1.Mexanik aralashma. Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari birlamchi kristal-lanish jarayonida bir-biriga tortilmay, balki qochsa, bunday qotishmaga kiruvchi har bir element atomlari kristallanishida mustaqil kristallar hosil qiladi va ularning donachalari ayrim-ayrim mexanik aralash-mani beradi.
2.Qattiq eritma. Agar qotishma tarkibiga kiruvchi elementlarning atomlari bir-birida tola yoki cheklangan holda erisa bunday qotishmalarga qattiq eritmalar deyiladi. Bu xususiyat qattiq holatda ham saqlanadi.
3.Kimyoviy birikma. Birlamchi kristallanish jarayonida elementlarning ozaro kimyoviy reaksiyaga kirishuvi natijasida hosil bolgan birikmalarga kimyoviy birikma deyiladi. Bu birikmalar kristall panjaralari ularnikidan ozgacha boladi.
Qotishmalarning holat diagrammalari va ularning tuzulishi.
Qotishmalar tarkibidagi element (komponent) larining xili konsentratsiyasi va temperaturasi ozgarganda fazalarining qanday holatda bolishini korsatuvchi diagramma shu qotishmaning holat diagrammasi deyiladi. Qotishmalarning holat diagrammasi uning ayni sharoitda eng kichik erkin energiyali barqaror fazalar holatini korsatgani uchun bu diagramma qotishmaning muvozanat diagrammasi deb ham ataladi. Demak, qotishmalarning holat diagrammasidan kristallanish davrida fazalarning hamda ularga kora xossalarining ozgarishi kuzatiladi. Shuning uchun qotishmalarning holat diagrammalarining amaliy
ahamiyati goyat katta. Malumki, qotishmalar tarkibiga kiruvchi komponentlar
ortishi bilan holat diagrammalarining tuzilishi murakkablashadi. Eng oddiy holat diagrammalari ikki komponentli qotishmalarga xos bolgani uchun shu qotishmalarning holat diagrammasini korib chiqish bilan kifoyalanamiz.
Amalda aniq qotishmalarning holat diagrammasini tuzish uchun komponentlarini va aniq tarkibli qotishmalarini olib, ularni otga chidamli materiallardan yasalgan idishga kiritib, pechda suyultirilib, asta-sekin sovitib boriladi. Bunda ularning kristallana boshlashi va tugashi temperaturalarining ozgarishi termo-elektrik pirometr, strukturasi esa maxsus metallografik mikroskop yordamida kuzatib, olingan materiallar asosida holat diagrammasi tuziladi. Masalan, Pb-Sb qotishmasining holat diagram-masini tuzish uchun avvalo Pb va Sb larni va turli konsentratsiyali qotishmalarini olib, ularning kritik temperaturalarini aniqlaymiz. Aniqlangan materiallar asosida har biri uchun sovitish egri chiziqlari chizilib, koordinatalar tizimining ordinata oqi boylab ularning kritik temperaturalarining,
abssissa oqi boylab konsentratsiyalarini qoyib, qotishmalarning kristallana boshlanish temperaturalarini va kristallanishning tugash temperaturalarini oz konsentratsiyalariga otkazib, ular ozaro tutashtirilsa, qotishmaning holat diagrammasi tuziladi. Shuni qayd etish joizki, qotishma tarkibiga kiruvchi
komponentlar suyuq holatda bir-birida tola erib, kristallanish jarayonida bir-biriga tortilmay, har biri mustaqil kristallar hosil qilsa, 19-rasm, a dagidek, agar suyuq ham, qattiq holatda ham bir-birida istalgan miqdorda erib kimyoviy birikma hosil qilmasa, 26-rasm, b dagidek, agar qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar suyuq holatda birbirida tola erib, qattiq holatda malum miqdordagina eriy olsa, bunday qotishmalar qattiq holatida komponentlari cheklangan miqdorda eriydigan qotishmalar. 19-rasm, d dagidek, agar qotishma tarkibiga kiruvchi komponentlar suyuq holatda bir-birida erib, qattiq holatda barqaror kimyoviy birikma hosil qilsa, ularni AnVm tipidagi oddiy formula bilan ifodalash mumkin. Qotishmalarning xarakterli holat diagrammalari va xossalarining ozgarishi:
a mexanik aralashma; b eruvchanligi cheklanmagan qattiq eritma; d eruvchanligi cheklangan qattiq eritma; e kimyoviy eritma.
Do'stlaringiz bilan baham: |