Reja: Qonun chiqaruvchi hokimiyat
Davlat hokimiyatining tuzilishi.
Reja:
1.Qonun chiqaruvchi hokimiyat
2. Ijro etuvchi hokimiyat
3.Sud hokimiyati
4. Oliy Majlis faoliyati
Kirish
Davlat apparati bir-biri bilan o’zaro boqliq bo’lgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining yiqindisidir.
Davlat apparati quyidagi belgilari bilan boshqa tashkilotlardan ajralib turadi:
Davlat apparati boshqarish bilan shuqullanuvchi alohida fuqarolar guruhidir;
Davlat apparati davlat funkciyalarini bajarishga vakolatli bo’lgan va o’zaro bo’ysunish yoki kelishib olishi asosida boqlangan davlat organlari va muassasalari tizimidir;
Davlat apparati xalq irodasini amalga oshirish, o’z vazifasini bajarishi uchun zarur vositalar va qurollarga ega bo’lgan organlardir.
O’zbekiston davlat apparati respublika iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotini boshqaruvchi turli davlat organlaridan iborat bo’lib, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar:
birinchidan, davlat apparati organlari xalq manfaati uchun xizmat qiladi, uning irodasini ifoda etadi;
ikkinchidan, davlat hokimiyatning barcha organlari davlat nomidan harakat qilib, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshiradi;
uchinchidan, davlat hokimiyati organlari o’z vazifasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan berilgan tegishli vakolatga, huquq va burchlarga ega;
to’rtinchidan, davlat organlari qabul qilgan huquqiy aktlar barcha O’zbekiston fuqarolari uchun majburiydir;
beshinchidan, davlat organlari ma`lum davlat tomonidan o’rnatilgan tartibda tuziladilar;
oltinchidan, davlat organlari ma`lum bir miqdorda o’z ixtiyoridagi moddiy resurslar va har xil muassasalar, tashkilotlar orqali o’z oldida turgan vazifalarini amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi. Hokimiyatning uchala tarmoqi, faqat ular va albatta ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar. Boshqa bironta organ hokimiyatga da`vogarlik qilolmaydi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o’zgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to’xtatib qo’yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo’ladi» deb ko’rsatilgan (7-modda).
Qonun chiqaruvchi hokimiyat
Qonun chiqaruvchi hokimiyatni - Oliy Majlis amalga oshiradi.
Ijro etuvchi hokimiyatni - Vazirlar Maxkamasi, vazirliklar, davlat qo’mitalari, mahalliy hokimiyat organlari amalga oshiradi.
Sud hokimiyatni - barcha sud organlari amalga oshiradi.
Hozirgi zamon parlamentlari o’zlarining tuzilishlari, vakolatlarining hajmi, ijtimoiy tarkibi, mamlakatlar siyosiy tizimida tutgan o’rni, mavqei bilan bir-birlaridan ajralib turadilar. Ular hatto nomlanishi, deputatlarning soni bilan ham farq qiladilar, Masalan: AQh 535 deputatdan iborat Kongress, Turkiya 550 nafar deputatdan iborat Buyuk Millat Majlisi, hveciyada 349 deputatdan iborat Riksdag, Misrda 454 deputatli Xalq Majlisini misol qilib ko’rsatish mumkin. Ko’rinib turibdi-ki, dunyodagi parlamentlar rang-barang, ammo ular o’z mamlakatlarida muhim ijtimoiy vazifa - qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradilar.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy-huquqiy amaliyotida ilk bor parlament instituti taraqqiy etgan mamlakatlarning boy tajribasidan unumli foydalanib, respublika konstitusiyaviy tuzumida xalq hokimiyatchiligi, hokimiyatlarning bo’linish principlariga asoslangan davlat organlarining tizimi shakllantirilmoqda.
«O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’qrisida»gi 1994 yil 22 sentyabrdagi Konstitutsiyaviy qonun Oliy Majlis faoliyati mazmunini yanada rivojlantirib, Oliy Majlis o’z vakolatiga berilgan har qanday masalani o’z muhokamasiga qabul qilish huquqiga ega ekanligini qayd etdi. Oliy Majlis o’z faoliyatida hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish principiga asoslanib, u davlatning boshqa idoralari bilan hamkorlik qilish bilan birga qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oliy Majlisga saylanish huquqiga saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan fuqarolar ega bo’lishi mumkin degan qoida belgilab qo’yilgan. AQh Konstitutsiyasida 25 yoshga to’lmagan shaxs Kongressning vakillari palatasi a`zo bo’lishi mumkin emas, deb ta`kidlanadi. Yaponiya parlamentining vakillari palatasiga 25 yoshga to’lgan, maslahatchilar palatasiga esa 30 yoshga to’lgan fuqarolar passiv saylov huquqidan foydalana olishlari mumkin.
Oliy Majlis deputatligiga nomzodlarga qo’yiladigan talablar tushunchasiga «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’qrisida» gi qonunda aniqlik kiritilgan.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va uning organlari yiqilishida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, Bosh Vazir va Vazirlar Mahkamasining a`zolari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Oliy Xujalik sudining raislari, Bosh prokuror, Markaziy banki boshqaruvining raisi ishtirok etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasining Prezidenti, shuningdek o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali Qoraqalpoqiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari, Respublika Konstitutsiyaviy sudi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy sudi, Oliy Xo’jalik sudi, Bosh prokuror egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-yanvardagi «Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas'uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5644-son Farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda ular rahbarlari faoliyatini aniq ko‘rsatkichlarga erishish samaradorligiga asoslangan baholashning asosiy mezonlari (keyingi o‘rinlarda - baholash mezonlari deb ataladi), xususan:
vazirliklar va davlat qo‘mitalari bo‘yicha №№ 1-1.21 va 2-2.10 ilovalarga;
davlat inspeksiyalari va agentliklar bo‘yicha №№ 3-3.10 va 4-4.8 ilovalarga;
qo‘mitalar, markazlar va markaziy muassasalar bo‘yicha №№ 5-5.3, 6-6.4 va 7-7.4 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Baholash mezonlari ijro etuvchi hokimiyat organlari oldiga qo‘yilgan, eng avvalo:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 28-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga murojaatnomasidan;
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturidan;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarga tashrifi mobaynida berilgan topshiriqlardan;
qabul qilingan me'yoriy-huquqiy xujjatlardan kelib chiqadigan muhim va ustuvor vazifalarni amalga oshirishga qaratilganligi belgilansin.
3. Quyidagi tartib belgilansin:
ijro etuvchi hokimiyat organlari har yil yanvar oyining 10-sanasigacha mazkur qarorning 2-bandi talablaridan kelib chiqqan holda, o‘z faoliyatining baholash mezonlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi organlari tomonidan taqdim etilgan baholash mezonlarini iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va boshqa sohalarni strategik rivojlantirishning yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini amalga oshirilishi natijadorligi jihatidan tanqidiy ko‘rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining baholash mezonini tasdiqlash vakolati beriladi va tegishli me'yoriy xujjat bilan har yilning 20-fevraligacha tasdiqlanadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi organlarning baholash mezoni yuzasidan tizimli monitoring va nazorat, jumladan Parlament nazorati o‘rnatish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi:
vazifalarni amalga oshirilishi yuzasidan choraklik Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ko‘rib chiqish;
Oliy Majlis palatalarida ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining va ular tomonidan maqsadli vazifalarga erishishda amalga oshirilgan choralar bo‘yicha doimiy hisobotlarni eshitish amaliyotini joriy etish yuzasidan takliflariga rozilik berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi qonuniga va boshqa me'yoriy xuquqiy xujjatlarga muvofiq mazkur band ijrosini ta'minlash choralarini ko‘rish tavsiya etilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
ijro etuvchi organlarning baholash mezoni yuzasidan monitoring natijalarini chuqur tahlili asosidagi choraklik ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasiga kiritib borishni;
ijro etuvchi organlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish grafigini bir haftalik muddatda tasdiqlashni ta'minlasin.
6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M.Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatimiz taraqqiyoti, jamiyatimizning rivoji hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda, jamiyatda qonuniylik va sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasida sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga bo‘ysunishlari, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi kabi muhim normalar mustahkamlab qo‘yilgan.
Ta’kidlash joizki, sudyalarning mustaqil va faqat qonunga bo‘ysungan holda ish yuritishlarining konstitutsiya darajasida kafolatlanishini asosiy sabablaridan biri - sud hokimiyatiga boshqa hech qaysi organ vakolatiga taalluqli bo‘lmagan huquq - odil sudlovni amalga oshirish huquqi berilganligi bilan izohlanadi. Zero, mamlakatimiz hayotida, fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini to‘liq ta’minlanishiga erishishda odil sudlovning ahamiyati beqiyosdir. Odil sudlov jamiyat hayotida, jamiyat a’zolarini huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirishda, insonlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda odil sudlov har qaysi davrlarda ham ulug‘langanligini, qadrlanganligini hamda insonlar unga intilib yashaganliklarini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Xususan, rim faylasuflari “Pereat mundus et fiat justicia”, ya’ni “mayli dunyo barbod bo‘lsin, lekin odil sudlov qaror topsin” deb ta’kidlaganliklari bejiz emas (1). Rim faylasuf-larining mazkur mumtoz shiorlari bir qarashda mubolag‘adan iborat bo‘lsa-da, lekin ular odil sudlovga shu qadar yuqori baho beradilar.
Istiqlolning dastlabki yillarida Konstitutsiyada nazarda tutilgan sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan qator qonunlarimiz qabul qilindi. 1994 yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsessual kodeksi, Ma’muriy javob-garlik to‘g‘risidagi kodeks hamda 1997 yilda qabul qilingan Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslarini, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmon va qarorlari va Hukumat qarorlarini keltirish mumkin.
Biroq mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda edi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichni boshlanishini hayotiy zaruratga aylantirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2016 yilning 21 oktyabrida e’lon qilingan PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sudyalarning mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishiga doir konstitutsiyaviy normani amalda to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishiga zamin yaratdi. Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmon hamda ushbu Farmon bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlanti-rishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”da sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirishga oid qator chora-tadbirlar nazarda tutildi. Xususan, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi negizida sud hokimiyati organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, shu jumladan, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini o‘tkazish kabilar nazarda tutildi (2).
Sudlar mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlashda Harakatlar strategiyasida belgilanganidek, sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o‘n yillik muddatini va so‘ng muddatsiz davrining belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki sudya lavozimida bo‘lishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga yuklatilgan vazifani namu-nali va vijdonan bajarishni talab etishi bilan bir qatorda lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, o‘z vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik o‘n yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki tayinlanishi uchun rag‘batlantiruvchi qoida ham hisoblanadi.
Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini, ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy va Oliy sud sudyalari lavozimlarini – 70 yoshgacha belgilash sudyalarning mustaqil-ligini kafolatlash bilan bir qatorda mamlakatimizda professional sudyalar korpusini shakllantirishga, sud tizimini yetuk, yuqori malakali, odil sudlov sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, halol va benuqson obro‘-e’tiborli sudyalar bilan to‘ldirishga, ularning boy tajribalaridan keng foydalanishga hamda barqaror sudyalar maktabining yaratilishiga zamin yaratadi. Qolaversa, sud hokimiyatining boshqa hokimiyat organlari ta’siridan holi bo‘lishiga xizmat qiladi.
“Harakatlar strategiyasi”dagi sud hokimiyatining chinakam mustaqil-ligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbirlardan biri – sudyalar hamjamiyatining organi sifatida Sudyalar oliy kengashini tashkil qilish, kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish va unga sud hokimiyatinng mustaqilligini ta’minlashga doir bir qator vakolatlar berilishi nazarda tutilganidir. Joriy yilning 6 aprelida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunda ushbu tuzilmaning faoliyatiga oid masalalar to‘liq o‘z ifodasini topdi. Mazkur Kengash konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘ldi. Konstitutsiyaning 111-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respub-likasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashishi o‘z ifodasini topdi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, jamiyatda sud organlarining nufuzini oshirish, sudyalarning chinakam mustaqilligini va faqat qonunlarga asoslanib ish yuritishini ta’minlash mamlakatimiz Konstitu-tsyaisi va shu asosda qabul qilinayotgan qonunlar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini qurishdagi muhim shartlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |