Reja: Salavkiylar davlatining kelib chiqish tarixi


Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka o’z poytaxtini Bobildan Suriyaga — Antioxiyaga ko’chiradi



Download 28,65 Kb.
bet2/7
Sana21.04.2022
Hajmi28,65 Kb.
#569683
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
salavkiylar

Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka o’z poytaxtini Bobildan Suriyaga — Antioxiyaga ko’chiradi.
Satraplar qo’lida katta hokimiyat bo’lgan, ammo ularda oliy harbiy hokimiyat yo’q edi.Oliy harbiy hokimiyat markaziy hukmdor podshoh ixtiyorida bo’lgan.Bu markaziy hokimiyatning ustunligini ta’minlash uchun zarur edi.Ammo bu boshqaruv usuli sharqiy viloyatlarda keyinchalik buzilgan bo’lsa-da, g’arbiy viloyatlarda saqlangan edi.
Salavkiylar hokimiyatni Sharqdagi harbiy manzilgohlarda joylashgan yunon-makedon qurol -aslahalar bilan qurollangan, mahalliy xalqlarni vakillari harbiy kuchlariga tayangan edi.Yunon-makedon hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Sharqda ko’plab harbiy tayanch nuqtalarni barpo etish Iskandar davrida boshlangan edi.
Salavkiylar o’zlariga tobe o’lkalarda g’oyat qattiq qo’llik siyosatini olib borganlar. Agar Aleksandr qaram yerlariga axoliga nisbatan, murosasozlik yo’li bilan ham siyosat yurg’izgan bo’lsa, Salavkiylar aksincha mahalliy axolini, uning madaniyatini umuman inkor etish, noiblarni faqat yunonliklar orasidan tayinlash, mahalliy boshqaruvda ko’plab harbiy istexkomlar, inshootlar qurib, harbiy kuch orqali axolini bo’ysindirib turish tadbirlariga zo’r berganlar.
Aleksandr yunon va mahalliy madaniyatlarini o’zaro uyg’unlashtirishdagi say harakatlari bo’lganini bilgan holda, Salavkiylar aksincha tobe xalqlar orasida faqat yunon madaniyatini targ’ib etishni vazifa deb bilganliklarini qayd etish lozim.
Iskandar, O’rta Osiyoda 12 ta shaharga asos solgan edi.Salavk I Nikotar asos slogan 75 ta shahar Salavkiylar davlatining asosiy tayanchi bo’lgan.Salavkiylar davlati satrapliklarga bo’lingan, tobe o’lkalarni satraplar (noiblar) orqali boshqargan. Starteglar sobiq lashkarboshilardan tayinlangan bo’lib, ular davlat mudofaasi va qo’shinlarni tashkil etish bilan shug’ullangan. Yunon tarixchisi Pomkey Trogning yozishicha, Salavka ba’zi joylarni muzokaralar yo’li bilan egalladi, ammo Baqtriya, Parfiya, So’g’d yerlarida u qattiq qarshilikga uchradi va og’ir janglar olib borishga to’g’ri keldi. Malum bir vaqt o’tgach taxminan mill. avv, III asr o’rtalarida Baqtriya Salavkiylar saltanati tarkibidan ajralib chiqishga muvaffaq bo’ladi.
Markaziy Osiyo janubiy viloyatlarni Salavkiylar tomonidan bosib olinishi millodan avvalgi 306-yilga to’g’ri keladi. Bu davrda qishloq ho’jaligi, hunarmandchilik, savdo-sotiq ancha rivojlangan.Bu hududlarda 75 ta shahar qurilgan. Antiox davrida Baqtriya hayotida dastlabki tangalar oltin , kumush, mis drham va tetradrhamlar (pul birligi) zarb qilingan. Ellinlashtirish jarayoni boshlanadi. Ellinlashtirish – Sharqga yunon madaniyatining yoyilishi jarayoni, aralash madaniyatining – yunon va mahalliy sharq madaniyatining tashkil topish jarayonidir. Markaziy Osiyodagi viloyatlar Salavkiylar davlati siyosiy tarixida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi.Salavka Iskandar davrida Spitamenning qizi Apamaga uylanadi. Qarindoshchilikni hisobga olibmi, yoki boshqa maqsadni nazarda tutibmi, Salavka millodan avvalgi 293-yilda o’g’li Antiox I ni Parfiya, Marg’iyona, So’g’diyona, Baqtriya ya’ni Sharqga, Markaziy Osiyo yerlariga hokim etib tayinlaydi. Bu viloyatlar Salavka davlati iqtisodiyotida katta o’rin tutar edi.Xorazm Salavkiylarga bo’ysunmagan.Iskandar davrida ham Xorazm o’z mustaqilligiga ega bo’lgan.Antiox Spitamenning qizi Apamadan tug’ilgan edi.Salavkaning to’ng’ich o’gli ham bo’lgan. Salavk va Antiox O’rta Osiyoda o’z pozitsiyalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratgan. Yunon muarrixlari Salavka I va Antioxlar O’rta Osiyoga juda katta e’tibor berganliklarini yozadilar. Ko’plab qal’a va shaharlar barpo etilgan va ular asosan greklar bilan to’la bo’lgan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Salavka 75 ta shahar qurdirgan.Eng olis shaharlardan biri Yaksart ortida joylashgan Antioxiya shahri bo’lgan.Taxminlarga ko’ra, mazkur shahar hozirgi Toshkent viloyati hududida, yoki Fag’ona vodiysida joylashgan.Eramizdan avvalgi III asrning 60-yillariga qadar Baqtriyada Salavkiylarning zarbxonasi saqlanib qolgan. Bu zarbxonada oltin va kumush tangalar zarb etilgan. Baqtriya, So’g’duyona va O’rta Osiyodagi boshqa viloyatlarning iqtisodiy hayoti Salavkiylar davlatining g’arbiy viloyatlaridan ancha farq qiladi. Salavka xalqaro savdo-sotiq ishlarini rivojlantirish masalasiga ham katta e’tibor beradi.Ana maqsadda u Kaspiy bilan Qora denizni bog’lab Amudaryo orqali ‹‹Tosh minora›› ga yo’l ochishga qaror qiladi.( Beruniy fikricha ‹‹Tosh minora›› yoki ‹‹Tosh shahar›› bu Toshkentdir.)Strabon bergan malumotlarga qaraganda Antiox Marg’iyonada o’z nomiga qurdirgan shahar − Antioxiyaning ko’chmanchilarning tinimsiz xujumidan himoya qilish maqsadida Murg’op voxasi atrofini 250 km devor bilan o’rab olgan. Ammo ko’chmanchilarning hujumlari bu bilan to’xtamagan. Ular u yoki bu shahar devorlar ustida yoki ekinzor, dalalr hamda voha bog’larida kutilmaganda paydo bo’lar va yana tezda ko’zdan g’oyib bo’lar edilar. Ana shunday og’ir bir vaziyatda Salavka I Hindistonga qarshi urush boshlaydi.Bu urush uning mag’lubiyati bilan yakunlanadi.Natijada Salavkiylarning O’rta Osiyodagi obro’siga putur yetadi, ularga qarshi qo’zg’olonlar boshlanadi.Salavkiylar og’ir axvolga tushib qoladilar.Antiox mahalliy aslzodalarga bir qadar yon bosib, og’ir vaziyatning oldini oladi.U Baqtriyada Sharqiy viloyatlar uchun davlatning o’z pullarini zarb etishga kirishadi.Antiox nomi bilan Baqtriyada pul zarb etilishi uning mustahkam davlat siyosatini olib borayotganligini ko’rsatar edi.Miloddan avvalgi 280-yilda Salavka I vafot etadi.Salavkiylar davlatiga Antiox I bosh bo’ladi.Ana shu davrdan boshlab sharqiy viloyatlar Antiox I faoliyatidan chetda qoladi.Chunki g’arbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning qo’shini bilan birga bo’lishini taqozo etar edi.
Strabon bergan malumotlarga qaraganda Antiox Marg’iyonada o’z nomiga qurdirgan shahar − Antioxiyaning ko’chmanchilarning tinimsiz xujumidan himoya qilish maqsadida Murg’op voxasi atrofini 250 km devor bilan o’rab olgan. Ammo ko’chmanchilarning hujumlari bu bilan to’xtamagan. Ular u yoki bu shahar devorlar ustida yoki ekinzor, dalalr hamda voha bog’larida kutilmaganda paydo bo’lar va yana tezda ko’zdan g’oyib bo’lar edilar. Ana shunday og’ir bir vaziyatda Salavka I Hindistonga qarshi urush boshlaydi.Bu urush uning mag’lubiyati bilan yakunlanadi.Natijada Salavkiylarning O’rta Osiyodagi obro’siga putur yetadi, ularga qarshi qo’zg’olonlar boshlanadi.Salavkiylar og’ir axvolga tushib qoladilar.Antiox mahalliy aslzodalarga bir qadar yon bosib, og’ir vaziyatning oldini oladi.U Baqtriyada Sharqiy viloyatlar uchun davlatning o’z pullarini zarb etishga kirishadi.Antiox nomi bilan Baqtriyada pul zarb etilishi uning mustahkam davlat siyosatini olib borayotganligini ko’rsatar edi.Miloddan avvalgi 280-yilda Salavka I vafot etadi.Salavkiylar davlatiga Antiox I bosh bo’ladi.Ana shu davrdan boshlab sharqiy viloyatlar Antiox I faoliyatidan chetda qoladi.Chunki g’arbiy viloyatlardagi harbiy vaziyat uning qo’shini bilan birga bo’lishini taqozo etar edi.
Ayni paytda g’arbiy viloyatlarda ham vaziyat ko’ngildagidek emas edi.Xullas, Salavka I vafotidan so’ng davlatning zaminiga putur yetadi.Sharqiy viloyatlar oltin, fil lazuritlar bilan doim jarima to’lab tursalar-da, ularning mustaqillikka intilayotganliklari sezilib turardi. Bu jarayon, xususan, miladdan avvalgi III asr o’rtalariga kelganda ko’zga yaqqol tashlana boshladi.
Bu davrda Baqtrita va Sug’diyonada aholi daxqonchilik bilan shug’ullanardi. Shaharlarning o’sishi, hunarmandchilik va suv xo’jaligining taraqqiyotiga ta’sir etgan. O’rta osiyoning Salavkiylar davlati tarkibida bo’lishi so’zsiz sur’atda Ellin madaniyati ta’sirining o’lka xalqlari orasida tarqalishiga sabab bo’lgan omildir.
Miloddan avvalgi III asrning o’rtalarida Salavkiylar saltanati inqiroz sari yuzlandi.Sharqiy satrapliklar markaziy hokimiyatga bo’ysunishdan bosh tortib, mustaqil siyosat yurgizishga intildilar.
Miloddan avval taxminan 250-yillarda saklarning ko’chmanchi parnlar (dahlar) qabilasi Arshak boshchiligida Salavkiylar davlatidan ajralib chiqqan Parfiyona yoki Parfiya satrapiyasiga bostirib kirganlar va Parfiyani so’ngra qo’shni Go’rkaniya viloyatini ishg’ol etganlar. Parfiya milodiy 3-asrning 20-yillarigacha mavjud bo’lgan. Salavka II o’z hokimiyatini qayta tiklash maqsadida olib borgan bir necha muvaffaqiyatsiz urunishlar miloddan avval 230-227-yillardan so’ng Parfiyada Arshakiylar hukmronligini tan olishga majbur bo’lgan.Salavkiylar podshohi Antiox III Parfiyani 209-yilda bosib oladi.Biroq salavkiylar davlatining zaiflashgandan foydalanib, Parfiya tezda o’z mustaqilligini tiklab olgan.
Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o’rtalarida Baqtriya, So’g’diyona va Parfiya ajralib chiqdilar, Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo’ldi, Qora va Kaspiy dengizlari oralig’ida Armaniston davlati, Midiyaning Shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylardan ajralib chiqib, Midiya Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari vujudga keldi (Yunon-Baqtriya er. avv. 130 yillargacha, Parfiya davlati esa eramizning 227 yiligacha mavjud bo’ldi.). Antiox III bu davlatlarni bo’ysundirish uchun er. avv. 212-205-yillarda sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo’ysundirildi, Yunon-Baqtriya uning shaharlarini ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo’shinlari Hindikush tog’laridan o’tib Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga ega bo’ldi.
Antiox I davridan keyin er. avv. III asr o’rtalarida Baqtriya, So’g’diyona va Parfiya ajralib chiqdilar, Vifiniya, Paflagoniya, Kappadokiya va Galatiya kabi davlatlar paydo bo’ldi, Qora va Kaspiy dengizlari oralig’ida Armaniston davlati, Midiyaning Shimoliy qismida satrap Atropat Salavkiylardan ajralib chiqib, Midiya Atropatenasini tashkil qildi. Natijada Yunon-Baqtriya va Parfiya podsholiklari vujudga keldi (Yunon-Baqtriya er. avv. 130 yillargacha, Parfiya davlati esa eramizning 227 yiligacha mavjud bo’ldi.). Antiox III bu davlatlarni bo’ysundirish uchun er. avv. 212-205-yillarda sharqqa yurish qildi. Yurish davomida xarajatlarni qoplash uchun Antiox III Ekbatanadagi Anaxita ibodatxonasini taladi. Yurish natijasida Parfiya qayta bo’ysundirildi, Yunon-Baqtriya uning shaharlarini ikki yil natijasiz qamal qilish bilan rasman Salavkiylar hokimiyatini tan oldi. Antiox qo’shinlari Hindikush tog’laridan o’tib Hindiston yerlariga bostirib kirdi va mahalliy hokim bilan shartnoma tuzilib Antiox Hind jangovar fillariga ega bo’ldi.
Antioxning bu yurishi salavkiylar davlatining yemirilishini vaqtincha to’xtatdi. U markaziy hokimiyatni mustahkamladi. Kichik Osiyoning katta qismi bosib olindi va Kelesiriyani Misrdan batamom tortib oldi. Kuchayib ketgan Salavkiylar davlati Pergam va Rodosni xavfsizligiga jiddiy xavf sola boshladi. Pergam va Rodos Antiox III dan shikoyat qilib, Rimdan yordam so’radi. Rim ham Antiox III saroyiga mashhur Karfagen qo’mondoni Gannibalni maslahatchi bo’lib turganidan norozi edi. Er. avv. II asr boshlarida Salavkiylar bilan Rim respublikasi o’rtasida Yunoniston uchun raqobat boshlandi. Er. avv. 189-yilda Rim bilan bo’lgan urushda Antiox III qo’shinlari yengildi. Mamlakat hududlarida norozilik Salavkiylarning zulmiga qarshi qo’zg’olon va isyonlar boshlanib ketdi. Yunon-Baqtriya va Parfiya o’z mustaqilliklarini qayta tikladilar va Parfiya g’arbga tomon yurish qilib Salavkiylar hududlarini bosib ola boshladi. Midiyada satrap Timarxning isyon ko’tarishi bu viloyatni parfiyaliklar tomonidan bosib olinishiga yordam berdi. Bundan tashqari parfiyaliklar fors va Elamni egalladilar.
Antiox III ning o’g’illaridan biri Antiox IV (Er. avv. 175-yilda) shijoatli hukmdor bo’lib, davlat hokimiyatini bir qadar mustahkamlashga erishdi. Uning boshqaruvi davrida mamlakatda podsho san’at va madaniyatga homiylik qildi. Shuhratparast Antiox IV Salavkiylar davlatining o’tmishdagi kuch-qudratini tiklashga urindi. Mamlakat ichida bir qadar ijtimoiy siyosiy barqarorlikni vujudga keltirib, uning hududini kengaytirishga harakat qildi. Antiox IV Misrni bosib olish uchun kuchli qo’shin bilan yurish boshladi. Yo’lda uni Rimning Misrdagi elchisi Gay Popiliy Lena to’xtatadi.Aytishlaricha Salavkiylardan ko’ra qudratli bo’lgan Rim elchisi Antiox IV o’tirgan joyni atrofida doira chizib, Rimning talabi bajarilmaguncha (Misrga yurishni to’xtatish) Antiox IVni doira ichidan chiqib ketishini taqiqladi. Natijada rimliklarning tazyiqi ostida Misr yurishi to’xtatiladi.
XULOSA
Xulosa shuki, Parfiya, Yunon-Baqtriya, Salavkiylar davlatlari tariximizning muhim bosqichlaridan biridir. Bu davrda o’lkammiz xalqlarining davlatchilik, xalq xo’jaligining barcha sohalarida erishgan yutuq va muvaffaqiyatlari moddiy va manaviy ildizlarimizning buyukligi va qudratidan dalolat beradi.



Download 28,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish