1962 yilni rentgen astronomiyasi to‘g‘ilgan yil, deb hisoblash mumkin. Yadro nurlanishlari detektorlari dastavval raketalarda, keyin esa sun’iy yo‘ldoshlarda kosmosga ko‘tariladi. Quyosh va yulduzlarning yer atmosferasidan o‘ta olmaydigan rentgen nurlanishi o‘rganildi. Ko‘p kosmik obektlar – rentgen nurlarini nurlantirgichlar kashf qilindi. Lekin rentgen pulsarlarining aniqlanishi bu sohadagi eng katta kashfiyot bo‘ldi. Olimlar bunday pulsarni ikki yulduzdan iborat sistema, deb tasavvur qiladilar, ularning biri neytron yulduzdir. Neytron yulduzning radiusi atigi 1030 km, massasi esa yulduzlar massasicha, binobarin, unda moddaning zichligi 10111015 g/sm3. Zichlik bunday bo‘lganida elektronlar yadrolarga «tiqilgan» va protonlar bilan birga neytronlar hosil qiladi. Ikkinchi yulduz, odatda, gazsimon yulduzdir. O‘zaro harakat jarayonida neytron yulduz o‘z yo‘ldoshining moddasini «tortib» oladi va uning sirtini, rentgen trubkasidagi anod singari, zarralar bombardimon qiladi. Mana shu sabab nurlanishni vujudga keltiradi. Bu nurlanish, sistema (juda katta tezlik bilan) aylanayotganligi va u bilan birga «rentgen projektori»ning gigant nuriga aylanganligi sababli, vaqt bo‘yicha pulslanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |