Reja: Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) turlari


Paporotniklar tartibi — Filicales



Download 22,03 Kb.
bet6/6
Sana29.04.2022
Hajmi22,03 Kb.
#592251
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Qirqquloqtoifa (Rolypodiophyta) turlari

Paporotniklar tartibi — Filicales
Filicales Pleropsidaning makrofilliya ro`y-rost ko`rinib turadigan tipik vakilidir. Ularning barglari yaxshi taraqqiy qilib, murakkab tuzilgan bo`ladi, poyasi birmuncha kalta bo`lib, bo`g`im oraliqlari uncha bilinmaydi. Sporangiylarida bir qavat devor bor, ko`pincha maxsus halqa ham bo`ladi. Gametofitlari yashil, plastinkasimon bo`lib, yer ustida o`sadi. Bu tartib ikkita kenja tartibga bo`linadi:
1) asl paporotniklar — Filices,
2) suv paporotniklari — Hydropterides.
Asl paporotniklar kenja tartibi — Filices
Bu kenja tartibga erkak paporotnik Dryopteris (Aspidium) filixrnas vakil bo`la oladi. Bu o`simlik murakkab tuzilgan serbar barg dastalari hosil qiladi, ular ildizpoya uchidan chiqadi.
Ildizpoya gorizontal holda yer yuzasiga yaqin o`sadi va qora-qo`ng`ir rangli katta, ammo yo`g`on yog`ochsimon poyadan iborat bo`ladi. Ildizpoyani o`tgan yillardan qolgan barg bandlarining asoslari zich qoplab turadi, shunga ko`ra, u yanada yo`g`on bo`lib qoladi. Dryopteris barglari har yili kuzda tushib ketadi, ulardan barg bandlarining yer osti qismigina qoladi. Har yili bahorda ildizpoyaning uchidagi o`sish nuqtasidan bir to`p yangi barglar chiqadi. Yerdan o`sib chiqqan yosh barglari xuddi shiliqqurtga o`xshab o`ralib turadi va jigar rang tangachasimon po`stlar bilan qalin qoplangan bo`ladi. Barg juda sekin o`sadi va uch yilda yer betiga chiqib, yetiladi. Yetilgan barg murakkab, qo`shpatsimon bo`lib, bo`yi 1 m ga yetadi. Ildizpoyadan bir talay ingichka ildizlar chiqadi. Dryopteris poyasining anatomik tuzilishi ancha murakkab. Poya asosan parenximatik to`qimalardan tuzilgan bo`lib, uning ichida suv naylari bog`lamlari bor. Poyaning ko`ndalang kesmasida suv naylari bog`lamlari to`garak bo`lib joy oladi va kontsentrik tipda tuzilgan bo`ladi, ya`ni bog`lamning markazini ksilema egallagan bo`lib, uni hamma tomondan floema o`rab turadi; floemadan keyin peritsikl, undan keyin endoderma keladi. Peritsikl bilan endoderma bir qavat hujayralardan tuzilgan bo`lib, bog`lamni asosiy parenximadan ajratib turadi. Suv naylari bog`lamlari poya bo`ylab borar ekan, doim bir-biri bilan birlashib, keyin yana ajralib boradi. Shunga ko`ra, tutash o`tkazuvchi sistema vujudga keladi, bu sistema rombsimon yirik-yirik ko`zli tsilindrik to`r ko`rinishida bo`ladi (diktiosteliya). To`rning har bir ko`zi qarshisida barg turadi, ko`znint chetlaridan esa barg bandiga mayda suv naylari bog`lamlari (barg izlari) o`tadi.
Download 22,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish