2.Ruhiy poklik.
Zamonaviy ilm-fan rivoji tufayli malum bo`ldiki, kasalliklarning deyarli barchasi nopoklik tufayli tarqalar ekan. Yomon niyatli odam esa axiyri uzining boshini yer ekan. Bugungi kunda asr vabosi deb nomlangan dahshatli kasallik – OITS manaviy nopoklikdan kelib chiqqani fikrimizning yorqin dalilidir. Aslida, bunday kasallik paydo bulishining uzi inson zoti uchun sharmandalikdir. Chunki koinotga parvoz qilayotgan, simsiz aloqani kashf qilib, butun dunyoni ulkan akhborot omboriga, muloqot maydoniga aylantirayotgan inson uzining tiyiqsiz nafsini jilovlay olmay, uzining asliyatiga zid bulgan razolat botqogiga botib, oqibatda ota-bobolarining etti ukhlab tushiga kirmagan bedavo dardga chalinib utiribdi. Vaholanki, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam manaviy poklikning hayo, ibo, iffat kabi kurinishlaridan uzoqlashishning ana shunday oqibatlarga olib kelishi haqida un turt asr muqaddam ogohlantirgan edilar.
Dunyodagi birinchi qotillikka ham aynan manaviy nopoklik – hasad sabab bulgan. Ming afsuski, bu nopoklik hamon insoniyatning umriga egov bulib kelmoqda. Bugungi kunga kelib, Oyga, Marsga suniy yuldosh uchirayotgan, inson azolarini kuchirib utkazayotgan inson uz quli bilan misli kurilmagan qudratga ega ommaviy qirgin qurolini yasab quyib, endi uni yuqota olmay utiribdi.
Uzi utirgan shokhni arralayotgan johil inson tabiatni payhon qilib, nafaqat uzi yashayotgan tuproqni, uzi ichayotgan suvini, hatto uzi nafas olayotgan havoni ham ifloslantirib, atrof-muhitni ekologik halokat yoqasiga keltirib quydi. Vaholanki, dinimizda isrof taqiqlangan, hatto daryoning yoqasida utirgan odamga ham tahorat qilishda suvni isrof qilmaslik buyurilgan. Bulmasa, tahorat olishga qancha suv ketar edi? Shu ozgina suv bilan butun boshli daryoning suv kamayib qolarmidi? Demak, bu ilohiy kursatmani ramziy manoda anglashimiz kerak ekan. Alloh taolo: «Shukr qilinglar, ziyoda qilaman», deb marhamat qilgan. Nematning shukri qanday buladi? Faqat tilda shukr aytish, bu nematni bizga kim berganini etirof qilish bilanmi? Yuq, albatta. Haqiqi shukrona «Englar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar», degan oyatga amal qilish bilan kamoliga etadi. Yuqolib borayotgan hayvonot, nabotot dunyosi, ichimlik suvi tanqisligi dunyo miqyosidagi bir necha asrlik isrofning oqibatidir.
Bugungi kunda turli siyosiy, milliy va hatto diniy sabablar rukach qilinayotgan qonli urushlarning asl sababi ham misli kurilmagan isrofgarchilik tufayli kamayib borayotgan quvvat va yoqilgi zahiralaridir. Alloh taolo bu had-hisobsiz er usti va er osti boyliklarini inson bir-birining kuzini uyib, talashib-tortishi, talon-taroj qilishi uchun bermagan edi, balki uni tejamkorlik bilan, oqilona tasarruf qilish, tinchlik, bunyodkorlik maqsadlarida foydalanish uchun ato etgan edi. Buni qarangki, moddiy va manaviy poklikka rioya qilmaslik bevosita va bilvosita ana shunday khatarli, ayanchli oqibatlarga olib kelar ekan. Bir suz bilan aytganda, bularning barchasi sizu bizga bu ajib dunyoni yaratib bergan pok Robbimiz Alloh taoloning birgina amriga – poklikka rioya qilmaganimizning oqibatidir. Poklik ana shunday olamshumul ahamiyatga molik masaladir.
Albatta, bir muammoning sabablarini aniqlash, uning oqibatlarini kursatib berish yakhshi. Ammo eng muhimi bu muammoning echimlarini topish va uni bevosita amalga oshirishdir. Shunday ekan, bu borada biz, musulmonlar, buyuk allomalar yurti bulmish jannatmakon Vatanimiz fuqarolari nima qilishimiz kerak? Bizning vazifamiz – bu boradagi islohni avvalo uzimizdan, uz oilamiz, mahallamizdan boshlashdir. Buning uchun oilada farzandlarni manaviy va moddiy tozalikka, poklikka urgatishimiz, avvalo qalbni, niyatni, maqsadni pok qilish, qolaversa, jismini, libosini, uy-joyini, mahallasini, yurtini pokiza, kurkam, ozoda tutish, tabiatdan, atrof-muhitdan tejamli, oqilona foydalanish va uni kelajak avlodlar uchun avaylab-asrash ruhida tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun khalqimizning ming yillik milliy-manaviy qadriyatlaridan, urf-odatlaridan unumli foydalanishimiz, ugil-qizlarimizni dinu diyonatli, insofli, mustaqil fikrli, gayratli, shijoatli va bunyodkor insonlar qilib tarbiyalashimiz kerak. Poklik, tozalik degan suzlarning lugaviy manosi barchamizga malum. Ular hech qanday kir, zarar va shu kabi salbiy tasirlar aralashmagan holat yoki narsani anglatadi. Toza suv deganda rangi, hidi, tami uzgarmagan suv tushunilsa, pokiza libos deganda toza yuvilgan, dog tegmagan kiyim tushuniladi va hokazo. Bularning barchasi moddiy tozalikdir. Ammo manaviy poklik ham borki, bu poklik insonning ichki dunyosida, qalbida, ruhida buladi. Insonning asli, javhari, uning jismini, khatti-harakatlarini boshqarib turuvchi masdar esa ruhdir. Demak, uning moddiy pokligi ham manaviy poklikdan kelib chiqadi. Shuning uchun poklik deganda faqat moddiy yoki faqat manaviy poklikni keskin ajratib bulmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |