2. IKKINCHI QONUNNING ASOSIY VAZIFASI
Termodinamikani ikkinchi qonunining asosiy vazifasi jarayonning yo’nalish va borish chegarasini oldindan nazariy ya‘ni tajriba o’tkazmasdan aytib berishdan iboratdir.
Agar biror jarayonning tashqi belgilariga qarab, u qaysi jarayonga mansubligi aniqlansa, termodinamikaning ikkinchi qonunidan foydalanib, jarayonning qaysi tomonga yo’nalishini oldindan aytish mumkin. Buni aniqlashdа termodinamik funksiyalar deb atalgan kattaliklar – Gelmgols funksiyasi, Gibbs funksiyasi, kimyoviy potensial qiymatlarining o’zgarishidan foydalaniladi. Bu funksiyalarning o’zgarishi kimyoviy muvozanatning qanday sharoitda qaror topishini ko’rsatadi, ya‘ni muvozanatning termodinamikaviy shartlarini aniqlab beradi. Shunga ko’ra, termodinamikaning ikkinchi qonuni asosan, yuqorida nomlari keltirilgan funksiyalarning turli jarayonlardagi o’zgarishini o’rganadi. Shunga ko’ra, termodinamikaviy jarayonlarning ba‘zi xillari bilan quyida tanishtirilib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |