Tarmoq protokollari – manzillash, yo‘naltirish, xatoliklarni tekshirish va qayta uzatish so‘rovlarini boshqaradi. Ularni ko‘p ishlatiladiganlari quyidagilar:
· IP (Internet Protocol) – axborot uzatish uchun TCP/IP – protokoli;
· IPX (Internet Work Packet Exchange) – paketlarni uzatish va yo‘naltirish uchun mo‘ljallangan Net Ware firma protokoli;
· NW Link – IPX/SPX protokollari Microsoft firmasining tadbiqi;
· Net BEUI – transpotr protokoli – u axborotlarni tegishli vaqtda uzatish va Net BIOS ilovasi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, protokollarni loyixalashtiruvchilar yuqorida ko‘rsatilgan bosqichlarga xar doim xam rioya qilmaydilar. Masalan, bazi protokollar OSI modelining bir necha bosqichlarining vazifalarni bajarsa, boshqa protokollar bir bosqichning bazi vazifalarini bajaradi. Bu xol turli firma protokollarini ko‘pincha o‘zaro mos tushmasligiga olib keladi, yana bu protokollar o‘zi tuzgan protokol to‘plamida (stek) muvafaqiyatli ishlatilishi mumkin, ular u yoki bu xolda tugallangan gurux vazifalarini bajarishi mumkin. Xuddi shu tarmoq operatsion sistmasini «firma» qilish mumkin, ya’ni ochiq standart OSI modeli bilan o‘zaro mos tushmaslikka olib keladi.
Misol tariqasida 2.1, 2.2 va 2.3 – rasmlarda protokollarning nisbati sxematik ravishda keltirilgan. Unda standart OSI modeli bosqichlari bilan taniqli va ishlatiladigan firma tarmoq operatsion sistemalarining mosligi taqqoslangan, chizmalardan ko‘rinib turibdiki amalda xech bir bosqich bilan ideal model bosqichlarining aniq mos tushishi kuzatilmaydi.
2.1 – rasm. Windows NT operatsion sistemasi protokollari bilan OSI modeli bosqichlarini solishtirish
OSI NetWare
2.2 – rasm. Net Ware operatsion sistema protokollari bilan OSI modeli bosqichini solishtirish
OSI Internet protokollar to‘plami
2.3 – rasm. Internet tarmoq protokollari bilan OSI modeli bosqichlarini solishtirish
Endi ko‘p tarqalgan bazi protokollar xaqida to‘xtalib o‘tamiz.
Mantiqiy ulanishsiz muloqot usuli (Metod deytogramm) – Qadimgi va sodda usul, unda xar bir paket mustaqil ob’ekt sifatida qaraladi (2.4rasm). Paket mantiqiy kanal o‘rnatilmasidan uzatiladi, ya’ni qabul qiluvchi qurilmasini axborot qabul qilishga tayyorligni aniqlovchi xizmatchi paket jo‘natilmasdan va shuningdek mantiqiy kanalni yo‘q qilmasdan, ya’ni uzatish tugagani xaqida xabar beruvchi paketsiz. Paket qabul qiluvchiga yetib bordimi yoki yo‘qmi nomalum (paket olinganligi xaqidagi xabar yuqoriroq bosqichga qoldiriladi).Deytagramma usuli qurilmalarga qo‘yiladigan talablarni oshiradi (chunki qabul qiluvchi qurilma xar doim paketni qabul qilishga tayyor bo‘lishi kerak). Usulning afzalliga shundaki, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalar bir-biriga bog‘lanmagan xolda ishlaydilar, paketlar bufer xotira qurilmasiga to‘planib so‘ng birdaniga uzatilishi mumkin, xamma abonentlarga paketni bir vaqtning o‘zida manzillash mumkinligida. Usulning kamchiligi – paketning yo‘qolish extimoli borligida, shuningdek qabul qiluvchi qurilma yo‘q bo‘lsa yoki tayyor bo‘lmagan xolda tarmoq befoyda paketlar bilan band bo‘lish extimoli mavjud.
2.4– rasm. Deytogramma usuli
Mantiqiy ulanish usuli– bu murakkab, ancha yuqori darajadagi muloqot. Paket uzatish va qabul qilish qurilmalari o‘rtasida mantiqiy ulanish (kanal) o‘rnatilgandan keyingina uzatiladi. Xar bir axborot paketlariga bir yoki bir necha xizmatchi paket qo‘shiladi (ulanishni o‘rnatish, qabulni tasdiqlash, qayta uzatishni so‘rash, ulanishni uzish). Mantiqiy kanal bir yoki bir necha paketlarni uzatish uchun o‘rnatilishi mumkin. Deytagramma usuliga qaraganda bu usul ancha murakkab, lekin unga qaraganda ancha ishonchliroq, chunki mantiqiy kanalni uzgunga qadar uzatuvchi qurilmaning ishonchi komil, u uzatgan xamma paketlar o‘z joyiga yetib borganligiga. Bu usulda tarmoqning bekorchi paketlar tufayli yuklamasi oshib ketishi xam bo‘lmaydi. Usulning kamchiliklari shundan iboratki, qabul qiluvchi abonent u yoki bu sababga ko‘ra axborot almashishga tayyor bo‘lmasa, masalan, kabelni uzulishi tufayli, elktr manbayini o‘chishi sababli, tarmoq qurilmasining nosozligi va nixoyat kompyuterni nosozlik xollarida vaziyatdan chiqib ketish ancha mushkul masala bo‘lib qoladi. Bu xolda tasdiqlanmagan paketni qayta uzatish algiritmi lozim bo‘ladi va tasdiqlanmagan paket turi xam muximdir.
Birinchi usulda ishlatilgan protokollarga misol – bu IP va IPX, ikkinchi usulda ishlaydigan protokollar – bu TCP va SPX. Aynan shuning uchun bu protokollar bog‘langan to‘plam ko‘rinishida foydalaniladi TCP/IR va IPX/SPX, ularda ancha yuqori bosqichdagi protokol (TCP, SPX), pastroq bosqich protokollari asosida ishlaydi (IP, IPX), talab etilgan tartibda paketni bexato yetkazib berish kafolatlanadi. Bu ko‘rib chiqilgan ikki usul afzalliklaridan birgalikda foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |