Reja: Pedagogik nazokat haqida tushuncha


-savol bo‘yicha darsning maqsadi



Download 115,3 Kb.
bet5/16
Sana13.02.2022
Hajmi115,3 Kb.
#446110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-mavzu ma'ruzasi PM 2021

1-savol bo‘yicha darsning maqsadi:



  1. Talabalarga pedagogik texnika haqida umumiy tushunchalarni va qoidalarni bayon etish.

  2. Pedagogik texnikaning o‘qituvchilik faoliyatidagi o‘rnini ko‘rsatib berish.

  3. Pedagogik texnikani egallashga qiziqish uyg‘otish.

  4. Pedagogik texnika elementlarini muntazam mashq qilib borishga odatlantirish.

  5. Nutq va pedagogik nutq, o‘qituvchining kommunikativ odobi, ularning uzviy bog‘liqligini ochib berish. Nutiqning mazmunli va mantiqli bo‘lishiga odatlantirish.



Identiv o‘quv maqsadlari:

  1. Pedagogik texnikaning mohiyati va o‘qituvchi faoliyatidagi ahamiyatini so‘zlab beradi.

  2. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini guruhlashtiradi.

  3. Pedagogik texnikani tarkib toptirishda malakalar hosil qilishni dalillaydi.

  4. Oddiy nutqdan pedagogik nutqni farqlaydi.

  5. Kommunikativ odobni namoyon etadi.

  6. Pedagogik nutq va kommunikativ odobga doir misollar keltiradi.

1-savol bayoni:
Pedagogik texnika o‘qituvchi faoliyatining ichki mohiyati bilan tashqi ko‘rinishini birlashtiruvchi vositadir.
Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchi bilan muloqotda bo‘lishning usullari va vositalarining yig‘indisidir. Bular o‘qituvchiga murakkab va nozik pedagogik vazifalarni hal qilish imkonini beradi.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlarini 2 guruhga bo‘lish mumkin:
1-guruhga pedagogning o‘z xulqini boshqarishi kiradi. Unga tanani boshqarish (mimika va pantomimika), hissiyot va kayfiyatni boshqarish (asabiylashmaslik, yaxshi kayfiyat hosil qilish), ijtimoiy-ruhiy qobiliyatlar (dikkat, kuzatuvchanlik, xayol), gapirish texnikasi (nafas olish, ovozni yoqimli qilish, talaffuz, tovush (tempi) tezligi) misol bo‘ladi.
2-guruhga ayrim shaxs va jamoaga ta’sir etish uquvi kiradi. Ta’lim-tarbiya jarayonining texnologiyasi vazifasini bajaradi. Bunda didaktik va tarbiyaviy, tashkiliy va konstruktiv, talabchanlik va muloqotga kirishish madaniyati, jamoa ijodiy ishlarini tashkil qilish va boshqalarga e’tibor qaratiladi.
Pedagogik texnika shakllanishi shaxsning unchalik payqab bo‘lmas sifatlariga ham rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. CHunonchi, nutqning ifodali, savodli, sof bo‘lishi ustida ishlash fikrlashning ravon bo‘lishiga ta’sir qiladi. Psixik faoliyatni mustaqil tartibga solish usullarini egallash fe’l-atvorda bo‘lgan hissiy vazminlikning rivojlanishiga olib keladi.
O‘quv materialini yaxshi bayon qilish uchun o‘qituvchi nutq san’atini mukammal egallagan bo‘lishi kerak. Nutq san’ati aksariyat hollarda tabiat bergan inom emas, balki o‘z ustida ko‘p ishlash natijasidir. Nutq texnikasidagi muhim ko‘rsatgichlardan biri uning hissiyligidir. Ruhshunoslik fani ijobiy hissiyotni inson faoliyatidagi qudratli omil deb hisoblaydi. Hissiy bo‘yoqlarning imkoniyatlari fan mazmuniga ko‘p jihitdan bog‘liq. Ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarida texnika fanlari o‘qituvchilariga nisbatan imkoniyat ko‘proq. Biroq har qanday «quruq» fanni jonli, qiziqarli shaklda ifodalash mumkin. O‘qituvchi nutqi o‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vazifasini bajarilishini ta’minlaydi. SHuning uchun o‘qituvchi nutqiga umummadaniy talablardan tashqari kasbiy, pedagogik talablar ham qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘z nutqining mazmuni va sifati, uning oqibatlari uchun javobgar. SHu sababli o‘qituvchi pedagogik mahoratida uning nutqi muhim qismi sanaladi.
«O‘qituvchi nutqi» tushunchasini odatda, o‘qituvchining og‘zaki nutqi haqida so‘z ketgandagina qo‘llaydilar. O‘qituvchining og‘zaki nutqi pedagog so‘zlaganda hosil bo‘ladigan nutqdir.
Pedagogik nutq:
A) Pedagog va tarbiyalanuvchilar hamkorligining samaradorligini;
V) O‘qituvchining o‘quvchida e’tiqod, faoliyat motivlarini shakllantirishga ijobiy ta’sirini;
S) O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlaydi.
«Pedagogik nutq» tushunchasi bilan «o‘qituvchining kommunikativ xulqi», tushunchasi uzviy bog‘liq. Ilmiy adabiyotlarda «o‘qituvchining kommunikativ xulqi» – deganda oddiygina so‘zlashuv, axborot etkazish jarayoni emas, balki pedagog va o‘quvchilar o‘rtasidagi hissiy psixologik muhitli muloqotni, ularning ish uslubiga ta’sir qiluvchi nutq va unga mos o‘qituvchi xulqini tashkil etish tushuniladi. O‘qituvchi kommunikativ xulqining xususiyatlari: nutq balandligi, o‘quvchilarga murojaat qilish uslubi, mimika, nutqqa xos harakatlardir.



Download 115,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish