Reja: Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyasi. Xonakilashtirish jarayonida


-rasm. Sut yo‘nalishidagi sigir tana qismlari



Download 266,41 Kb.
bet4/5
Sana14.12.2022
Hajmi266,41 Kb.
#885143
1   2   3   4   5
Bog'liq
Reja Qishloq xo`jalik hayvonlarni kelib chiqishi va evolutsiyas

1.1-rasm. Sut yo‘nalishidagi sigir tana qismlari.
1.-ensa; 2-peshona; 3-tumshuq; 4-pastki jag‘; 5-bo‘yin; 6-bo‘yin usti; 7-ko‘krak oldi; 8-to‘sh; 9-yag‘rin; 10-kurak; 11-yelka kurak bo‘g‘ini; 12-tirsak; 13-bilak; 14- bilakuzuk; 15-kaft; 16-tuyoq; 17-bel; 18-biqin; 19-paypastlab ko‘rish nuqtasi; 20-«sut qudug‘i»; 21-«Sut venasi»; 22-yelin; 23-yonbosh do‘ngliklari; 24-dumg‘oza; 25- o‘tirg‘ich do‘ngliklari; 26-son; 27-tizza; 28-sakrash bo‘g‘ini; 29-dum popigi; 30- boldir.
Shuningdek, tashqi tana tuzilishi hayvonning yoshiga; mustahkamligi va sog‘ligi; rivojlanganligi; zoti; muayyan xo‘jalikda oziqlantirish va saqlash usullari; tirik vazniga bog‘liq bo‘ladi. Hayvonlar tashqi tuzilishi faqat uning mahsuldorlik yo‘nalishini aniqlab berishi mumkin, lekin mahsulot miqdori va sifatini belgilab bera olmaydi. Hayvonlar tashqi tuzilishi hayvonlarni baholashda va tanlashda alohida o‘rin to‘tadi. Nasldor hayvonlar yaxshi rivojlangan, mustahkam va sog‘lom tanaga, ikkilamchi jinsiy belgilar bo‘rtib turishi, tanasining alohida qismlari mo‘tanosib bo‘lib mahsulot yo‘nalishiga mos bo‘lishi kerak. Hayvonlar ekstereri ularning yoshi, jinsi asosida alohida tana qismlarining rivojlanishiga qarab qo‘yidagi usullar yordamida aniqlanadi: ko‘z bilan chamalab, o‘lchash, tana indekslarini hisoblash, grafik va rasmga tushirish bilan o‘rganiladi. Ko‘z bilan chamalab baholashda tananing mo‘tanosibligi va alohida tana qismlarining rivojlanishi, umumiy ko‘rinishi aniqlanadi. Bu yo‘l bilan hayvonning o‘z mahsulot yo‘nalishiga mosligi va foydalanish imkoniyatlari belgilanadi. Ushbu usulning kamchiligi uning sub’yektivligida, ya’ni hayvonning barcha ijobiy va salbiy belgilarini aniq baholash imkoniyati yo‘q. Ko‘z bilan chamalab baholashda punktir yoki ball tizimi ancha aniq hisoblanadi. Sut va sut-go‘sht yo‘nalishidagi buqalarning 5 yoshgacha har yili, 1 va 3 laktatsiya yoshidagi sigirlarni laktatsiyasining 2-3 oylarida baholanadi. Agar hayvon hayoti davomida ekstereri bo‘yicha baholanmagan bo‘lsa, navbatdagi bonitirovka davomida baholanishi mumkin. Buqalarni ekstereri bo‘yicha 30 ballik, sigirlar 10 ballik shkala asosida baholanadi. Yosh qoramollar ham 10 ballik shkala bo‘yicha baholanadi. Tanani alohida qismlarga bo‘lib o‘rganish ko‘z bilan chamalab baholash samaradorligini oshiradi. Qoramol tanasi qo‘yidagi tana qismlariga bo‘linadi: boshi va bo‘yni, ko‘kragi, yag‘rin va beli, tananing o‘rta qismi, orqasi, yelin va so‘rg‘ichlar, oyoqlar. Shu qismlarning ijobiy ko‘rsatkichlari va nuqsonlarini jamlash natijasida ekstererga bus-butun baho berish mumkin. Qoramollarning ekstererini o‘rganishda ularning tana qismlarini o‘lchash bilan aniq ma’lumotlar olish mumkin. Asosiy o‘lchamlar: yag‘rin balandligi, bel balandligi, dumg‘oza balandligi, o‘tirg‘ich do‘ngliklari balandligi, ko‘krak kengligi, ko‘krak chuqurligi, tananing to‘g‘ri uzunligi, tananing qiya uzunligi, yonbosh suyaklari kengligi, ko‘krak va kaft aylanasi. Ushbu o‘lchamlar Lidtin tayog‘i, Vilkens sirkuli va o‘lchov lentasi yordamida olinadi. O‘lchamlarni to‘g‘ri olish ularning o‘lchash nuqtalarini aniq bilish va asbobdan oqilona foydalanishga bog‘liq. Hayvon to‘g‘ri, xolis, erkin tekis joyga qo‘yilib o‘lchanadi, uning asosida u yoki bu tana qismining rivojlanishi haqida fikr yuritiladi. Tana indekslarini hisoblash asosida uning xususiyatlarining yaqqol foizlarda ifodalanadi. Tana indeksi deb - bir yoki bir necha o‘lchamning boshqa 16 o‘lchamga nisbatini foizlarda ifodalanishiga aytiladi. Indeks ko‘rsatkichiga qarab har bir tana qismining rivojlanishiga xolis baho berishi mumkin. Qoramollarda 10 tana indekslari hisoblab chiqarildi. Grafik usulda hayvonlarning tana o‘lchamlari ko‘rsatkichlari bir-biriga solishtirib chizgida ifodalanadi. Ushbu usul ayrim hayvonlar, guruh, poda, yo‘nalish, qator, oila, zot hayvonlarning eksterer xususiyatlarini solishtirib ko‘rib xulosa chiqarish imkonini beradi. Rasmga tushurish asosida hayvonning tana tuzilishi xususiyatlarini xohlagan mahalda o‘rganish mumkin. Ayniqsa, buqalarni avlodlarining mahsuldorligi bo‘yicha baholashda yosh buqachalar katta miqdorda urug‘ olib muzlatilib o‘zlari go‘shtga topshirilib yuboriladi. Qizlarning mahsuldorligi hisoblangandan keyin buqa yaxshilovchi deb tan olinsa, sigirlarga juftlashda rasm asqotadi. Ekstererning o‘zgarishi hayvonning yoshiga, jinsiga, oziqlantirish va saqlash sharoitiga bog‘liq. Chirvinskiy-Maligonov qonuniyati-ma’lum davrda yetarli oziqlantirmaslik shu davrda jadal o‘sadigan a’zo va qismlarning rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Interer – hayvonlarni tanasining tuzilishi (ularning ichki morfofiziologik xususiyatlari). Tana tashqi tuzilishi va a’zo, to‘qimalar faoliyati bir biri bilan uzviy bog‘langandir, shu boisdan hayvonlarning interer farqi mahsuldorlik yo‘nalishini aks ettirib, ularning sog‘ligini belgilaydi. Bir zotga mansub (qora-ola) go‘shtdorlik tomonga og‘gan sigirlarning vazni 719 kg, oylik suti 304 kg bo‘lgani holda, sutdor tip sigirlarning vazni 664 kg oylik suti 571 kg ni tashkil qilib, qoni eritrotsitlar bilan ko‘proq to‘yingan (7,46 mln/mm³ I guruhda esa 6,75 mln/mm³) bo‘lgan. Sermahsul sigirlarda eritrotsitlar va gYemoglobin miqdorining kamligiga qaramasdan yurak urishi va nafas olishining tezligi ularda modda almashuvining yuqoriligidan dalolat beradi. L.V. Bogdanov tanada aylanayotgan qon miqdori bilan sut mahsuldorigini ijobiy korrelyativ bog‘lanish isbotlangan. Muhim interer ko‘rsatkichlardan yelindagi to‘qimalar nisbati hisoblanadi, sersut sigirlarda yelin 75-80% bez to‘qimalaridan, faqat 20-25% biriktiruvchi va yog‘ to‘qimalardan tashkil topadi. Sut yo‘nalishidagi sigirlar terisi yupqa bo‘lib, teri osti yog‘ qatlami kam bo‘ladi, bu ko‘rsatkich go‘sht yo‘nalishidagi qoramollarda qalin bo‘ladi. Ovqat hazm qilish a’zolarining hajmi va faoliyati sut yo‘nalishidagi qoramollarda yaxshiroq rivojlanganligi aniqlangan. Go‘shtning sifati uning morfologik, kimyoviy tarkibi va gistologik tuzilishiga bog‘liq. Muskul, yog‘, suyak va biriktiruvchi to‘qimalar nisbatiga qarab go‘shtning sifati belgilanadi. 17 Go‘sht tolalarining ingichkaligiga, ular orasida yog‘ pardalarining borligini gistologik usul bilan aniqlash go‘sht sifati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi. Chopqir otlarda, serjun qo‘ylarda, go‘shtdor cho‘chqalarda, sertuxum tovuqlarda qon oqsilining yuqoriligi, eritrotsitlar sonini ko‘pligi, qonning gYemoglobin bilan yaxshi tuyinganligi ularda modda almashuvining tez kechishidan dalolat beradi. Interer ko‘rsatkichlari hayvonlarni baholashda, mahsulot yo‘nalishini belgilashda, sog‘ligi sharoitga moslashuvini aniqlashda muhim o‘rin to‘tadi.


Download 266,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish