P · Y M= -----------
V*
P · Y – nominal YaIM miqdorini bildirishini va doimiy miqdorligini hisobga olsak, muomala uchun zarur bo`lgan pul miqdori ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdori va ularning bahosi o`zgarishlariga, boshqacha aytganda, nominal YaIM o`zgarishiga bog`liq. Muomaladagi pul massasining o`zgarishi, klassik nazariyaga ko`ra, Y sekin o`zgarishi tufayli asosan baholar darajasiga ta‘sir ko`rsatadi. Bu holat ―pulning neytralligi‖ nomini olgan.
Monetaristlar qoidasiga ko`ra hukumat pul massasining o`sish sur‘atini, real YaIMning o`rtacha o`sish sur‘ati darajasida ta‘minlab tursalar iqtisodiyotda baholar darajasi barqaror bo`ladi.
Fisher tenglamasidan tashqari bu tenglamaning boshqa bir shakli Kembrij tenglamasidan ham keng foydalaniladi: M=k*PY
Bu yerda: k= 1/V – pulning aylanish tezligiga teskari miqdor. k - koeffitsientni nominal pul miqdori (M)ning daromadlar (P·Y)dagi ulushini
ko`rsatadi.
Kembrij tenglamasi turli darajada daromadli bo`lgan turlicha moliyaviy aktivlar mavjudligini va daromadni ularning qaysi biri ko`rinishida saqlashni tanlash imkoniyati mavjudligini ko`zda tutadi.
Pulga real talab quyidagi ko`rinishda hisoblanadi:
(M/P) D = k Y
Bu yerda: M/R – ―real pul qoldig`i‖, ―pul mablag`larining real zahirasi‖ deb nomlanadi.
Pulga talabning keynscha nazariyasi.
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni naqd ko’rinishda saqlashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko’rsatadi:
transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun naqd pulga talab);
ehtiyotkorlik sababli (ko’zda tutilmagan holatlar uchun ma’lum miqdorda naqd pullarni saqlash);
spekulyativ sabab (foyda olish maqsadida qimmatli qog’ozlar sotib olish uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o’rtasidagi teskari bog’liqlikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko’tarilsa, obligatsiyalar bahosi pasayadi, ularga talab esa oshadi. Bu esa o’z navbatida, naqd pul zahiralarining qisqarishiga hamda naqd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham aholi uni saqlashni afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko’rsatadiki pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasiga bog’liq. Foiz stavkasi naqd pul vositalarini qo’lda ushlab turishning muqobil xarajatlari miqdorini, ya’ni, siz foiz olib kelmaydigan naqd pullarni qo’lda ushlab turgan sharoitda yo’qotadigan pul miqdorini bildiradi. Nonning narxi non talabi miqdoriga ta’sir qilganidek, naqd pullarni qo’lda ushlab turish miqdori ham pul zahiralariga talab miqdoriga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini naqd pul shaklida kamroq ushlab turishga harakat qiladi.
Real pul zahiralariga talab funktsiyasini quyidagi ko’rinishda yozamiz:
M/R = f(R)
Bu tenglama ko’rsatayaptiki, pulga bo’lgan talab miqdori foiz stavkasi funktsiyasi ekan. Grafikda foiz stavkasi va real pul zahiralari miqdoriga talab teskari bog’liklikka ega ekanligi ko’rinadi. Chunki, yuqori foiz stavkasi pulga talab miqdorining kamayishini ko’rsatadi
Klassik va keynschilarga xos yondashuvlarni umumlashtirib, pulga talabning quyidagi omillarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1) daromadlar darajasi; 2) pulning aylanish tezligi; 3) foiz stavkasi.
Agar klassik nazariya pulga talabni asosan, real daromad hajmi bilan bog’lasa, keynschilarda esa pulga talab asosan, foiz stavkasiga bog’liq deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |