Reja: 1. Polimerlarning bo`kishi va bo’kish dаrаjаsi 2. Bo’kish kinetikаsi vа ungа tа`sir etuvchi оmillаr 3. Eritmа kоmpоnyentlаri оrаsidаgi mоyillik 4. Polimer eritmalari termodinamikasining Flori-Xaggins nazariyasi.
1.Polimerlarning bo`kishi va bo’kish dаrаjаsi Yuqori molekulyar birikmalarning erishi quyi molekulyar birikmalarning erishidan farq qiladi.
Bo‘kish chekli va cheksiz bo‘ladi.
Cheksiz bo‘kish. Yuqorida ta’kidlanganidek cheksiz bo‘kish erishning birinchi bosqichi bo‘lib, polimer zanjirlari bir-biridan ajraydi va quyimolekulyar erituvchi molekulalari bilan aralashadi.
Cheksiz bo‘kish polimerning to‘liq erishi bilan tugaydi (jelatina issiq suvda, kauchuk benzolda). Chiziqli va to`rsimon polimerlarning bo`kishi bir-biridan farq qiladi. Chiziqli polimerlar uchun bu jarayon ikki suyuqlikning chekli aralashishiga o`xshashdir; ma`lum sharoitda (ya`ni harorat yoki komponentlar kontsentratsiyasining ma`lum qiymatida) chekli bo`kish cheksiz erishga o`tishi mumkin.
Chekli bo‘kish. Bo‘kish har doim ham erish bilan tugavermaydi. Ko‘pincha jarayon ma’lum bo‘kish darajasiga etishi bilan to‘xtaydi. Buning sababi polimer bilan erituvchining chekli aralashishidir.
Chekli bo‘kishning sababi quyidagicha: polimer zanjirlarining o‘zaro ta’sirlanish energiyasi ularning erituvchi molekulalari bilan ta’sirlanish energiyasidan yuqoriroq bo‘ladi, natijada zanjirlar bir-biridan to‘liq ajralmaydi. Haroratning ortishi zanjir molekulalari orasidagi bog‘larni uzadi va chekli bo‘kish cheksiz bo‘kishga o‘tadi. Chekli bo‘kishning yana bir sababi, polimer zanjirlarining choklanishidadir. Choklanish natijasida polimer bitta yagona to‘rsimon moddaga aylanib qoladi va molekulalararo kimyoviy bog‘lar polimer molekulalarining eritmaga o‘tishiga halal beradi. Misol tariqasida vulqonlangan kauchukning benzolda bo‘kishini ko‘rish mumkin.
Chekli bo‘kishda polimer bo‘kib bir qiymatga yetgandan keyin qancha vaqt o‘tsa ham bo‘kish darajasi o‘zgarmaydi (jelatina sovuq suvda, rezina benzolda shunaqa bo‘kadi). Bu jarayonlarni grafik usulda quyidagicha ifodalash mumkin: Chekli bo`kishning sababi quyidagicha: polimer zanjirlarining o`zaro ta`sirlanish energiyasi ularning erituvchi molekulalari bilan ta`sirlanish energiyasidan yuqoriroq bo`ladi, natijada zanjirlar bir-biridan to`liq ajralmaydi. Haroratning ortishi zanjir molekulalari orasidagi bog’larni uzadi va chekli bo`kish cheksiz bo`kishga o`tadi. Chekli bo`kishning yana bir sababi, polimer zanjirlarining choklanishidadir. Choklanish natijasida polimer bitta yagona to`rsimon moddaga aylanib qoladi va molekulalararo kimyoviy bog’lar polimer molekulalarining eritmaga o`tishiga halal beradi. Misol tariqasida vulqonlangan kauchukning benzolda bo`kishini ko`rish mumkin.