Reja: Pedagogika fani, uning maqsadi


-Mavzu: Taʼlim jarayonini tashkil etishda pedagogning innovatsion faoliyati. Kasb taʼlimini tashkil etishda interfaol texnologiyalar



Download 154,76 Kb.
bet6/30
Sana04.02.2023
Hajmi154,76 Kb.
#907809
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Psixologiya

4-Mavzu: Taʼlim jarayonini tashkil etishda pedagogning innovatsion faoliyati. Kasb taʼlimini tashkil etishda interfaol texnologiyalar


REJA:
1.Zamonaviy taʼlimni tashkil etishda interfaol metodlar

  1. “Kichik guruhlarda ishlash” usulidan foydalanish

  2. Interfaol taʼlim – sifat kafolati


1. Zamonaviy taʼlimni tashkil etishda interfaol metodlar
Interfaol usullarni o‘quv jarayonida qo‘llash taʼlim tizimida keng tarqalib bormoqda. Bu o‘z navbatida o‘quv jarayonini liberalizatsiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikda tashkil etishni taqozo etmoqda. Bir so‘z bilan aytganda o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lmog‘i lozim va o‘quv jarayoni unga qaratilgan, yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda. Shaxsga qaratilgan taʼlim o‘quvchining o‘quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi, qiziqish, hohish, istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Bo‘nday taʼlim o‘qituvchi va o‘quvchida doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi taʼlimda sifat va samaradorlikning kafolatidir.
O‘zbekistonda “Taʼlim to‘g‘risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga asosan taʼlim-tarbiya sohasini isloh qilish – shaxs manfaati ustivorligidir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatda muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi sababli taʼlim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish, taʼlimning yangilangan texnologik modellarini yaratish, 2011 yil 15 oktabr 02-3821-sonli buyrug‘iga asosan «Dars муқаддас» tadbirini singdirish taʼlim-tarbiya samaradorligi, avvalo, o‘quvchi-yoshlar faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Shunday ekan, taʼlim-tarbiyaning maqsad, vazifalarini bajarishda yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlash pedagogik texnologiyaga asoslangan dars loyhalarini yaratishdagi bosh maqsad hisoblanadi.

Taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil qilish va «Dars муқаддас» tadbirini amalga oshirish quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi.


1. O‘qituvchining darsga puxta tayyorgarligi taʼlimning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishining garovidir.



  1. Dars ishlanmasining tarkibiy qismlari.




  1. O‘qituvchilarni o‘z ustilarida mustaqil ishlashlari, ijodiy izlanishlari orqali taʼlim samaradorligini oshirishga oid yordam beradigan omil – darslarni tahlil qilish.

Dars – bu sinfda aniq maqsadlarni ko‘zlab, belgilangan vaqt oralig‘ida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar uchun o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishidir, “Bir soatlik yaxshi dars – buyuk bir asardir”. Zero, bugun bizning Vatanda yuqoridagi vazifalarni sifatli darajada bajarish, yaʼni sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, ularni har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan.


O‘qituvchilarning darslarda zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalar, innovatsion, interfaol usullardan foydalanganlari bois samaradorlikka erishyaptilar.

“Ustoz-shogird” tizimi asosida ustoz sifatida yosh o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish, ustoz-shogird tajribalarini yoyish bilan bir qatorda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol, innovatsion usullar, multimediya vositalariga asosan ochiq darslar namoyish etishadi. O‘qituvchilar darsga tayorgarlik ko‘rishda quyidagilarga amal qiladi:


O‘qituvchining darsga tayyorgarligi 2 qismdan

iborat







O‘qituvchining umumiy







O‘qituvchining kundalik







tayyorgarligi







tayyorgarligi








































O‘qituvchining darsga tayyorgarligi natijalarini o‘rganish va tahlil qilish jarayoni shuni ko‘rsatdi-ki, o‘qituvchining shogirdlarini darsda faol qatnashishi, puxta bilishi, o‘quv-qobiliyat mahoratiga doimiy eʼtibor qaratishi hamkorlik saviyasini oshirar ekan, shu o‘rinda alohida takidlash joizki, o‘qituvchi o‘quvchini o‘zining talab va shartlariga bo‘ysunuvchi, itoat etuvchi shaxs deb hisoblamasdan balki uning mustaqilligini, o‘ziga xosligini eʼtirof etgan holda hamkorlik munosabatida bo‘lishi darkor, qolaversa u o‘quvchilar bilan dars yuzasidan munosabatlarini tahlil qilishi, taqqoslab bilim berib borishi kerak.


“Taʼlim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” “Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”ni taʼlim jarayoniga tatbiq etish bilan birga, taʼlimda sifat va samaradorlikka


erishish va shu orqali modernizatsiya qilingan taʼlim standartlarini to‘liq bajarilishini taʼminlashi dolzarb muammolardan biridir.

Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi hamda taʼlim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba to‘plangan bo‘lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.


Zamonaviy taʼlimni tashkil etish, ayniqsa, interfaol metodlardan foydalanish asosida dars jarayonlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Interfaol usullarni o‘quv jarayonida liberalizatsiya qilish, demokratlashtirish, hamkorlik ham ijodkorlikni tashkil etishni taqozo etmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘quv jarayoni markazida o‘quvchi bo‘lmog‘i lozim va o‘quv jarayoni unga qaratilgan, yo‘naltirilgan bo‘lishi talab etilmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan taʼlim o‘quvchining o‘quv mehnatini tashkil etishni harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday taʼlim o‘qituvchi va o‘quvchiga doimiy ijodiy izlanish, uzluksiz o‘z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi taʼlimda sifat va samaradorlikning kafolatidir. Darslar jarayonida interfaol usullardan foydalanish o‘z mohiyatiga ko‘ra subʼektiv xususiyatiga ega, yaʼni har bir pedagog taʼlim va tarbiya jarayonini o‘z imkoniyati, kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda ijodiy tashkil etishi lozim.
Shakl va vositalar yordamida darslarni tashkil etishni quyidagi interfaol metodlar kafolatlaydi:

-pedagogik faoliyat (taʼlim-tarbiya jarayonining) samaradorligini oshirishi;


-o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;

-o‘quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha bilimlarning puxta


egallanishini taʼminlanishi;

-o‘quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarining


shakllantirilishi;

-o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur


shart- sharoitlarni yaratishi;
-taʼlim-tarbiya jarayonida demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining
ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.

Taʼlim jarayonida interfaol usullardan foydalanishning turli vositalari va ularning taʼsiri o‘z-o‘zidan yuzaga chiqmaydi. Interfaol usullarni to‘gri, o‘z vaqtida va unumli qo‘llashga bog‘liq. Shunday ekan, taʼlim jarayonida interfaol usullarning samarali qo‘llanilishi quyidagi omillar bilan kafolatlanadi:


-mazkur usulni qo‘llash uchun oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rish va
rejalashtirish lozim;
-ushbu usulni qo‘llash uchun tegishli vaziyat yaratilishi zarur;
-interfaol taʼlim jarayoni umumpedagogik talablar asosida, hissiyot-ehtiroslarga berilmagan holda, do‘stona, samimiyatli ravishda tashkil etilishi;

-individual yondashuv jarayoni o‘quvchining erkin fikr yuritish, o‘zining ichki kechinmalarini ijodiy bayon qilishlari uchun tegishli sharoitning yaratilishi;


-interfaol metodlar turli shakllarda amalga oshirilishi zarur.




























  1. Kichik guruhlarda ishlash” usulidan foydalanish

O‘quvchilarning darsdagi faolligini taʼminlaydi, har bir o‘quvchining munozarada qatnashish huquqini va bir-biridan o‘rganish imkonini beradi. Buning uchun sinfdagi o‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi.
Har bir kichik guruhda 5-6 ta o‘quvchi bo‘ladi. Kichik guruhlar quyidagicha nomlanadi:

Kichik guruhlarda ishlash


“ILM” guruhi


“Musiqa-Drama”




“Ijod” guruhi
“Yozuv” guruhi

“Drama”guruhi


Har bir guruh o‘z nomidan kelib chiqib, mavzuni yoritib beradi. Masalan, “Vatan” mavzusini “ILM” guruhi ilmiy yo‘nalishda, “Ijod” guruhi esa ijodkorlik asosida, “Yozuv” guruhi yozma ravishda (insho, bayon),


“Musiqa-Drama” guruhi musiqa, qo‘shiq, “Sahna ko‘rinishi” asosida taqdimotga tayyorlaydi.


Maʼnaviyat soati ishlanmasi (4-sinflar misolida) Mashg‘ulotning mavzusi: “Vatanim - faxrim”. Mashg‘ulotning maqsadi:


a) o‘quvchilarning Vatan to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash, “Vatan” mavzusiga doir turli manbalardan foydalanib, og‘zaki va yozma nutqni o‘stirish, darsning mazmuni DTS talablariga javob berishini taʼminlash;


b) maʼnaviy-axloqiy tarbiya berish, Vatanni sevish, asrab-avaylashga o‘rgatish.


Mashg‘ulotning usuli: kichik guruhlarda ishlash.


Mashg‘ulotning jihozi: ko‘rgazma, rasm, magnitofon, turli manbalar.

Download 154,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish