu sanoat tarmoqlari jahon sanoati geografiyalariga katta ta`sir ko`rsatib kelmoqda.
Uchinchi guruhga - eng yangi tarmoqlar kiradi. Ularning ko`pchiligi fantalab tarmoqlarga kiradi, yana ularni ko`pincha “yuqori texnologiya” tarmoqlari deb ham ataladi. Bularga mikroelektronika, hisoblash texnikasi, robotsozlik, informatika sanoati, atom va aerokosmik ishlab chiqarish organik sintez kimyosi, mikrobiologiya sanoati – FTI ning haqiqiy “katalizatorlari” ni ishlab chiqarish kiradi. Hozirgi vaqtda bu tarmoqlar hammadan ham tez va barqaror rivojlanmoqda. AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiyada butun ishlov beruvchi sanoat yalpi mahsulotning 35-40 foiziga to`g`ri keladi.
Jahon sanoat ishlab chiqarishda kon-qazish sanoati salmog`ining ishlab chiqarishda energiya va materialga talab qilayotgani hamda asl xomashoyolarning sintetik materiallar bilan tobora ko`proq almashinayotgani sabab bo`lmoqda. Shunga qaramasdan FTI davrida kon qazilov sanoati tarmoqlarda foydali qazilmalarni ochiq usulda va dengiz ostidan qazib olishning yer ostida saralashning kengayishi va boshqalar.
Adabiyotlar
1. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999 y
2. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” –T., “O`zbekiston” 1997 y.
3. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi” T 1994 y.
4. E.Nabiyev., A.Qayumov “O`zbekistonning iqtisodiy salohiyati” T 2000 y.
5. A.S.Soliyev., L.Qarshiboyeva “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari” –T 1999 y.
6. A.S.Soliyev va boshqalar “Mintaqaviy iqtisodiyot” T., 2003 y.
7. N.To`qliyev “O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti” –T 1998 y.
8. M.R.Plоtкin. «Osnovi promishlennogo proizvodstva». M. Izd. «Visshaya shkola»-1977.
9. SH.Isrаilоv. «Sаnоаtning eng muhim tаrmоqlаri tехnоlоgiyasi аsоslаri». T. «O`qituvchi»-1978.
10. V.P.Mакsакоvsкiy. «Gеоgrаfiya mirа». M. Izd. «Prоsvеshеniе»-1990.
11. B.Mirtursunоv. «Sаnоаt, qishlоq хo`jаligi vа trаnspоrt аsоslаri» T.-2001, T.-200I (Mа`ruzа mаtni), T. -2002.
12 . S.Gоnchаrоv, S.Niкоlаеv. «Sоvrеmеnnаya bumаgа» J. «Yuniy tехniк» M.-I978.
13. I.V.Mаtоshко. «Jiznеnniyе rеsursi zеmli». Minsк. Izd. «Urоjаy»-1990.
14. N.V.Аlisеv. «Хimiya i gеоgrаfiya». M. Izd. «Znаniе»-1970....S
15. V.V.Кuliкоv. «Jаdаllаshtirish strаtеgiyasi» T. 1990.
16. Х.Vахоbоv. «Iqtisоdiy gеоgrаfiya аsоslаri». T. «O`qituvchi»-2001.
17. M.Qodirova “Sanoat va qishloq xujaligi geografiyasi” ma`ruza matni
18. http://ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |