Pedagogning kasbiy ma'suliyati va moslashuvchanligi
Reja:
1.Pedagogning maʼsuliyati va moslashuvchanligi haqida tushuncha.
2.Pedagog maʼsuliyati va moslashuvchanligining pedagogik - psixologik jihatlari.
Rivojlangan mamlakatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Shveysariya,
Germaniya, Malaziya, Kanadaning mutaxassilar tayyorlash bilan bog„liq tajribasi shuni
ko„rsatadiki, talabalarda tanlangan mutaxassislikning o„ziga xosligidan kelib chiqqan holda
intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo„lib, mazkur vazifani bajarish asosida
ta'lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta'minlanadi. Bunda kasbiy tayyorgarlikning asosiy
mezonlari sifatida bo„lajak mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik
doirasidagi bilim, ko„nikma va malakalarning o„zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga
moslashish darajasi belgilanadi.
1. Tolipov O„.Q. Oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy ko„nikma hamda
malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari / Monografiya. – T.: Fan, 2004.B –73-
80.
Darhaqiqat, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida ma'naviy-
axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy kompetentlikning shakllanishi
uchun zarur bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar darajasini ifodalaydi.
Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta'lim muassasalari
oldiga qo„yiladigan masalalardan eng muhimi ya'ni bo„lajak o„qituvchilarni tayyorlash
jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi. Bunda:
- mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyotning eng
so„nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib turiladigan kasbiy ta'lim dasturlarini
yaratish;
- uzluksiz ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o„zaro mustahkam integratsiyani
yo„lga qo„yish;
- ta'lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o„quv-uslubiy adabiyotlar bilan
ta'minlansh;
- oliy ta'lim tizimiga yuqori malakali o„qituvchi, metodist va muhandis-pedagoglarning
jalb etish;
- bo„lajak o„qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish,
shuningdek, ularda faol kasbiy motivasiyani qaror toptirish;
- oliy ta'lim muassasalari o„quv amaliyotiga innovatsion o„qitish texnologiyalarini keng
tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi.
Jarayon samaradorligini belgilovchi ushbu omillar “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
mazmunida kichik mutaxassislar tayyorlash tizimiga qo„yilgan ijtimoiy talablarining amaldagi
ijrosini ta'minlab, kasbiy tayyorgarlik mazmunini takomillashtirish bilan bog„liq fundamental
tadqiqotlarga zaruratni yuzaga keltiradi.
Ma'lumki, kasb tanlash, kasbga yo„naltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari tasavvuf ilmi
bilan uyg„unlashgan. Sharq pedagogikasida ming yillar davomida xalqimiz ma'naviyatining
shakllanishida muhim manba bo„lib kelgan “Qur'oni karim”, Hadisi shariflarda, shuningdek,
buyuk mutafakkirlar Muhammad Ismoil al-Buxoriy, Muhammad Iso at-Termiziy, Mahmud
Qoshg„ariy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Husayn Voiz Koshifiy, Amir Temur, Alisher
Navoiylarning ilmiy merosida nodir fikrlar tarzida o„z ifodasini topgan.
Mazkur fikrlarning tasdig„ini Abu Rayhon Beruniyning o„qituvchi faoliyatiga bergan
izohidan ham ko„rishimiz mumkin bo„ladi. Beruniy yoshlarni o„qitish uchun o„qituvchi tanlash
ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Buning uchun o„qituvchi xushmuomala,
rostgo„y, o„z fanini va o„qitish qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza, yurish va turishda namuna
bo„lishini talab etadi. Agar, – deydi Beruniy, – tarbiyachining o„zi o„rnak bo„lmasa, aytgan
gapiga o„zi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir. Yangi davr pedagogikasining
asoschilaridan sanalmish Mahmudxo„ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat asarlarida
ham ta'lim-tarbiya va bu jarayondagi o„qituvchining o„rni va xizmatlari davrning ijtimoiy-siyosiy
hayotidan kelib chiqib, o„ziga xos ravishda talqin etilgan.
2. Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.–
T.: O„qituvchi, 1996. B–10-12.
Jumladan, Abdulla Avloniy o„qituvchi faoliyatiga alohida to„xtalib, bolaning fikriy
taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “Fikr tarbiyasi eng
kerakli, ko„p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan,
vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g„ayratli, bo„lishiga
sabab bo„ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati,
kengligi muallimning tarbiyasiga bog„liqdir”, – deydi.
3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – T.: O„qituvchi, 1992. B – 16.
4. Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.–
T.: O„qituvchi, 1996. B–36-40.
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o„qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng ta'rif
berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya'ni axloqli, odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi,
farosatliligi, aql-zakovatliligi ta'lim- tarbiya jarayoni uchun asosiy negiz bo„lsa, ijodiy izlanish
o„qish va o„qitishning yangi shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o„qituvchining eng muhim
kasbiy sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy o„qituvchi faoliyatiga nisabatan
akmeologik yondashuvni o„z davri qiyofasida olg`a suradi.
Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta'lim-tarbiya masalalariga alohida e'tibor beriladi.
Xususan, olim ta'lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, o„qituvchi Talabalarning o„zaro muloqotini
tashkil etish, olib borishda eskicha qolipdan chiqib yangi islohotlar qilish kerakligi, buning
uchun esa, mudarrislarning (eski maktab o„qituvchisi) nodonligiga chek qo„yib, ularni o„qitish
usullarini Talabalarning individual qobiliyatlariga qarab tubdan o„zgartirish zaruratini bayon
qiladi.
Uzluksiz ta'lim tizimini modernizasiyalash va mazmunan takomillashtirish orqali bo„lajak
o„qituvchilarni kasbiy moslashtirish muammosi bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning
asosini tashkil etmoqda.
So„nggi
yillardagi
zamonaviy
pedagogik-psixologik
tadqiqotlarda
bo„lajak
o„qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish muammosi keng doirada o„rganilib, uning
ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi.
Xususan, kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida tashkil etilgan uzluksiz ta'lim tizimida
ta'lim sifatini boshqarish, ta'lim menejmenti muammolari Sh.E.
Qurbonov, E.X. Seytxalilovlar tomonidan tadqiq etilib, mazkur muammoning echimi
yuzasidan ta'lim sifatini boshqarish modeli ishlab chiqilgan .
1 Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: pedagogik ilmiy
tadqiqot muammolari va yo„nalishlari. – T.: Fan, 1999 y. – 189 b.
2 Inoyatov U.I. Teoreticheskie i organizasionno-metodicheskie osnovi upravleniya
kontrolya kachestva obrazovaniya v professional'nom kolledje: Diss. ... dokt. ped. nauk. – T.:
2003. – 327 s.
3 Muslimov N.A. Kasb ta'limi o„qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik
asoslari: Ped.fanl.dokt. ... diss. – T.: 2007. – 357 b.
Uzluksiz taʼlimning muhim boʼgʼinlaridan boʼlgan oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi
tizimida taʼlim sifatini boshqarish va nazorat qilishning nazariy va tashkiliy-uslubiy asoslari esa
U.I. Inoyatov tomonidan keng oʼrganilgan. U.I. Inoyatov oʼz tadqiqotlarida kasb-hunar kollejini
samarali boshqaruv tuzilmasini shakllantirgan holda taʼlimda sifat nazoratini amalga oshirish
modelini ishlab chiqqan .
Pedagog olim N.A.Muslimovning tadqiqotlarida esa pedagogik va texnik bilimlarning
integratsiyasi asosida oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida faoliyat olib boradigan kasb
taʼlimi oʼqituvchilarining kasbiy shakllanishi muammolari, uning kasbiy-pedagogik faoliyatini
modellashtirish, boʼlajak kasb taʼlimi oʼqituvchisini tayyorlash jarayonini standartlashtirishning
metodik asoslari, boʼlajak kasb taʼlimi oʼqituvchisining shakllanganlik darajasini baholash
metodikasi va pedagogika fanlarining boʼlajak kasb taʼlimi oʼqituvchisini kasbiy
shakllantirishdagi imkoniyatlari kabi muammolarning amaliy echimiga alohida eʼtibor
qaratilgan.
Pedagog-psixolog tadqiqotchilar M.I. Dyachenko va A.M. Stolyarenkolar boʼlajak
oʼqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini uning mavjud moslashish darajalari bilan bogʼlab
quyidagicha yoritadilar:
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi, yaʼni, statik komponentlar
kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, koʼnikma, malakalar, zaruriy sifatlar hamda shaxsning
zarur boʼlgan kasbiy imkoniyatlari darajasi.
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi, yaʼni, mutaxassisning
tezkorligi, oʼzgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy holati, har qanday holat va sharoitda aniq
masalalarni echishga yoʼnalganligi bilan ifodalanadi .
3. Ilin N.E. Motiv i motivatsii. – M.: Piter, 2008. S– 44.
Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda turli falsafiy-
metodologik yondashuvlar mavjud boʼlgan hamda hozirda ham mavjudligi koʼrinmoqda.
Dastlab, “taʼlim” tushunchasiga toʼxtalamiz. B.M.Bim-Badning taʼrifiga koʼra, taʼlim oʼzida
tarbiya, oʼqish va oʼqitishni qamrab oladi. V.I.Andreev «taʼlim»ni «madaniyat»da oʼz aksini
topuvchi, oʼqitish va tarbiya orqali amalga oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. oʼz
navbatida “oʼqitish” kategoriyasi insonning “taʼlimi”, “tarbiyasi” va “rivojlanishi” tushunchalari
orqali ochib beriladi. Baʼzi adabiyotlarda “rivojlanish”, “shakllanish” va “moslashish” orqali
amalga oshadi deb qayd etilsa, boshqalarida “moslashish” “rivojlanish” orqali deb taʼkidlanadi.
Bunga qaramasdan, koʼplab mualliflar “rivojlanish” tushunchasining nisbatan kengroq va
qamrovliroq ekanligini va shaxsning asosiy motivatsion ehtiyojlari, kognitiv, irodaviy va tashkil
etuvchilari oʼzgarishlar dinamikasini ifodalashda koʼproq qoʼllanilishini eʼtirof etadilar.
Maʼlum maʼnoda murakkabroq boʼlgan “rivojlanish” tushunchasidan farqli ravishda,
“moslashish” tushunchasi koʼproq darajada tashqi va ichki omillarning faol shakllari taʼsirida
shaxs rivojlanishiga taʼsir koʼrsatishning natijasini oʼzida aks ettiradi.
Psixologik lugʼatlarda “Moslashish (lot. adaptare moslashtirmoq) - sezgi aʼzolarining
qoʼzgʼovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning oʼzgarishi” sifatida
taʼriflanadi. Moslashish hodisasida sezgirlik ortishi hamda kamayishi mumkin kuchli taʼsirotdan
kuchsiz taʼsirotga oʼtganda sezgirlik asta - sekin ortib boradi; taʼsirot kuchayganda esa, sezgirlik
aksincha kamayib boradi. Moslashish qonuniyati barcha sezgilarga xosdir.
Pedagog olima N.Egamberdieva oʼzining ilmiy izlanishlarida moslashish jarayonlarining
shaxs ijtiomiylashuvi bilan bogʼliq holda yoritib, mazkur tushunchaga nisbatan quyidagi
mulohazalarni ilgari suradi: “Moslashish – insonning ijtimoiy muhit bilan oʼzaro faol
munosabatda boʼlish va uning potentsialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati;
ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni oʼzlashtirishdir. Zamonaviy fanda ijtimoiylashuv
tushunchasi shaxsning moslashuvi va individuallashish jarayonlarini oʼzaro bogʼlaydi. ...Bu
jarayon uch asosiy sohada amlga oshadi:
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʼlga kiritish, erkin moʼljal
olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor
meʼyorlarini oʼzlashtirish.
3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oʼz
ijtimoiy mansubligi va oʼrnini anglash, oʼziga baho berishni shakllantirish.
Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. Alisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston milliy
kutubxonasi. – T.: 2009. B–86-87.
Tahlillarimizdan maʼlum boʼldiki, “moslashish” kategoriyasi koʼproq ijtimoiy tarbiya
muammolariga bagʼishlangan pedagogik tadqiqotlarda uchraydi. Ammo, uning shaxs
imkoniyatlarini muayyan faoliyat turiga nisbatan yoʼnaltirish, subʼekt va ijtimoiy muhitning
oʼzaro faol yaqinlashuvi jarayoni natijasi sifatida qaralsa, hamda, kasbiy faoliyat ijtimoiy
faoliyatning bir turi sifatida tatqiq etilishi nazarda tutilsa, moslashish va ijtimoiylashuv
kategoriyalarini izohlashda alohidalikka intilish oʼzini oqlamaydi.
Kasbiy moslashish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, kasb
tanlash motivatsiyasi, balki ushbu faoliyat turi bilan shugʼullanishga nisbatan layoqatning
mavjud boʼlishi ham talab etiladi.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arzikulov talabalarining kasbiy moslashtirish
jarayonini tabaqalashtirilgan taʼlim tizimining tarkibiy qismi sifatida eʼtirof etadi. Ushbu
tadqiqotlarda kasbiy moslashtirishning zaruriy shart-sharoitlaridan biri sifatida tabaqalashtirilgan
taʼlimning tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish muammolari, tabaqalashtirilgan taʼlimning
kasbiy moslashtirish jarayoniga taʼsiri qarab chiqilgan.
Yuqorida tahlil etilgan taʼriflardan shu holat maʼlum boʼldiki, bir guruh olimlar
shaxsning kasbiy moslashishi tushunchasini motivlar tizimi, ikkinchi guruh olimlar shaxsning
tashqi olamga boʼlgan ustuvor qarashlar hamda uchinchi guruh olimlar inson faoliyatini belgilab
beruvchi xususiyatlar sifatida talqin qiladilar.
Yuqoridagi fikrlarni umlashtirigan holda, kasbiy moslashtirish – shaxs kamolotining
muhim jihatlaridan biri boʼlib, shaxsning faqatgina mehnat va kasbiy faoliyatni tanlash bilan
bogʼliq ehtiyoj va qiziqishlarini ifodalaydi (umumiy rivojlanish barcha ehtiyojlar majmuasini,
uning borliqqa, atrofdagilarga, oʼziga nisbatan munosabatlari tizimini ifoda etadi).
Kasbiy moslashtirish – mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini tanlash bilan
bogʼliq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning ifodalanishi boʼlib, talabalar bilan
amalga oshiriladigan maqsadga yoʼnaltirilgan ishlar bilan bevosita bogʼliq boʼladi.
Shunday qilib, kasbiy moslashtirish boʼlajak mutaxassisda pedagogik faoliyatga boʼlgan
ehtiyojni rivojlantiruvchi, unga nisbatan masʼuliyatli hamda ijodiy yondashuvni, ijtimoiy
qadriyatlar motivatsiyasini tarbiyalovchi hamda shaxsga qaratilgan yoʼnalish kasb etuvchi
jarayonlar alohida tarkibiy qismlarining oʼzaro integratsiyasi sifatida qarash mumkin.
2. Boʼlajak oʼqituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik jihatlari
Tadqiqot muammosini nazariy jihatdan oʼrganish, tahlil etish va ijtimoiy dolzarbligini
asoslashda mavzu doirasidagi ahamiyatli tushunchalar, kategoriyalar mazmunini yoritish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, ilmiy izlanishlar davomida kasbiy moslashtirishning
pedagogik-psixologik aspektlarini: motiv, kasb tanlash motivlari, kasbiy yoʼnalganlik, pedagogik
kasbga yoʼnalganlik, pedagogik faoliyat, kasbiy bilim, koʼnikma va malakalar, kompetentlik
kabi tushunchalarning mohiyati aniqlashtirish orqali yoritishga harakat qildik.
Kasb tushunchasi – bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan
oʼtkazuvchi va unga yashash uchun manba boʼlib xizmat qiluvchi mashgʼulotdir. Kasb bir xil
faoliyat bilan shugʼullanuvchi kishilarni birlashtiradi va bu faoliyat ichida maʼlum aloqalar va
axloq normalari oʼrnatiladi.
1. Klimov E.A. Psixologiya professionalnogo samoopredeleniya. – Rostov-na-Donu:
Finiks, 1996. S–12-14.
2. T.A. Klimov tadqiqotlarida “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha boʼlib
bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi”, deya taʼkidlaydi.
3. V.G. Makushin esa, kasb – bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat
hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbai boʼlib xizmat
qiladi, deya taʼkidlaydi.
Mavjud taʼriflarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: “Kasb mehnat
faoliyatining asosiy shakli boʼlib, uni bajarish uchun inson albatta maʼlum bilim, malaka va
koʼnikmalarga, maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega boʼlishi kerak”.
Mutaxassislik – kasbiy taʼlim, tayyorgarlik yoʼli bilan oʼzlashtirilgan ish jarayonidagi
maxsus bilimlar, koʼnikma va malakalar majmuasi boʼlib, ular u yoki bu kasb doirasida maʼlum
faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi.
Shunday qilib, mutaxassislik – kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi boʼlib, u shaxsiy
yutuqlarga yoki oʼziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yoʼnaltirilgan boʼladi.
Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi
hisoblanadi.
Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga koʼra, “kasbiy tayyorgarlik – bu oʼzini
kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik koʼrgan deb hisoblovchi va uni
bajarishga intiluvchi shaxsning subʼektiv holatidir”.
E. Seytxalilov, B. Raximov va N. Azizxodjaevalar “kasbiy tayyorgarlik – shaxsning aniq
kasbiy faoliyat turi bilan shugʼullanishiga imkon beruvchi nazariy bilim, koʼnikma va
malakalarni oʼzlashtirish jarayonidir”, deya izohlaydilar.
R. Ishmuhamedov, A. Abduqodirov hamda A. Pardaevlar kasbiy tayyorgarlik negizida
“boʼlajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy
tayyorgarligi” aks etishi kerakligini taʼkidlaydilar. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev
A. Taʼlimda innovatsion texnologiyalar (taʼlim muassasalari pedagog-oʼqituvchilari uchun
amaliy tavsiyalar). – T.: “Isteʼdod” jamgʼarmasi, 2008. – B. 16-18 Mualliflarning fikrlariga
tayangan holda “kasbiy tayyorgarlik” tushunchasini quyidagicha taʼriflash mumkin boʼladi:
Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy koʼnikma va malakalar, shuningdek,
maʼnaviy-axloqiy sifatlarni oʼzlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga
nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda maxsus nazariy
bilim, amaliy koʼnikma va malakalar, shuningdek, maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish,
boʼlajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik,
psixologik va jismoniy tayyorgarlash jarayonidir.
Kasbiy moslashtirish – boʼlajak mutaxassisning kasbiy faoliyat talablarini oʼzlashtirishi,
individualashuvi demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |