Reja: Punktuatsiya haqida tushuncha



Download 18,72 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi18,72 Kb.
#905431
Bog'liq
tinish begilari 1


304-guruh talabasi Xudoyshukurov Alixon
Mustaqil ishi
O'zbek tilshunosligida tinish belgilarining oʻrganilishi
PUNKTUATSIYA
Reja:
1. Punktuatsiya haqida tushuncha.
2. O’zbek punktuatsiyasining tarixiga doir.
3. Punktuatsiyaning tilshunoslikning sohalari bilan aloqasi.
4. O’zbek punktuatsiyasining asos va tamoyillari.
5.Tinish belgilar tasnifi.

1)Punktuatsiya termini lotincha punctum so’zidan olingan bo’lib, aslda nuqta, o’rin, joy tushunchalari bilan bog’langan bo’lsa ham, tilshu-noslikda nutq oqimidagi intonatsion-prasodik to’xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig’indisini (tinish belgilarini) anglatadi.Punktuatsiya tilshunoslikning bir sohasi bo’lib, tinish belgilari (punktorgramma) va ularning qo’llanish qonun-qoidalarini o’rgatadi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika) ning uzviy qismi bo’lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo’lma-gan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.Tinish belgilari yozma nutqni to’g’ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o’zaro logik-grammatik munosabatlarini ko’rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o’z yozma nutqini aniq, to’g’ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o’quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish belgi yozuvchi tomonidan qanday ma'no va vazifada qo’llangan bo’lsa, mazkur tinish belgi o’quvchi tomonidan ham xuddi shunday vazifada tushuniladi.Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashti-rish uchun qo’llaniladi"(Baduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o’rinli qo’llanmasligi ma'lum bir sintaktik qurilmani ham mazmun, ham tuzilishii jihatidan o’zgarib ketishiga olib keladi. Masalan, Afandi podshoga qarab: Siz axmoq odam emassiz, – dedi (latifa) gapida axmoq so’zidan keyin pauza berilib (tire yoki vergul qo’yilib) o’qilsa, gap podshoning aklliligi haqida emas, balki uning ham axmoq, ham yomon odamligi haqida boradi. Qir-adirda lola gulpar ochilgan (U.) gapida lola so’zidan keyin vergul qo’yilmasa, faqat lolalar ochilganligi; vergul qo’yilsa, loladan tashqari boshqa gullar ham ochilganligi anglashiladi.Tinish belgilari yozuvdan keyin paydo bo’lgan. Qadimgi yozuvlar piktografik (rasm yozuv),logografik (so’z yozuv) shakllarida bo’lganli-gidan, punktuatsiyaga extiyoj sezilmagan. Punktuatsiya yozuvning keyingi taraqqiyotida shakllana boshlagan.Yozuvning sintetik usulidan analitik yozuv usuliga o’tilishi, endi yozuvda grafemalarni – belgilarni ajratish, bir harfli so’zni ko’p harfli so’zdan, so’zni so’zdan ajratish ehtiyojining tug’ilishi, fikrni mantiqli bayon qilish, maqsadni to’g’ri ifodalash zaruriyati kabilar bora-bora yozuvga ayrim ishoralarning kiritilishiga olib keldi. Qadimgi yozma matnlarda so’zlar: a) bo’sh joy, interval (oraliq masofa), b) nuqtalar, v) ayrim belgilar (masalan, qizil rang) vositasida ajratilgan.O’rta Osiyoning qadimgi yozuvlarida ham (oromiy, turkiy runik kabi) ajratuvchi belgilar saqlangan, ancha faol qo’llanilgan, bularni shartli ravishda qadimgi yozuvlarga xos «punktuatsion» belgilar deyish mumkin.O’rta Osiyoda arab yozuvi maydonga kelgandan keyin, oromiy, turkiy runik kabi yozuvlardagi mavjud an'anaviy yozuv tizimi buziladi. Arab grafikasida yozuvning yordamchi elementi sifatida: a) ta'kid belgi-lari" – tik to’g’ri chiziq, qizil va oq-qora ranglar; b) "ma'no belgilari" – "Qur'on"dagi turish va determinativlar; v) "bezak belgilari" qo’llangan.Demak, XIX asrning II yarmigacha arab grafikasidagi o’zbek yozu-vida tinish belgilari bo’lmagan. O’zbek punktuatsiya tarixi, asosan, XIX asrning II yarmidan keyin boshlanganki, buning ob'yektiv va sub'yektiv tarixiy sabablari bor:1. XIX asrning II yarmida O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilinishi O’rta Osiyo xalqlari madaniyatining, jumladan, o’zbek xalqi madaniyatining rivojlanishida omil bo’ldi. Rossiya va u orqali boshqa Yevropa xalqlari bilan bo’lgan turli xil madaniy aloqalar yozuvda ham o’z ifodasini topadi.
2). Oʻzbek punktuatsiyasini tadqiqotlarga tayanib quydagicha davrlashtirish mumkin .VIII asrlar. Bu davrga oid oromiy va turkiy runik yozuvdagi manbalarda ishlatilgan tinish belgisi xarakteridagi vositalaming dastlabki vazifasi ajratish boigan, ya’ni gap qismlari ma’lum oraliq masofa - intervallar vositasida ajratilgan. Bu belgilar hech qanday ma’no ifodalamagan, shunchaki so‘zlarning o‘zaro qo‘shilib qolmasligiga xizmat qilgan.2. IX - XIX asrlar. Punktuatsiya taraqqiyotidagi bu davrda arab grafikasiga asoslangan eski о ‘ zbek у ozuvi amalda bo ‘ lgan va aj ratuvchi belgilar tugallanganlik, xabar, so‘roq, buyruq kabi qo‘shimcha vazifalami bajara boshlagan. Ma’nolarni yoki gap mazmunini farqlash uchun nuqtaning turli ko‘rinishlaridan foydalanilgan.3. XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning oxirlarigacha bo‘lgan davr. Bu vaqtga kelib tinish belgilari tizimi va ularning vazifalari aniqlashtirilgan va til egalarida tinish belgilarini qo‘llash malakasi shakllangan. Bosmaxonalar, nashriyotlar paydo bo‘lib, kitob, gazeta va jurnallar nashr etilgan. Tabiiyki, bunda nashr etilgan ishlardagi har bir fikrni o‘quvchiga aniq va to‘g‘ri yetkazish zaruriyati
tug‘ilgan. 0 ‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi va rivojida, ayniqsa, 1871-yilning 28-aprelidan
boshlab, 1917-yilning boshlarigacha
(deyarli 50 yil mobaynida) muntazam ravishda nashr etilgan “Turkiston
viloyatining gazeti” muhim o‘rin tutgan. Bu davrda tarjimachilik ham juda rivojlangan va ayni jarayonda asliyatdagi tinish belgilari ham o‘zbekcha nusxaga o‘tgan.
4. XX asrning oxiridan hozirgacha bo‘lgan davr. Sohada izlanishlar olib borgan tilshunoslar tomonidan punktuatsiyaning nazariy va amaliy masalalari o‘rganilgan, tinish belgilarini qo‘llash bo‘yicha qoidalar takomillashtirilgan.0 ‘zbek punktuatsiyasi tarixi haqida so‘z borar ekan, bevosita Alisher Navoiyning tinish belgilari vazifasida qo‘llagan turli ishoralari qiziqtirishi tabiiy. Ilmiy manbalarda shoir asarlarida turli maqsadlarda bir necha ishoralar qo‘llangani haqida ma’lumotlar bor. XIX asrning II yarmida O’rta Osiyoda poligrafiyaning vujudga kelishi: bosmaxonalar, nashriyotlarning paydo bo’lishi, kitob, gazeta, jurnallarning nashr etilishi, o’zbek adabiy tilining matbuot tili darajasiga ko’tarilishi yozuv madaniyatini, savodxonlikni – tinish belgilari qo’llash ilmini shakllantirdi. Bunda 1917 yildan muntazam ravishda ikki tilda (ruscha va uzbekcha) nashr etilgan "Turkiston viloyatining gazeti" ham muhim ahamiyatga ega bo’ldi.3. Bu davrda tarjimachilik ishlari juda ravojlandi. Rus tilidan o’zbek tiliga qilingan tarjima matnlarda, tabiiyki, tinish belgilari o’zbekcha nushaga ham o’tdi.4. Turkiy tillar, turkiy yozuvlar tadqiq qilina boshlandi: ilmiy asar-lar, grammatik qo’llanmalar paydo bo’ldi. Turkologlar tomonidan tahlil qilingan o’zbekcha matnlarda ham tinish belgilari qo’llanila boshlandi.Bu holat keyinchalik o’zbek yozuvida an'anaga aylandi. Shunday qilib, XX asr boshlarida o’zbek punktuatsiyasi shakllanib yetdi.Xususan, 1920 yillardan keyin barcha turkiy tillar bilan birga, o’zbek grafikasining rivojida, xususan, orfografik va punktuatsion qoida-larning ishlanishida o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbek tiliga ko’pgina tinish belgilari (so’roq, undov, qo’shtirnoq, ko’p nuqta kabi) kiritirildi.Punktuatsiya tilshunoslikning grafika sohasi bilan zich bog’langan. Ma'lumki, grafika muayyan tilning yozuv tizimini bir butun holda, barcha belgilar yig’indisini o’rganuvchi soha, Shulardan tinish belgilar punktuatsiya tomonidan o’rganilishidan qat'i nazar, keng ma'noda punktogrammalar ham grafikaning tarkibiy qismidir. Grafika tinish belgilaridan tashqari, raqamli, diakritik va tarnskripsion belgili kabi yozuvlarni ham o’z ichiga oladi. Shunday bo’lsa ham, punktuatsiya o’z o’rganish ob'yekti va vazifasi jihatidan grafikadan, yozuvning boshqa – belgili shakllaridan ajralib turadi.Demak, grammalar (tinish belgilar) muayyan yozuv tizimining yordamchi, ayni paytda, zarur qimsi bo’lgan shartli belgilar yig’indisidirPunktuatsiya orfografiya bilan aloqador. Orfofafiya so’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganib, morfologiya bilan zich bog’lansa, punktuatsi-ya gaplarning to’g’ri tuzilishi, undagi fikrning to’g’ri ifodalanishi uchun xizmat qilib, sintaksis bilan zich bog’lanadi.Masalan, so’roq, undov, nuqta kabi tinish belgilaridan so’ng gapning bosh harf bilan, ikki nuqta, nuqtali vergullardan keyin gapning ko’pincha kichik harf bilan yozilish holatlari punktuatsiya bilan orfografiyaning aloqadorligini ko’rsatuvchi omildir. Bundan tashqari, savodxonlikni oshirishda orfografiya qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, punktuatsiya ham shuncha ahamiyatga egadir. Orfografiya ham, punktuatsiya ham grafik vositalar bo’lib, to’g’ri yozish to’g’ri tuzish, to’g’ri ifodalash haqidagi ta'limotdir.Punktuatsiya uslubiyat bilan aloqador. Tinish belgilarining noto’g’ri qo’llanilishi gap mazmunida galizlik, mavhumlik va noaniqlikni keltirib chiqaradi. Masalan, Ey tabib, qo’y, boqma dardim bedavolardan biri (Muq.) gapida uch holat bor: a) qo’y so’zidan keyin vergul o’qilmasa, “tabib” “qo’yboqar”ga aylanadi; b) "dardim"dan keyin vergul qo’yilsa, “dardim” “boqma”ga bog’lanadi – kesim+to’ldiruvchi (boqma dardimni) munosabati tug’iladi; v) "boqma"dan keyin vergul qo’yilsa, "ega+kesim" (dardim bedavolardan biri) tug’iladi.Punktuatsiya sintaksis bilan uzviy aloqador. Punktuatsion qoidalar sintaktik qonuniyatlar, me'yorlar asosida talqin qilinadi. Punktuatsiya qoidalarini sintaktik qonuniyatlarga bog’lab bayon qilishning o’z ilmiy metodik asoslari va usullari bor. Punktuatsiya qoidalarini aniqlashda mazkur tilning barcha sintaktik, uslubiy xususiyatlari hisobga olinadi. Tinish belgilari qo’llashni gap qurilishi, uning grammatik-semantik shakllanishi boshqaradi. Masalan, Muhayyo, Surayyo, Ra'no, Muqaddas, Ko’zimni yashnatib, kiyibsiz atlas (X.Saloh) gapida vergul uch xil vazifada: 1) uyushgan undalmalarni biriktirish; 2) ularni gap bilan grammatik bog’lanmaganligi uchun gapdan ajratish; 3) oborotdagi qisqa pauzani qoplash uchun qo’llanilganki, buni shu gapning konkret sintaktik qurilishi taqozo qilgan.Punktuatsiya sintaktik fonetika, gap ohangi bilan uzviy bog’lan-gan. Ohang (intonatsiya) ovozning rang-barang tovlanishi: tinch boshla-nishi, ko’tarilishi (kulminatsiyasi), pasayishi, susayishi, tinishi (uzilishi); tempi: tez va sekinligi, osoyishtaligi; sifati: cho’ziq, qisqaligi, kuchli va kuchsizligi; davriy va davomliligi, takrorlanishi kabilarda ko’rinadi.

Ohang juda murakkab bo’lib, urg’u, pauzalar, melodika kabilar uning komponentlari hisoblanadi. Ohang gap mazmun-mundarijasining ajralmas qismi: usiz gap shakllanmaydi, gapning kommunikativ (aloqa-aralashuv) vazifasini ohang boshqaradi. Ohangning o’zgarishi gapning mazmun va tuzilish jihatidan o’zgarib ketishiga sabab bo’ladi: mazmun farqlaydi, gap qayta shakllanadi. Quyidagi gaplarning ohangini qiyos-laylik:

1. Turg’un ukam vrach bo’ldi.

2. Turg’un, ukam, vrach bo’ldi.

3. Turg’un – ukam vrach bo’ldi.

4. Turg’un, ukam vrach bo’ldi.

1-gapda Turg’un bilan ukam o’rtasida pauza yo’q: Turg’un – aniq-lovchi, ukam – ega; 2-gapda Turg’un bilan ukam sanash ohangi bilan aytiladi: uyushiq egalar; 3-gapda "ukam" gapga nisbatan sal tez va pasayuvchi ohang bilan aytiladi: ajratilgan bo’lak; 4-gapda Turg’un so’zi murojaat ohangi bilan gapdan ajratilib, biroz pauza qilinadi: undalma.
Siz bor, men bor qurilmasi ohangning o’zgarishi tufayli uyushiq bog’lovchisiz qo’shma gap (Siz bor, men bor va boshqalar bor kabi); sabab ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap (Siz bor – men bor // Siz borligingiz tufayli men bor) kabi shakllarda shakllanishi mumkin.
Punktuatsiya bilan ohang qanchalik yaqin bo’lmasin, ular o’ziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: ohang (gap ohangi) – birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar (tinish belgilari) – hosila; ohangning mahsuli, uni aks ettiruvchi shartli simvollardir. Punktogrammalar ohang ohangga qarab qo’yiladi. Matn har bir gapning mazmun va grammatik, intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib o’qila-di. Punktogrammalarning to’g’ri yoki noto’g’ri qo’yilganligini gap mazmuni boshqaradi, "Tinish belgilariga rioya qilib o’qish" iborasi ham, "Deyarli barcha tinish belgilari "o’qiladi" (A.M.Peshkovskiy), deyilgan fikrlar ham tinish belgilari to’g’ri qo’yilgan normal matnlarga nisbatan aytilgandir.

O’zbek tilida ham punktogrammalarni qo’llashning o’z asoslari va shartlari mavjud. Tinish belgilarining qo’llanishida: 1) gapning tuzilishi, 2) mazmuni, 3) ohangi asos qilib olinadi. ⅙


Tinish belgilarining o’rni va vazifasini belgilashda mana shu uch xil hodisa alohida-alohida emas, balki ularning bir bugunligi nazarda tutiladi. Chunki bular o’zaro bog’langan bir hodisaning uch tomoni – uch xususiyatidir. Nutqning tuzilishi, mazmuni, ohangi o’zaro zich bog’langan bo’lib, har qanday gapda shu uch xususiyat mujassamlashgan bo’ladi. Masalan, Opalar, singillar! Bu savollar majlisda berilsin! (A.Q.) gapi: 1) tuzilishi jihatidan sodda, 2) buyruq bilan birga emotsiya, murojaat ifodalangan, unda gap bilan grammatik bog’lanmagan so’zlar (opalar, singillar) bor, 3) ko’ta-riluvchi ohangi ohangga ega.
Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qo’llashning quyidagi asoslarini ko’rsatamiz:
1. Logik-grammatik asos. Bunga ko’ra, tinish belgilari gap mazmuni, tuzilishi va ohangi nazarda tutilgan holda, shulardan kelib chiqib qo’llaniladi. Masalan, xabar mazmunini anglatgan gapning oxirida nuqta, so’roq mazmunini anglatgan gaplarning oxirida so’roq, emotsiya (hayajon) ifodalangan gaplar oxirida undov belgilari ko’proq nutq mazmuniga asoslanib qo’yilgan bo’ladi; kiritma qurilmalarning asosiy gap bilan zich bog’langanlari qavs, sayoz, bo’sh bog’langanlari tire bilan ajratilish holatlari ko’proq nutq tuzilishga asoslanadi: "Dod!" degan ovoz eshitildi. (O.) Qalandarov jonjahdi bilan baqirdi: Yuqol!!! gaplarining birinchisidagi qo’shtirnoq nutq tuzilishiga, ikkinchisidagi undov belgilari ohangga asoslanib qo’yilgan.

2. Uslubiy asos. Bu prinsipga ko’ra, tinish belgilari nutq uslubining talabidan kelib chiqib qo’yiladi.

Til taraqqiyoti, til uslublarining rivojlanishi nutqning ajralmas qismi bo’lgan punktuatsiyaning taraqqiyotiga, uning qo’llanish doirasining kengayishi yoki o’zgarishiga sabab bo’ladi. Masalan, badiiy asarlarda (dialogik nutqlarda) ixchamlik uchun personajlarning nutqlari tire bilan ajratiladi. Dramatik asarlarda esa nutq egalarining nomi keltirilgan-ligidan, borligidan ularni tire bilan ajratishga extiyoj bo’lmaydi yoki qo’shtirnoq havola (sitata)larda qo’yilib, badiiy asarlardagi ko’chirma gaplarda qo’llanilmaydi. Nutqning individual uslub shaklida tinish belgilari, ko’pincha, yozuvchining sub'yektiv maqsadi, emotsional fikr ifodalash, uning ta'sirchanligini oshirish uchun qo’llaniladi. Masalan, Yoz. Quyosh hamma yoqni qizdiradi. (O.) Yoz! Pishiqchilik, to’kinchilik fasli! (U.) gaplarida "yoz" so’zi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan. Bu maqsadlar tinish belgilari (nuqta, undov belgisi) orqali ifodalangan. G’ovur bo’lib ketdi: Xotin-qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi! (A.Q.) gapida ritorik so’roq bilan fikrning kuchli (emotsional) va davomli ekanligi ifodalangan. Bu maqsadlar undov belgisi va ko’p nuqta orqali ifodalangan. Lekin bundan har bir yozuvchi tinish belgilaridan o’z bilganicha, o’z istagicha foydalana beradi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual uslub talabiga ko’ra qo’llanilishi ham uslubiy tamoyilning umumiy me'yoriga bo’ysinadi.

3. Farqlovchi (differensial) asos. Bu tamoyilga ko’ra tinish belgi-lari yozuv texnikasi (shakli)ni farqlash uchun qo’llanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv shakllariga bog’liq holda odatda-gidan farqli ishlatilishi farqlovchi tamoyil asosida yuz beradi. Ilmiy uslubda, jumla ichida so’zlarni qisqartirishda iqtibos – sitatalarning manbaini ko’rsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashriyot nomi va nashr vaqtini ko’rsatishda tinish belgilari mazkur tamoyilga asosan ishlatiladi. Masalan, kitob muqovasida tire (Toshkent – 2011 kabi), havolalarda vergul (G’afur G’ulom, Tanlangan asarlar, Toshkent, 1985 kabi) qo’yiladi.



Ba'zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi: Navoiy – N.; Oybek – O.; Abdulla Qahhor – A.Q.
Ko’p hollarda farmon va qarorlarda tire har bir gap oldidan qo’yilib, numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham farqlovchi tamoyilga asoslaniladi.
Umuman, hozirgi o’zbek tilida tinish belgilari uch tamoyil – logik-grammatik, uslubiy va farqlovchi tamoillar asosida qo’llaniladi. Bulardan logik-grammatik tamoyil yetakchi bo’lib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi – yordamchi tamoyil.
TINISH BELGILARINING VAZIFASI
1. Nuqta va uning qo’llanish o’rinlari.
2. So’roq belgisi va uning qo’llanish o’rinlari.
3. Undov belgisi va uning qo’llanish o’rinlari.
4. Nuqtali vergul va uning qo’llanish o’rinlari.
5. Ko’p nuqta va uning qo’llanish o’rinlari.
6. Vergul va uning qo’llanish o’rinlari.
7. Ikki nuqta va uning qo’llanish o’rinlari.
8. Tire va uning qo’llanish o’rinlari.
9. Qavs va uning qo’llanish o’rinlari.
10. Qo’shtirnoq va uning qo’llanish o’rinlari.
11. Punktuatsiyaga doir amaliy mashg’ulot namunalari.
NUQTA VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI
1. Tuzilishidan qat'i nazar, tinch ohang, oxiri pasayuvchi, so’nuvchi intonatsiya bilan aytiladigan gaplar (darak gap)ning oxiriga nuqta qo’yi-ladi. Bunday ohang "nuqta" ohangi deb yuritiladi: Tong shabadasi g’ir-g’ir esa boshladi. (O.) Erta bahor. Daraxtlar uyg’ona boshlagan. (U.)
2. Orzu-istak, iltimos, maslahat ko’rinishidagi buyruq gaplarning oxiriga nuqta qo’yiladi: Jonajon vatan, mehring men qalbimga jo etsam. (Kamtar) Sabo, arzimni yetkur, mohitobon bir kelib ketsin. (H.H.)
3. Remarka ko’rinishidagi gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi: Shohista. (asta) Hamdam aka, Hamdam (aylanib orqasiga qaraydi va Shohistani ko’radi.). Shuningdek, davomi bor. boshi 3-sonda. tipidagi iboralarning oxiriga ham nuqta qo’yiladi.
4. Numerativlar bilan sanab ko’rsatilgan gaplarning oxiriga ham nuqta qo’yiladi: Paxta yig’im-terimiga faol ishtirok etgan quyidagi talabalar mukofotga takdim etilsin:Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda muhim vositadir. O’z navbatida, muayyan tiddagi Punktuatsiya an’analarining mustahkamlanishi va takomillashuvida tanikli yozuvchilarning ijo-di hamda tinish belgilarining qo‘llanish kridalarini belgilovchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hoz. uzbek Punktuatsiya sining shakllanishi, rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, S. Ibrohimov, H. G’oziev, O. Usmo bun, G’. Abdurahmonov, K. Nazarov va b. tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq.
Tinish belgilarining tasnifi.
O’zbek tilida tinish belgilari quyidagi xususiyatlari asosida klassifikatsiya qilinadi: 1. Qo’llanish o’rniga ko’ra. 2. Qo’llanish usuliga ko’ra. 3. Tuzilishiga ko’ra.
Tinish belgilari qo’llanish o’rniga ko’ra uch gruppaga bo’linadi: 1. Gap oxirida qo’llanuvchi tinish belgilari. 2 Gap ichida qo’llanuvchi. tinish belgilari. 3. Aralash holda qo’llanuvchi tinish belgilari.
Gap oxirida qo’llanuvchi tinish belgilari nuqta, so’roq va undov belgilari kiradi.
Gap ichida qo’llanuvchi. tinish belgilariga vergul kiradi.
Aralash holda qo’llanuvchi tinish belgilariga ikki nuqta, nuqtali vergul, qo’shtirnoq, qavs, tire, ko’p nuqtalar kiradi. Bulardan tire gap boshida va o’rtasida, ikki nuqta, nuqtali vergul gap o’rtasida va oxirida:qo’shtirnoq, qavs, ko’p nuqta gap boshida, o’rtasida va oxirida qo’llanadi.
Tinish belgilari qo’llash usuliga ko’ra ikkiga bo’linadi:
1. Yakka holda qo’llanuvchi tinish belgilari.
2. Yakka va qo’sha qo’llanuvchi tinish belgilari.
Yakka holda qo’llanuvchi tinisg belgilari yakka va qo’sha qo’llanadi.
Tinish belgilari tuzilishiga k’ra ikkiga bo’linadi. 1. Bir elementli tinish belgilari. 2. Ko’p elementli tinish belgilari. Bir elementli tinish belgilariga vergul, tire, nuqta kiradi. Qolgan tinish belgilari ko’p elementlidir.
Er ko’karmas, el yasharmas,
Bo’lmasa ko’k tomchisi;
Qanday olsin sh’rni shoir
Bo’lmasa ilhomchisi?
(A.To’qay)
1)Ko’p nuqta
Ko’p nuqta quyidagi hollarda ishlatiladi:
1. Mazmunan tugallanmagan gaplar oxirida: Karim. Ha, shunday…
Jiyaning Salimjonni ham uning quruq oqsoqol mardikorlikka haydatdi. Etti oy bo’ldi. Na xat bor na habar… buning ustiga kampir ham qazo qildi. O’sha katakday hovlini qarzga o’tkazib… Mana shunday… Bolangdan aylanay, Rahimboy. (yig’lab ketmonni ko’rsatdi.) ana shu hol, ana shu kun… O’zingdan ahvol so’ray? (Nazir Safarov.)
2.sitata yoki olingan misollardagi ayrim so’z va gaplarning tushirib qoldirilganligini ko’rsatish uchun ko’p nuqta qo’yiladi: Rus tili “eng boy tillardan biridir…” “ Rus tili “shunchaki o’rganishga ham … undagi adabiyotlarni o’qish uchun ham o’rgansa arziydigan tildir…” (F.Engles. )
3. Kuchli hayajonni, emotsionallikni bildiruvchi undov so’zlardan keyin ko’p nuqta qo’yiladi: To’raxanov. Oh… Honim bilsangiz edi yuragimda yonayotgan g’azab o’tini… (Nazir Safarov. )
4. “O’zbek tili” darsliklarida o’rganilayotgan ma’lum harf (tovush), affiks yoki so’z o’rniga ko’p nuqta qo’yadilar. 191 mashq. Nuqtalar o’rniga mos keladigan so’zlarni qo’yib ko’chiring. Issiq…, yosh-…, sabzi-…da boshqalar.
2).Tire
Tire quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. Ega va kesim orasida: Mardikor olish? Bu-qandayhangoma? (O)
2. Ajaratilgan bo’laklarni ajratishda: Qo’chqorov do’ng peshona, qirra burun, polvon yigitcha –kichkina tuman gazetasiga ko’z tikib o’tirardi.
3. Ko’chirma konstruktsiyalarni chegaralash uchun: Hovli o’rtasidagi yosh nihollarorasidagi bola Ma’rifat Hojining o’g’ilchasi bo’lsa kerak-kapalak quvib yurardi. (“Sharq yulduzi”)
4. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda: Vataning tinch-sen tinch. (maqol)
5. Diologlarda har bir shaxs nutqini birini ikkinchisidan ajratish uchun: Kozimbekka Saida qardi. Kozimbekning rangi bir ahvolda bo’lsa kerak, qushi uchib deraza oldiga keldi.
-Tinchlikmi?
-Tinchlik, dedi Kozimbek o’zini bosib,-Toshkentdan keldim… Saida taajjublanganday bo’ldi.
- Bilaman kecha kelgan edingiz…
- Mashinani olib keldim…
-Shunaqami… Qutlug’ bo’lsin! Qani?
- Hovlida, qo’lingiz bo’shasa, bir bir aylantirib kelsam degan edim.
-Rahmat... Biron soatda bo’sharman. (A.Q.)
6. Kochirma gaplarda avtor gapini ajratish uchun: “Ko’rdingizmi Olimjon aka dedi oyqiz erga qarab, tabiat bizning qo’limizda”. (Sh.R.)
7. Umumlashtiruvchi bo’lak uyushuq bo’laklardan keyin kelganda: Payonsiz paxta dalalarining husni va barakasi, so’lim bog’larning sharbati va gullarning ming tovlangan ranglari – barchasi suv tufayli. (O.)
8. Texnik qulaylik, nutqni ixchamlashtirish uchun: Andijon-Maskva poezdi. “Paxtakor”-“Dinamo”. 22.00-“Vaqt” informatsion programmasi. Toshkent-1977 y.
3).. Qo’shtirnoq
Qo’shtirnoq quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. Ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinadi: Yosh kitobxon, L.Tolstoyning quyidagi so’zlarini doimo esda tut: “Hayot qanchalik yaxshi bo’lmasin, uning yutuqlari qnchalik katta bo’lmasin, hech vaqt bu bilan hotirjam bo;lib qolma, doimo buyuk ishlarga tomon intil…”
2. Tsitatalar har vaqt qo’shtirnoq bilan chegaralanadi: “Maqollar va qo’shiqlar har vaqt qisqa bo’ladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar ifodalangan bo’ladi”. (M.Gorkiy.)
3. Ba’zi kesatiq yoki boshqa ma’nolarni ifoda qiluvchi so’zlar qo’shtirnoq ichiga olinadi: Tekintomoq “havaskor” larning holi ohiri voy bo’ladi.
4. Badiy asar, gazeta, jurnal, kartinalarning nomlari, ayrim muassasa, tashkilot, kolxoz, savxoz, zavod, fabrika kabilarning nomi qo’shtirnoqqa olinadi: “Qutlug’ qon” romani, “Mushtum” jurnali, “O’zbekiston” mehmonxonasi, “O’rtoq” fabrikasi va boshqalar.
5. Mahsuloеlarning nomi, O’simliklarning turi, mashina, paraxod, samalyot, televizorlarning markasining bildiruvchi nomlar qoshtirnoqqa olinadi:
6. Sinflar, kurslar, buyruq va qarorlarga qo’shilib yoziladigan harflar qo’shtirnoqqa olinadi: 5-“A” sinf, 11-“B” kurs, 95-“B” buyruq, 12-moddaning “G” bandi va boshqalar.
7. Baho ballari qo’shtirnoqqa olinadi: “besh baho, “yaxshi” baho.
4). Ikki nuqta
Ikki nuqta quyidagi o’rinlarda qo’llanadi:
1. Bog’lovchisiz qo’shma gaplarda: Mehmon rost aytadi:
odamning himmati qilgan ishidan bilinadi. (M.G.)
2. Umumlashtiruvchi bo’lak uyshuq bo’laklardan oldin kelganda: Bularda kolxoz haqidagi asosiy ma’lutlar: - Ekin maydoni, yil sayin etirgan hosili, olgan daromadi va xokazoiar yirik raqamlar bilan ko’rsatib qo’yilgan edi. (H.N.)
3. Avtor gapi ko’chirma gapdan oldin kelganda: Rus halqining atoqli lashkarboshisi Suvorov shunday degan edi: “Son bilan emas, mahorat bilan jang qiladilar”.
4. Nutq ichida masalan, misol, chunonchi, tema kabi so’zlardanso’ng: masalan: maktab, zavod:
5.) Soʻroq belgisi So‘roq belgisi va qo‘llanish holatlari
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio - so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan .
So‘roq belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi asosiy belgilardan hisoblanadi. Uni Fitrat shunday ta’riflaydi: (?) so‘rash belgisidir. So‘rash gaplaridan keyin
qo‘yiladir: Ona uchun bu ish mumkinmi? Sen bularning holini bilmaysanmi? O‘z quchog‘ingdag‘i hollardan xabarsizmisan?
6) Undov belgisi.
Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u lotincha lo - undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
Undov belgisi gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilariga kiradi. Undov belgisi, o‘z tuzilishiga ko‘ra ikki elementli tinish belgisidir. Undov belgisi badiiy asarlarda (ayniqsa, poeziyada, lirik asarlarda) ko‘p qo‘llanadi: yozma nutqdagi turli tuyg‘ular, holatlar, har xil emotsionalliklarni ifodalashda undov belgisining roli katta. Hozirgi o‘zbek tilida undov belgisi takroriy, oddiy va murakkab qo‘sha (birgalikda) qo‘llanish xususiyatiga ega: undov belgisi bir o‘rinda uch martagacha takroriy qo‘sha qo‘llana oladi. Masalan:
Seni unutolmas yuragim aslo,Ey, O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo!!!
Undov belgisi boshqa tinish belgilari bilan (vergul va ikki nuqtadan tashqari) birgalikda ham
qo‘llanadi.Fitrat undov belgisini (!) undash belgisi deb yuritadi: “Undashli gaplaridan keyin qo‘yiladir:
Sharif, sen kel! Karim, sen ketadi .Qayg‘uli gaplardan keyin qo‘yiladir:
Esiz, seni ko‘rmadim!
Hayronliq bildirgan gaplardan keyin ham qo‘yiladir:
Voy, Sharifjon kelibdir!Bu juda qiziq bir ish!So‘rashli gap» qizg‘inliq yo hayronliq bilan aytilsa so‘rash belgisidan keyin undash yana belgisi qo‘yiladir:
Nechun meni o‘ldiralar?! Menim gunohim nima?!

Foydalanilgan adabiyotlar.


1. Oʻzbek tili meʼyorlari .Nizomiddin Mahmudov ---Toshkent 2021
2.Sh. Shoabdurahmonov "Oʻzbek tilida punktuatsiya" --- Toshkent 1955
3.Gʻoziyev X "Oʻzbek punktuatsiyasining tarixiy taraqqiyoti" ---Toshkent :Fan 1979
4.Toʻrayev Sh. " Oʻzbek tili punktuatsiyasining asosiy qoidalari" --- Toshkent,
2015 y 1 iyul
Download 18,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish