Xalqaro moliyaviy tizim. Xalqaro moliyaviy tizim. Mamlakatlar o‘rtasida kapital oqimining keskin oshishi xalqaro moliyaviy tizimning milliy iqtisodiyotga ta‘sirini yanada kuchaytirdi. Ushbu fanda quyidagi muammolarni hal qilamiz: - Mamlakatning milliy valyuta kursini boshqa davlat valyuta kursiga fiksirlash qarori monetar siyosatni amalga oshirishga qanday ta‘sri ko‘rsatadi? - Kapitalni nazorat qilish, ya‘ni kapital harakatini mamlakat chegarasidan tashqariga erkin harakatini chegaralash milliy moliyaviy tizim va iqtisodiyotning holatiga qanday ta‘sir ko‘rsatadi? - Xalqaro moliyaviy tizimda moliyaviy institutlar, jumladan, Xalqaro valyuta fondi qanday rolni bajarishi lozim. 5 Yuqorida keltirib o‘tilgan yo‘nalishlar va mavzular yuksak taraqqiy qilgan davlatlar, jumladan, AQSh iqtisodiyoti va mamlakatimiz iqtisodiyoti, iqtisodiyot va uni taraqqiy qildirishning asosi bo‘lgan huquqiy – me‘yoriy asoslar va amaliy materialllar asosida sizning e‘tiboringizga o‘rganish uchun havolda etiladi. Pul va banklar fanini chuqur o‘rganish maqsadida talablarga shuningdek, mustaqil ta‘lim topshiriqlari ham beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |