Deskriptorning bu turidan XML hujjatlarda foydalanish mumkin.
SCRIPT turi:
Deskriptorning bu turi JavaScript va VBScript dasturlari bilan ishlaganlar uchun
juda yaxshi tanish.
PHP operatorlari
PHP interpretatori bajarishi kerak bo'lgan biror amal PHP operatori yordamida
ko‘rsatiladi. Quyidagi misolda PHP ning ma’lumotlarni
chiqazish operatorlarini
ko‘rib chiqamiz. PHP da ma’lumotlarni ekranga chiqazish operatori echo va print
operatorlaridir.
PHP tili turli ma’lumotlar bazasi bilan bog’lana oladi, bu esa uning
yo’tuklaridan biri hisoblanadi. Bu bo’limda MySQL ma’lumotlar bazasi haqida so’z
boradi. Gap shundaki MySQL keng tarqalgan bepul ma’lumotlar bazasi bo’lib, u
PHP – senariylar yaratishda qo’llaniladi. MySQL dastur interfeysi SQL tili
buyruqlaridan foydalaniladi. Har bir ma’lumotlar bazasi o’zining dasturiga ega
bo’lgani kabi MySQL ham dastur interfeysiga ega. MySQL dasturi o’rnatilgandan
so’ng mysql.exe fayli yordamida konsol oynali dastur ishga tushadi.
Bazadan
ma’lumotlarga murojat umumiy protsedurasini keltiraiz.
MBBT() ga bog’lanish
SQL() buyruqlari
MBBT() tizimidan chiqish
?>
MySQL - bu eng mashhur va juda ko‘p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini
boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash
uchun
yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda
ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi
kunda juda ko‘p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT
saqlanadi.Ho‘sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab,
ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl ochilib
kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan.
Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar
yuzaga kelgan, ya'ni faylni
ochish, o‘qish, yopish,.. ko‘p vaqtni olib qo‘ygan, u yerdan qidirish, xullas juda
ko‘p), ma'lumotlar bazasiga o‘tilgan.
Bazada saytdagi maqolalar, sayt
foydalanuvchilari
haqidagi
ma'lumotlar,
sayt
kontentlari,
qoldirilgan
kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o‘xshash juda
ko‘p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o‘zida
saqlaydi.MySQL - juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda
ishlash juda sodda va uni o‘rganish qiyinchilik tug‘dirmaydi.MySQL tizimi tcx
kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida
ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida
yoyildi.So‘rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion
ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan
tashkil topgandir.MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin,
ya'ni MYSQLni ko‘chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va
GPL(GNU
Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL
shartiga ko‘ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu
dasturingiz ham GPL(tekin) bo‘lishi kerak. Bu esa dasturchiga to‘g‘ri kelmaydi.
Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik
litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
Mysql [-h tugun] [-u foydalanuvchi_nomi] [ma’lumotlar_bazasi_nomi]
Kvadrat qavslar ularning qo’yilishi muhim emasligini bildiradi. Tugun – bu MySQL
ishlab turgan kompyuter nomi. Agar bu parametr ko’rsatilmagan bo’lsa,
u holda
MySQL lokal kompyuterda ishlab turibdi deb hisoblanadi. Agar foydalanuvchi
nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda kompyuter yuklanganda ro’yxatdan utgan
foydalanuvchi ishlatayotganligi tushuniladi. Agar ma’lumotlar bazasi nomi
ko’rsatilmasa, MySQL mavjud bazasi ishlab turganligini bildiradi.
parametri
faqatgina MySQL ishlash uchun parol suragan takdirdagina ko’rsatiladi. Agar
mavjud bo’lgan ma’lumotlar bazasiga bog’lanish uchun USE buyrug’idan
foydalaniladi. Masalan cars bazasiga bog’lanish uchun
USE cars;
buyrug’i ishlatiladi. Shundan so’ng ekranda baza tanlanganligi haqidagi
xabar chiqadi.
Database changed
Agar ro’yxatdan o’tish paytida baza MySQL serverida baza tanlanmagan bo’lsa va
USE buyrug’idan oldin boshqa buyruqlar ishlatilgan bo’lsa, u holda quyidagi
xatolik ekranda paydo bo’ladi.
ERROR 1046:p No Database
Selected
Ma’lumotlar bazasini bilan ishlashdan oldin ma’lumotlar bazasini o’zini yaratish va
undan so’ng jadvallar yaratish mumkin. Ma’lumotlar bazasini yaratish uchun SQL
buyrug’i CREATE DATBASE buyrug’idan foydalanish mumkin.
CREATE DATBASE cars;
MySQL bu surovni Qayta ishlagandan so’ng quyidagi xabarni chiqaradi.
Query Ok, 1 row affected (0.07 sec)
Jadval yaratish uchun SQL tilining CREATE TABLE buyrug’idan
foydalaniladi.Masalan quyidagicha
CREATE TABLE Equipment
(Equip_ID INT UNSIGNED NOT NULL AUTO INCREMENT PRIMARY KEY,