3. Xalqaro va davlatlararo xujjatlar, ularni ishlab chiqish va qo’llash tartiblari
Hozirgi paytda mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investisiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko’rilmoqda.
So’nggi yillarda qurilish sohasida ham bir qancha islohotlar olib borilib, sohani rivojlantirishning huquqiy asoslari takomillashtirilib borilmoqda. Jumladan, qurilish sohasida xalqaro standartlarni qo’llash, davlatlar aro va mintaqaviy hujjatlarni qabul qilish va joriy etish orqali sohada Yevrokodlar va boshqa zamonaviy xalqaro amaliyotni joriy etish imkoniyati yuzaga kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va ularni amaliyotga joriy etish lozim bo’ladi.
Qurilish sohasi har qanday davlat iqtisodiyotining muhim qismi hisoblanadi. Qurilish mahsulotlari o’z navbatida yakunlangan va foydalanishga topshirilgan yashash uylari, zavod va fabrikalar, temiryo’l va avtomobil yo’llari, elektrostansiyalar va boshqa inshootlar shaklidagi obyektlar hisoblanib ular milliy xo’jalikning barcha sohalaridagi asosiy vositalarni tashkil etadi.
Soliq va bojxona imtiyozlari, soddalashtirilgan ruxsat berish jarayoni, mustahkam normativ-huquqiy baza, shuningdek xususiy sarmoya himoyasining kafolatlanganligi sohaning rivojlanishi hamda chet el investisiyalarini jalb etishga qulay shart-sharoit yaratadi.
Adliya vazirligi tomonidan qurilish sohasini tartibga soluvchi amaldagi qurilish (shaharsozlik) norma va qoidalari (ShNQ), shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli baho berish maqsadida ular mamlakatimizda arxitektura va qurilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga mos kelishi yuzasidan o’rganish o’tkazadi.
Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarni soni yildan yilga ortmoqda, ushbu sohada mehnat qiluvchilar soni esa aholining 9% ga to’g’ri keladi.
Shu bilan birga, o’rganish ishlari davomida qurilish sohasini keskin rivojlanishi hamda zamonaviy standartlar, innovasion g’oyalar va texnologiyalarni qisqa muddatda joriy etishga to’sqinlik qiluvchi tizimli muammo va kamchiliklar aniqlandi. Bu esa o’z navbatida ularning tanqidiy jihatdan qayta ko’rib chiqilishini, soddalashtirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishni taqazo etmoqda.
ilg’or xorijiy tajribalar o’rganilganda, aksariyat rivojlangan davlatlarda qurilish sohasida bir necha marotaba islohotlar o’tkazilganligi, natijada Yevrokodlar (Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Finlyandiya, Turkiya, Singapur, Malayziya va boshqa) va IBC (AQSh, Gaiti, Yamayka, Meksika, Gruziya, BAA va boshqa) kabi xalqaro standartlar joriy etilganligi, amaliyotgda binoning 3D modeli yaratib, bino bitguniga qadar kuzatib boruvchi VIM-texnologiyalardan foydalanilayotganligi ma’lum bo’ldi.
Yevrokod, IBC va ShNQlarning farqi shundaki xalqaro standartlar erishilishi lozim bo’lgan parametrlarni belgilab, hisob-kitob qilish tartibini ko’rsatadi, mahalliy standartlar esa mustahkamlikdan boshlab sanitar va ijtimoiy standartlar hamda qurilish bilan bog’liq barcha talablarni to’g’ridan-to’g’ri qat’iy belgilovchi, ularga erishish yo’llari va muhandislik usullarni o’rnatadi.
Yevrokod va IBClar yangi texnologiyalar joriy etilishiga moslashuvchan hisoblanadi, ShNQlar esa qat’iy bo’lib va yangi texnologiyalar joriy etilishini inobatga olmaydi.
O’zbekiston Respublikasining ko’pgina qonun hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanishi belgilangan. Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda ham qurilish sohasida xalqaro shartnomalar talablari to’liq bajariladi. Hozirgi vaqtda ShNQlar va boshqa texnik normativ hujjatlar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga moslashtirib borilmoqda. Birgina qurilish materiallari sanoatida sifatli va xavfsiz qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha 626 ta xalqaro standart qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |