.O‘z vaqtida Laue kashfiyoti Rentgen nurlarining korpuskulyar tabiatli emas, balki to‘lqin tabiatli ekanligining aniq isboti sifatida qaralgan edi. Hozir biz bilamizki, difraksiya hodisalari korpuskulalarda ham yuz beradi. Debay-Sherrer taklif etgan usulda monoxromatik rentgen nurlari poroshok holidagi kristallga tashlanadi. Monokristallar xaotik ravishda oriyentatsiyalanganligi uchun har doim shunday oriyentrlangan kristall panjaralar topiladiki, shu yo‘nalishlardan qaytgan rentgen nurlari fotoplyonkada ma’lum tartib bilan joylashgan egri chiziqlarni hosil qiladi. Bu vaqtda qaytgan nurlar rus fizigi Vulf va angliyalik ota-bola Bregglar (1913 yil) tomonidan kashf qilingan shartni qanoatlantiruvchi burchaklarda difraksion manzara hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |