Yozuv, qog’oz va siyohining kashf etilishi. 2. Zardo‘shtiylik ta’limotida ta‘limiy-axloqiy qarashlar 3. Turonzaminida VII asrgacha ilm-fan, madaniyat, tarbiya, pedagogik fikr.
1. Qadimgi Xitoy va Hindistonda ilm-fan, madaniyat, tarbiya, maktab, pedagogik fikr. Yozuv, qog’oz va siyohining kashf etilishi.
Misr, Messopotamiya, Hindiston, Xitoy mamlakatlarida insoniyat madaniyatining murakkab formalarini boshqa joylardagiga qaraganda oldinroq vujudga keltirdi. Bu mamlakatlarda katta davlatlar oldinroq paydo bo’ldi. Xo’jaliklarda kalendar bo’lishi lozim edi, astronomiya ilmi ana shundan boshlandi: erni o’lchash, hosilni hisobga olish, inshoatlar qurish hisobini olish zarur edi, shu tariqa geometriya va arifmetika vujudga keldi. Meditsina fanining boshlang’ich elementi vujudga keldi.
Tabiat to’g’risidagi bilimlar qadimgi zamonlardan beri suratlarda aks ettirilar edi. Suratlar yordamida yozish-piktografiya yozuvi rivojlandi. Misr va Xitoyda piktografiya yozuvidan ieroglif yozuvi kelib chiqdi.
Ieroglif yozuvidan yozuvning yangi printsipi-tovushlarni ifodolovchi harflar bilan yozish yoki alfavit kelib chiqdi.
Alfavit yozuvi dastlab xo’jalik ishlari va boshqa shu kabi ishlarning borishini qayd qilish uchun xizmat etadi.
Podsholar saroylarida kotiblar tayyorlaydigan maktablar ochilgan.
Folklor-kattalarni va yoshlarni tarbiyalash vositasi bo’lib xizmat qilgan.
Sinflar kurashida din katta rol o’ynaydi. Davlat dinlari vujudga keltirildi.
Yangi dinlar-buddizm, xristian, yaxudiy. Bu dinlar dastlab mazlum xalqlarning istak-orzularini ifodaladilar.
Din dastlab og’zaki targ’ib qilingan. Xalq orasida yozuv tarqala boshlagandan so’ng nasihathomuz fikrlar yozuvda ifodalangan.
Maktablarda o’qitish quyidagicha bo’lgan:
1. Tekst ohangdor qilib o’qilar.
2. Tekstning boshida yodlab olinishi kerak bo’lgan qancha aqida borligi ko’rsatilib o’qilar.
3. Katta tekst qismlarga bo’linib o’qilar.
4. Ko’p martalab takrorlash usuli qo’llanilar edi.
Turli mamlakatlar va xalqlar jahon madaniyatiga turlicha hissa qo’shdilar. Xitoyda qog’oz ixtiro qilindi.
Hindistonda hisoblashning o’nlik sistemasi kashf etildi. Mesopotamiya er kurrasini graduslarga, sutkani soatga, soatni minutga, minutni sekundga bo’lish kashf etildi.
Eramiz boshlarida O’rta dengiz bilan Hindistonni birlashtiruvchi karvon yo’li, so’ngra O’rta Osiyo orqali Xitoydan O’rta dengiz tomon «Buyuk ipak yo’li» ochildi.
O’rta Osiyo savdo-sotiq markazi bo’lib qoldi. Bu esa O’rta Osiyo vohalarida madaniyatni o’stiradi, yozuvning tarqalishiga yordam beradi.
Eramizdan bir necha yil muqaddam Sharqda yirik davlatlar va katta shaharlar bunyod bo’lgan. Qadimgi Xitoyda eramizdan uch ming yil muqaddam qo’yi va oliy maktablar bo’lgan. Maktablarda bolalar murakkab «Ieroglif» (belgi) xatlarini o’qishni va yozishni o’rgangan, falsafa va axloq, atoqli shoir va yozuvchilarning asarlari o’rgatilgan. Bu maktablarda astranomiyaga doir ba’zi ma’lumotlar ham berib borilgan. Xitoyning yuksak madaniyati qo’shni xalqlarga o’z ta’sirini o’tkazdi.
Hindistonda juda qadim zamonda maktab paydo bo’ldi va mutahkamlandi. Hindistonda dehqonlar jamoasi tashkil qilgan «Jamoa» maktabi ming yillar davomida saqlanib va davom etib keldi. U bilan bir qatorda shaharlardagi, ibodatxonalar huzuridagi va boshqa joydagi maktablar madaniyat tarqatishda katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Kichik Osiyo va Afrikada (Misr) ham maktab rivojlanib bordi. Bu erlarda sun’iy sug’orish asosida dehqonchilik ishlari olib borilgan.
Odamlar tabiat hodisalarini kuzatib borganlar va suv toshqini qachon bo’lishini oldindan aytib berishni o’rganganlar, natijada to’g’onlar qurish va boshqa inshoatlar qurish tajribalari ortib borgan. Boshlang’ich fanlar: astranomiya, geometriya, arifmetika, meditsina paydo bo’ldi. Imoratlar qurish uchun oddiy mashinalar (zambil, g’altak va hokazo) yasaydigan bo’ldilar. Mana shu ma’lumotlarning hammasi aholi qo’liga to’plana bordi.
Sharqda kohinlar maktabi, davlat va xo’jalikni boshqarish ehtiyojlar uchun zarur maktablar ham paydo bo’ldi.
Mirzalar, xizmatchilar tayyorlaydigan kitoblar paydo bo’ldi.
Yozuv va hisoblashni o’rgatish chog’ida turli usullardan foydalanilgan (masalan: rang-barang mayda toshlardan).
Eng qadimiy qo’l yozmalarda (Xitoy, Hindiston, Misr va boshqa) tarbiya to’g’risida, tarbiyachi va o’qituvchilar oldiga quyiladigan talablar to’g’risida turli fikrlar uchraydi.