1895 yil noyabr oyi oqshomlaridan birida Rentgen laboratoriyada ishlayotib, ajoyib hodisani kuzatdi. Tajribalar o‘tkazish uchun u razryad trubkani oddiy yorug‘likni o‘tkazmaydigan qora qog‘ozga o‘radi. Xona qorong‘i edi, bu olimga trubkaga yaqin joyda yotgan bariy tuzi kristallari kuchsiz yorug‘lik chiqarayotganini payqashga imkon berdi. U trubkadagi kuchlanishni uzganda yorug‘lanish yo‘qoldi. Shundan keyin Rentgen bariy tuzi bilan qoplangan ekranni trubka yaqiniga o‘rnatdi. Ekran yorug‘landi. Olim trubka bilan ekran orasiga turli buyumlarni joylashtira boshladi. Karton, qog‘oz ebonit plastinka yorug‘lanish ravshanligiga ta’sir ko‘rsatmadi. Metall buyumlar ekranga soya tushirdi. Trubkaning moddadan o‘tib ketuvchi noma’lum nurlar manbai ekanligi ravshan bo‘ldi. Bu nurlarni Rentgenning o‘zi «X-nurlar» deb atadi, biz esa ularni Rentgen nurlari deymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |