Birlamchi kalit ustun – ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni tartiblaydi hamda ushbu ustun orqali boshqa jadvallarni ulanish imkoniyati yaratadi.
Tashqi kalit ustun – ushbu ustun orqali boshqa jadvalarni birlamchi kalitli ustun bilan bog‘lanib ma’lumotlar guruxlanadi.
Jadvallar o`rtasidagi bog`lanish turlari
Jadvallar o`rtasidagi bog`lanish bo`ysunish munosabatini aniqlaydi. Bunda biri asosiy (Master),ikkinchisi bo`sinuvchi (Detal) bo`ladi.
O`rnatilgan bog`lanish “asosiy-bo`ysinuvchi” yoki “master-detal” deb ataladi.
Boglanishlarning quyidagi turlari mavjud:
“Birga - bir”;
“Birga – ko`p”;
“Ko`pga - bir”;
“Ko`pga – ko`p”;
Birga - bir bog`lanish
«Birga - bir» bog‘lanish asosiy jadvaldagi bitta ma’lumotga bo‘ysinuvchi jadvaldan bitta ma’lumotni tug‘ri kelishini anglatadi. Bunda:
Asosiy jadvaldagi har bir ma’lumot uchun bo‘ysinuvchi jadvalda ma’lumot mavjud;
Bo‘ysinuvchi jadvalda asosiy jadvaldagi ma’lumotlarga mos ma’lumot mavjud emas.
«Birga - bir» bog‘lanish asosan jadvallarni bo‘lishda ishlatiladi.
«Birga - bir» bog‘lanish oddiy bog‘lanish bo‘lib bunda birlamchi kalit boshqa bir jadvalni birlamchi kalitiga murojat qiladi.
Birga ko`p bog`lanish
«Birga-ko‘p» bog‘lanishda asosiy jadvaldagi bitta ma’lumotga bo‘ysinuvchi jadvaldan bir qancha ma’lumot to‘g‘ri kelishi mumkin. Bo‘ysinuvchi jadvaldagi bunday ma’lumotlarni tanlash – filtratsiya deb yuritiladi.
Bunday bog‘lanish «tashqi kalit – birlamchi kalit» juftligi bilan amalga oshiriladi.
Misol tariqasida kutubxonani keltirish mumkin:
Asosiy jadvalda o‘quvchini ma’lumotlari saqlanadi;
Bo‘ysinuvchi jadvalda olgan kitoblari haqida ma’lumot saqlanadi.
Ko`pga bir bog`lanish
«Birga-ko‘p» va «Ko‘pga-bir» bog‘lanishalari faqat yo‘nalishi bilan farq qiladi.
Agar «Ko‘pga-bir» bog‘lanishida asosiy jadval tomondan emas bo‘ysinuvchi jadval tomondan qarasak u holda «Birga-ko‘p» bog‘lanishga aylanadi.
Ko`pga ko`p bog`lanish
«Ko‘pga-ko‘p» bog‘lanishida bir vaqtni o‘zida asosiy va bo‘ysinuvchi jadvallarda ko‘p ma’lumotlar bir-biriga mos keladi.
Masalan, institutda darslar jadvalini loyixalashda auditoriya raqamlari va o‘quv guruxlari haqida ma’lumotlar saqlovchi jadvallar o‘rtasida bog‘lanish o‘rnatiladi
Bog‘lanish maydonini o‘zgartirish bog‘lanishni buzilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun asosiy va bo‘ysinuvchi jadvallarda mos o‘zgartirishlar qilish kerak.
Asosiy jadvaldan ma’lumotlarni o‘chirganda bo‘ysinuvchi jadvaldan ham unga mos ma’lumotlarni o‘chirish kerak (kaskad).
Bo‘ysinuvchi jadvalga ma’lumot qo‘shganda bog‘lanish maydoni qiymati asosiy jadval bog‘lanish maydoni qiymati bilan bir xil bo‘ladi