Fazalar qoidasi haqida ma’lumot.
Muvozanat holatdagi qotishmalarni erkinlik darajasi bilan komponentlar, fazalar va o‘zgaruvchan tashqi omillar (temperatura, bosim) ning bog‘liqligi quyidagicha ifodalanadi: С = К - F + O‘t, bu yerda, К – komponentlar soni, F – fazalar soni,
O‘t ozgaruvchan tashqi omillar
Temir-uglerod qotishmasining holat diagrammasi.
Amalda foydalaniladigan Fe-C li qotishmalarida uglerodning miqdori 4,55% dan ortmaydi. Shu boisdan Fe-Fe3C li qotishmalarining holat diagrammasi organiladi. Bu diagrammani tuzishda yuqorida Pb-Sb qotishmasining holat diagrammasini tuzilganidek, termik analiz materiallariga asoslanib tuziladi. Bunda koordinatalar tizimining ordinata oqiga Fe, Fe3C∗ larnini va qotishmalarning temperaturasi,
abssissa o‘qi bo‘ylab qotishmadagi uglerodning miqdorini qo‘yib chiqiladi. Keyin esa ularning kristallana boshlanish va tugash kritik temperaturalari aniqlanib
(sovitish egri chiziqlaridan) abssissa o‘qida ularni tegishli uglerod konsentratsiyali joyiga otkazib, kristallana boshlanish va tugash temperaturalarini korsatuvchi nuqtalarni ozaro tutashtirilganda holat diagramma hosil boladi. Diagrammani chap tomonidagi ordinata chizigidagi A nuqta temirning suyuqlanish temperaturasini, N va G nuqtalar esa uning allotropik shakl ozgarish temperaturasini va ong tomondagi vertikal chiziqdagi D nuqta temir karbidining suyuqlanish temperaturasini korsatadi. Agar abssissa oqidagi 2,14% uglerodni korsatuvchi nuqtadan vertikal chiziq o‘tkazib, diagrammani ikki qismga
ajratsak, chap qismi po‘latlarga, o‘ng qismi esa cho‘yanlarga taalluqli bo‘ladi.
∗ Fe3C*suyuqlanish temperaturasi 1250oC bo‘ladi. Po‘latlarga taalluqli qismini po‘latlar tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra evtektoid (C=0,8%), evtektoidgacha (C<0,8%) va evgektoiddan keyingi polatlarga (0,8
choyanlarni ham tarkibidagi uglerod miqdoriga kora evtektikali (C=4,3%), evtektikagacha (2,144,3%) choyanlarga ajratiladi. Diagrammani ABCD chizigi kristallana boshlanish chizigi
bolib, undan yuqorida qotishma suyuq eritma holatda boladi (bu chiziq likvidus chizigi deb ataladi). AHjECF chizigi qotishma kristallanishining tugash chizigi bolib, undan pastda esa qotishma qattiq eritma holatda boladi (bu chiziq solidus chizigi deyiladi). Qotishma ABCD va AHjECF chiziqlar orasida suyuq hamda qattiq holatda boladi. AHN chiziq yuqori temperaturali ferrit oblastini bildiradi. Qotishmalarni suyuq eritma holatidan asta-sekin uy temperaturasigacha sovitilganda faza (struktura) ozgarishlarini holat diagrammadan har bir qotishma uchun temperaturasiga qarab kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |