Mavzu 1. PSIXOLOGIYA FANINING PRЕDMЕTI VA VAZIFALARI
Reja:
1.Psixologiya tushunchasi va uning vujudga kelishi.
2.Psixologiya fanining asosiy vazifalari.
3.Psixologiya fanining asosiy tushunchalari va klassifikatsiyasi.
4. Psixologiya fanining sohalari va ilmiy tadqiqot metodlari.
Jahon fanlarini muayyan qonuniyatlariga asoslanib turkumlarga kirtilishiga
Ko`ra, psixologiya fani bu tizimda nufuzli o`rin egallashiga barcha ob’ektiv shart
Va sharoitlar yetarlidir.Qatiy ishonch bilan aytilgan fikrning zamirida bir qator
Muhim ham tabiiy, ham ijtimoiy omillar yotishi shak-shubhasizdir. Chunki
Psixologiya fani insoniyat tomonidan kashf qilingan fanlarning ichida eng
Murakkabi bo`lib, biosferik ta’limotdan kelib chiqqan xolda psixika yuksak
Darajada tashkil topgan materiyaning xususiyatini aks ettiruvchi kategoriya
Sifatida o`rganilib kelingan. Lekin bugungi kunda neosferik ta’limotga binoan
Fazoviy munosabatlar, sayyoralararo aloqalar, o`zaro ta’sirlar, moddalar,
Zarrachalar, nurlar harakati, almashinishi, ko`shilishi to`g`risida mulohazalar,
Faraziy asosda bo`lsa ham, yuritilmoqda. Ayniqsa, biosferaga kirib kelayotgan
Moddalarning o`zaro birikuvi, muayyan fazoviy maydonning hosil qilishi,
To`planishi inson tana a’zolariga ijodiy ta’sir ko`rsatishi, natijada favquloddagi
Holatlar sodir bo`lishi, kashfiyotlar yuz berishi, intuitiv (lotincha intueri
Sinchkovlik, diqqat bilan qaramoq yoki ichki sezgirlik demakdir) shakldagi ruhiy
Holatlarning kuchayishi namoyon bo`lishi mumkin. Bular qatoriga telepatik
(yunoncha tele uzoqni rathos sezaman degan ma’noni anglatadi). Shuningdek,
Omadsizlik, ishqiy kechinmalar, tushda ayon bo`lish kabi ruhiy holatlar,
Hodisalar hanuzgacha ishonchli dalillar bilan tushuntirib berilgani yo`q. Ammo bu
Borada bilish ob’ekti bilan sub’ektining birikuvida psixologiyaning qulay
Imkoniyatga ega ekanligini ta’kidlab o`tish o`rinlidir.Ushbu fikrni yaqqollashtirish
Maqsadida ayrim misollar va talqinlarni qaytadan taxlil qilib o`tamiz.
Ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (ichki, odamlar o`rtasidagi) muhitga moslashish
Sodda instinktlar, shartsiz reflekslar yordamida oddiy ta’sirlanish va taassurot
tarzida namoyon bo`ladi. Taraqqiyotning mazkur davrida u o`zligini tushuna va
Anglay olmaydi, xatto buning yuzaga kelishi haqida mulohaza yuritishi xam aslo
Mumkin emas. Bola bir yoshgacha davrda tez sur’atlar bilan rivojlanadi, yil
Davomida uning jismoniy a’zolari 50 foizgacha takomillashishi mumkin.
Jismoniy o`sish-psixik taraqqiyotni tezlashtirishga puxta zamin hozirlaydi,
Natijada ko`rish, ushlash, yurish, talpinish, g`azablanish va quvonish, samimiylik
Ham beg`uborlik singari insoniy tuyg`ulari vujudga keladi, nutq faoliyati paydo
Bo`lishi uning tushunish darajasini yangi bir sifat bosqichiga ko`taradi. Psixikaning
Muayyan xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, sifatlari, fazilatlari,
Qonuniyatlari orqali moddiy dunyoni tushuna boradi va unda o`z faoliyatining
Mazmunida barcha obьektlarni amalga oshira boshlaydi. Bolalik dunyosining
Ichki murakkab qatlamlaridan asta-sekin «o`zlik»ni, shaxsiy «men»likni tushunish
Tuyg`usi, sezish, his qilish jarayonlari shakllana boshlaydi hamda u ëki bu har xil
Xususiyatli to`siqlarni yengish imkoniyati ro`yobga chiqadi. Mazkur taraqqiyot
Bosqichi psixologiya fanida «men» davri yoki «o`zlikni anglash» davri deb yuritiladi,
U bolada nutq paydo bo`lganidan boshlanib, bir necha rivojlanish bosqichlarini o`z
Ichiga qamrab oladi. «Men» davrining anglashilgan shakllari va ko`rinishlarining
Namoyon bo`lishi o`smirlik davriga to`g`ri keladi. O’smirlik davrida o`g`il va
Qizlarning ruhiyatida o`zlikni anglashga bog`liq bir talay muammoli savollar va
Ularning turmushda qaror toptirish tuyg`ulari, istaklari, orzulari paydo bo`lib,
Ko`pincha bu narsalar yakka shaxsning «kimligi», «qandayligi», «kimga va nima
Uchun kerakligi»ga yo`naltiriladi. Bolaning psixik xususiyatlari, funktsiyalari uni
Qurshab turgan jonli va jonsiz tabiat ajoyibotlarini jismoniy va ijtimoiy vositalar
Orqali egallash uchun xizmat qiladi. Xuddi shunga o`xshash o`zligini anglash
Jarayoni insoniyatning barcha tarixiy va evolyutsion tarakqiyoti davrlariga xos
Xususiyat sanaladi. Insoniyat taraqqiyotining tarixiy davrlarida kishilarda ichki
Ruhiy imkoniyatlar yuzaga chiqa boshlagan, tug`ma mayl va layoqatlar alomatlari
Asta-sekin iste’dodga, qobiliyatga aylana borgan.-
Hozirgi kunda jahon psixologiyasi fani o`zini o`zi boshqarish va
Takomillashtirish, o`zini o`zi qo`lga olish, o`ziga o`zi buyruq berish, o`zini o`zi
Tarbiyalash bo`yicha boy materiallar to`plagan, bu esa o`z navbatida inson
Munosabati, maqsadi, xolati, kechinmalari o`zgarishini yangidan yaralishi haqida
Ilmiy-tatbiqiy ma’lumotlar beradi, kundalik turmush psixologiyasi rang-
Barangligini ta’minlab turadi. Psixologiya inson psixikasini aniqlash,
Shakllantirish, yangi sharoitga ko`chirish, takomillashtirish, rivojlanish
Dinamikasini ta’minlash, yangi sifat bosqichiga o`tishini qayd kilish imkoniyati
Borligi bilan o`ta amaliy, tatbiqiy fanga aylangandir. Psixologiya fanining sohalari
Uning amaliyot uchun muhim axamiyat kasb etishidan dalolat beradi
(hukuqshunoslik psixologiyasi, klinik psixologiya, mehnat psixologiyasi, savdo
Psixologiyasi, sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, maxsus psixologiya,
Sport psixologiyasi va hokazo). Psixologiya amaliy, tatbiqiy jihatdan uch
Predmetiga ega bo`lib, amaliy sotsial psixologiya, injener psixologiya, oilaviy
Psixoterapevt, tibbiyot psixologiya, maktab psixologiyasi kabi sohalarni o`z ichiga
Qamrab olgandir.
Kundalik turmushda to`planadigan
Psixologik bilimlar kuzatishlar, mulohazalar u yoki bu yaqqol holatga nisbatan
Qarorga kelishlar zamiriga quriladi. Ilmiy psixologik bilimlar tashxis qilish,
Sinash, tajriba (eksperiment) o`tkazish orqali bir voqelikni bir necha marta
Takroran tekshirishlar yordamida umumlashtiriladi. Agarda kundalik turmush
Psixologiyasining materiallari tabiiy ravishda ro`y bergan vaziyat, holat, voqelik
Kabilarni tahlil hilish natijasida yuzaga kelsa, ilmiy psixologik bilimlar keng
Qamrovli tajriba ma’lumotlariga tayanadi. Tajribalar esa bir necha bosqichlardan,
Qismlardan tashkil topgan holda vaziyatlar tabiiy ko`rinishini kutib o`tirmasdan,
Balki zarur sharoit yaratiladi.
«Psixologiya» (yunoncha psychelogos) so`zini o`zbek tiliga tarjima qilsak, u
«jon», «ruh» haqidagi «fan, ta’limot» degan ma’no anglatadi. Biroq hozirgi
Davrda «jon» tushunchasi o`rniga «psixika»ni qo`llashda davom etmoqdamiz.
Lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir xil ma’noni
Bildiradi. Lekin «psixika» tushunchasi bugungn kunda «jon»dan kengroq
Ko`lamga ega bo`lib, ham ko`zga ko`rinuvchi, ham ko`zga ko`rinmovchi
Tomonlarini o`zida aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari faoliyat, xulq,
Muomala yaqqol namoyon bo`lish xususiyatiga ega bo`lsa, bilish jarayonlari,
Psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy farazlar miyada
Mujassamlashgani uchun ular ko`zga ko`rinmaydi.
Bugungi kunda psixologiya to`g`risidagina emas, balki uning sohalari
Bo`yicha ham boy ilmiy materiallar to`plangan. Jahon psixologiya fani tajribasidan
Mana bunday sohalar mustaqil tadqiqot predmetiga ega ekanligi haqida ishonchli
Dalillar mavjuddir: mehnat psixologiyasi (injenerlik psixologiyasi, aviatsiya
Psixologiyasi, kosmik psixologiyasi), pedagogik psixologiya (ta’lim
Psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, oliy maktab psixologiyasi, maxsus
Psixologiya, iste’dod psixologiyasi) tibbiyot psixologiyasi (psixoterapiya,
Psixogigiena, psixofarmokologiya, patopsixologiya), yuridik psixologiya (mehnat
Tuzatish, sud psixologiyasi, sud psixologik ekspertizasi) harbiy psixologiya,
Savdo va reklama psixologiyasi, sport psixologiyasi, yosh psixologiyasi, qiyosiy
Psixologiya, psixofiziologiya, eksperimental va amaliy psixologiya kabilar.
Psixologiya predmet quyidagilarni qamrab olishi zarur:
1) Psixologik bilish jarayonlari (sezgi. Idrok, xotira va hokazo)
2) Psixikaning shakllari (faoliyat, xulq, muomala),
3) Psixikanppg holatlari (kayfiyat, xayolparishonlnk kabilar),
4) Psixikaning hodisalari,
5) Psixikaning xislatlari, fazilatlari, sifatlari, xossalari,
6) Psixikaning qonuniyatlari,
7) Psixikaning mexanizmlari,
8) Psixik sharoit, muhit, vaziyat,
9) O`zaro sababiy bog`lanishlar,
10) Tadqiqot metodlari, vositalari, materiallari, printsiplari
Va hakazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |