3. Turonzaminida VII asrgacha ilm-fan, madaniyat, tarbiya, pedagogik fikr.
Turkiy xalqlarining yozmа ma’rifiy yodgorliklari o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, ular yangi davr kishisini tarbiyalashda muhimdir.
Bular «Urxun-Enisey yodgorliklari», «Irq yozuvlari» kabilardir.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-runiy yozuvda bitilgan Urxun-Enisey bitiklari VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlar beradi.
Toshga o’yib yozilgan Urxun-Enisey yodgorliklari dastlab Enisey havzasida, so’ngra Mo’g’ilistonning Urxun daryosi bo’yida topilib, Daniyalik olim Vilgelm Tomson 1893 yilda bu yozuvni birinchi bo’lib o’qigan. Bu yozuvni o’rganish uchun bir qator olimlar O’zbekistondan Oybek, O. Sharofuddinov, N. Mallaev, A. Qayumov, A. Rahmonovlar tadqiqod ishlari olib borganlar.
Ma’lumki, VI asr o’rtalarida Oltoy, Ettisuv va Markaziy Osiyo hududlarida turk hoqonligi tashkil topdi. Bu hoqonlik g’arbda Vizantiya, janubda Eron, Hindiston, sharqda Xitoy bilan chegaradosh bo’lgan. Turk hoqonligi Turkyut hoqonligi davlati deb ham atalgan.
Turk hoqonligi asosan 3 kishi:
Bilga hoqon (Mo’g’ilyon) sarkarda Kul tegin va vazir Tunyukuklar qo’lida markazlashgan edi.
Bitik toshlarda turk hoqonlarining yurishlari, jasoratlari, ularning bilimli, mard, xalqparvar, alp yigitlar ekanligi bayon etiladi. O’z vatani mustaqilligi uchun kurash, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birligini ta’minlash hoqonlar Bo’min, Istami, Eltarash, Eltarishining o’g’illari Bilga hoqon, lashkarboshi Kul tegin, ma’naviy otalari Tunyukuklarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi.
Kul tegin bitigida u xalqparvar, tadbirkor, xalqning kelajagini o’ylaydigan jonko’yar sarkarda, o’z manfaatidan Vatan manfaatini yuqori qo’yuvchi shaxs sifatida ta’riflanadi. Kul tegin Eltarosh hoqonning kichik o’g’li u 731 yil 27 fevralda 47 yoshida vafot etadi. Bitiktosh 732 o’rnatilgan. Bu bitiktoshda barcha voqealar Kul teginning akasi Bilga hoqon tilidan hikoya qilinadi. Uning haqiqiy ismi Mug’ilyon bo’lgan. Bitigini muallifi Kul teginning jiyani yo’llug’ tegindir.
Kul tegin bitigida Bilga hoqonning og’a-inlariga, qarindosh-urug’lariga murojaati, ularning xatolari tufayli turk elida falokatlar sodir bo’lgani ifodalanadi.
Turklarning harbiy yurishlari, ularga qo’shni bo’lgan tabgachlarning bosqinchiligi tufayli xalq boshiga kulfatlar tushgani, ularning yolg’onchilik, firibgarlik qurboni bo’lganligi ta’kidlangan. «Oltin, kumush, ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabgach xalqi so’zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan. Shirin so’zi, ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo’shni bo’lgandan keyin yovuz ilmni u erda o’rgatar ekan».
Yaxshi dono kishini, yaxshi asl kishini yo’latmas ekan. Biror kishi adashsa, urug’i, xalqi, uyi, yoping’ichigacha qo’ymas ekan. Shirin, so’ziga, nafis ipagiga aldanib, ko’p turk xalqi, o’lding. Turk xalqining ayrimini u erda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan. Yiroq bo’lsa, yomon ipak beradi.Yaqin bo’lsa, yaxshi debo beradi,deb shu xilda pishiqlar ekan. Ilmsiz kishi u so’zga ishonib, unga yaqinlashib ko’p kishi o’ldi.
Kul tegin bitigida bilga hoqon eng muhim insoniy xislatlar, hayotiy zaruriyatlar haqida pand-nasihat bayon etadi. Turk xalqi birlashmagani, bir-biriga ishonmagani uchun, hiyla va firib qurboni bo’lib, tabgachlar ularni qul va cho’ri etgani, qashshoq, erksiz, mute bo’lganligini kuyunib so’zlaydi.
«Tangri yorlaqasin, baxtim bor uchun, nasibam bor uchun o’layotgan xalqni tiriltirib tarbiya qildim, yalong’och xalqni ko’p qildim. To’rt jihatdan xalqni butunlay el qildim, bir-biriga do’st qildim, butunlay menga qaradi. Mehnatni, kuchni beruvchi shunday hokimiyatni qozonib inim Kul tegin vafot etdi,»-deydi.
Ikkinchi bitik Bilga hoqon haqida.
Bilga hoqon Turk eli o’rtasida elparvar hoqon deb tanilgan edi. U Turk xalqining vatani bo’lishi uchun kurashdi. Xalqqa qarata shunday o’git qilar edi: Vatanni saqlab qolmoq faqat hoqonga emas, xalqqa ham bog’liq. Xalq hoqonning yo’l-yo’riqlarini amalga oshirmasa, boshiga ko’p kulfatlar tushadi. Hoqon uncha ishonuvchan bo’lmasligi, boshqalarning gapini o’ylab, mulohaza qilib amalga oshirishi lozim. Samimiy so’z bilan yolg’onni farqlay olish kerak.
U xalqqa shunday murojaat etadi: «Men yashadim, Turk beklari, Turk xalqim. Bu hoqoningdan, bu beklaringdan, eringdan, suvingdan ayrilmasang, Turk xalqi, o’zing ezgulik ko’rajaksan, betashvish bo’lajaksan».
Uchinchi bitik Tunyukukka bag’ishlangan.
Yuqoridagi yozuvlardan tashqari, Alplarning jangovorligiga, axloq-odobi va bilimiga bag’ishlangan ham ko’plab topilgan.
Eng qadimgi ma’rifiy yodgorliklarimizdan «Irq bitigi» (Ta’birnoma) ham Urxun-Enisey yozuvlari qatorida ta’lim-tarbiya tarixida o’z o’rniga ega.
Adabiyotlar:
Karimov I.A. Olloh- qalbimizda va yuragimizda. T.: «O‘zbekiston» 1998
Barkamol avlod orzusi. Sh. Karimov va b. tah. ost. T.: «Sharq» 1999
Barkamol avlod- O‘zbekiston tarqqiyotining poydevori. T.O‘zbekiston»1997
Hoshimov K.,.Inomova M. Pedagogika tarixi. T.: «O‘qituvchi», 1996 .
Hasanboev J va b. Pedagogika tarixi. T.: «O‘qituvchi», 1996
6. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. Toshkent, 1995
7. Avesto. Dushanbe. 1990
Do'stlaringiz bilan baham: |