Reja: Pedagogik mahorat fanining o`rni va ahamiyati



Download 10,64 Kb.
Sana12.06.2023
Hajmi10,64 Kb.
#950773
Bog'liq
1. Pedagogik ma-WPS Office


-1. Pedagogik mahorat fanining maqsad va vazifalari.

(2soat)


Reja:
1. Pedagogik mahorat fanining o`rni va ahamiyati.

2. Fanning mohiyati va mazmuni.

3. Pedagogik mahorat fanining fanlar tizimidagi mavqei.

4. Pedagogik mahoratni o`qitish - davr talabi.

5. Pedagogik mahorat fanining maqsadi va vazifalari.

6. Pedagogik mahorat – o`qituvchi kasbiy va shaxsiy tayyorgarligi fani sifatida.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotning poydevori. Toshkent. O`qituvchi

1996 y.

2. Bajenova I. N. «Pedagogik izlanish». Toshkent. O`qituvchi. 1990 y.

3. Кухарев Н.В На пути к профессиональному совершенству. М.Просвешение. 1990 г.

4. Фридман A. M. Педогагический опыт глазами психолога Кн. для учителья. М.

5. Просвешение. 1997 г.

6 .Ishmuhamedov R. Pedagogik texnikani shakllantirishning mazmuni va yo`llari. 7. Toshkent. Xalq ta`limi 1996 y, №4.


"Biz iqtisodiy o`nglanish, iqtisodiy tiklanish, iqtisodiy rivojlanishni ma`naviy o`nglash, ma`naviy poklanish, ma`naviy yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg’un bo`lishni"- istayotgan bir davrda yashayapmiz. Bu harakatlar jumhuriyatimizning barcha jabhalarida mehnat qilayotgan kishilardan, jumladan, yoshlar ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan kishilardan yuksak professional tayyorgarlikka, g’oyaviy-siyosiy barkamol, tashkilotchillikka va boshqaruvchilikka ega bo`lish lozimligini taqozo qilmoqda.Chunonchi, maktablar yangilanayotgan, ta`lim-tarbiyanining mazmuni, shakli, usullari, vositalari milliylashib, o`zbekona urf-odatlar o`quv-tarbiya jarayoniga faol kirib borayotgan bir sharoitda yuz bermoqda. Bu o`zgarishlar har bir o`qituvchini yangicha fikrlashga, sharqona ish yuritishga, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka, ma`naviy-ma`rifiy ishlarning faol ishtirokchisi bo`lishga undaydi. Shuning uchun ham bugun har davrdagidan ko`proq pedagogika fani oldida yangicha fikr yuritadigan o`qituvchini tayyorlashni, uning kasbiy mahorat va malakasini takomillashtirishning zamonaviy shakl, usul, vositalarini ishlab chiqish zarurligini bosh vazifa qilib qo`ymoqda.


Darhaqiqat, barcha kasbkorlar tizimida o`qituvchilik kasbi muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o`qituvchi yosh qalblar kamolotining me`moridir. Bugun u yoshlarni g’oyaviy- siyosiy jihatdan chiniqtirib, tabiat, jamiyat, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o`rgatadi, ularni mehnat faoliyatiga tayyorlab kasb-hunar egallashlarida ko`maklashadi va jamiyat uchun muhim bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hal etadi. Ana shu ma`suliyat o`qituvchidan o`z kasbining mohir ustasi bo`lishini, o`quvchilarga tarbiyaviy ta`sir ko`rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste`dod, e`tiqodi va amaliy ko`nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo`llarini izlab topadigan kasb egasi bo`lishini talab etadi. Buning uchun doimo o`qituvchi kasbiy mahorat ustida g’amxo`rlik qilish, unga turli shart-sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy-metodik yordam ko`rsatish, o`qituvchiniig ijodiy tashabbuskorligini oshirishi lozim.

«Pedagogik mahorat» o`qituvchi tarbiyachi kasbiy mahoratini takomillashtirish to`g’risidagi fan bo`lib, pedagogik mahoratning mohiyati, mazmuni va kasbiy mahoratni shakllantirishning yo`l va vositalarini o`rganadi.

Pedagogik mahorat o`qituvchi-tarbiyachiga pedagogik odob, madaniyat, tafakkur, o`quvchilar bilan muomala madaniyatini, o`z-xulq-atvorini tartibga solish xususiyatlari va ularni rivojlantirish ishlar tizimi haqida ma`lumot beradi.

Kasbga doir topshiriq va vazifalarni yechish, o`quv-tarbiya jarayonini boshqarishda pedagogik-psixologik yondashish ta`lim-tarbiyani modellashtirish to`g’risidagi ma`lumotlar ham pedagogik mahorat fanining mazmunidan keng o`rin olgan.

«Pedagogik mahorat» fanining maqsadi pedagoglarga kasbiy ijod, mahorat malakalarini shakllantirish, pedagogik texnikani egallash to`g’risida tushuncha berishdan iborat.

Bu maqsad quyidagi vazifalarni yechish orqali hal etiladi:

-pedagogik mahoratning nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish:

-pedagogik mahoratning pedagogik texnika, pedagogik muloqot, pedagogik nazokat, pedagogik qobiliyat kabi tarkibiy qismlari haqidagi malakalarni yechish:

-pedagogik mahoratni mustaqil shakllantirish ko`nikmalarini hosil qilish:

-egallangan pedagogik-psixologik bilimlar asosida shaxsiy pedagogik mahoratni yaratish malakalarini hosil qilish:

-o`z kasbiy mahoratini takomillashtirish uchun shaxsiy malaka oshirishning shakl, usul va vositalari bilan o`qituvchi-tarbiyachi, talabalarni tanishtirish.

Pedagogik mahoratni takomillashtirishni "...ilmiy asosda tashkil qilish avvalo ", “o`qituvchining istak va qiziqishlarini hisobga olib intilishi na boshqa ta`sir omillarini bir-biriga uyg’unlashtirib, kasbi va shaxsining xususiyatlaridan kelib chiqib uning faolligini oshirishga erishish demakdir”. Bu holat tinmay izlanishlar, kuzatishlar, tajribalarni o`rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish lozimligini talab qiladi. Ilmiy pedagogik ta`limot, o`tmish ajdodlarimizning tajribasi va maktab amaliy faoliyati shundan dalolat bermoqdaki, kasbiy mohirlik, muntazam ilm olish bilan shug’ullanish, mashq qilish, takrorlash, xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalar asosida ish olib borish orqali qo`lga kiritiladi..Pedagogik mahorat avvalo falsafiy, pedagogik, psixologik, metodik bilimlarga ega bo`lishi, o`quv predmeti bo`yicha keng va chuqur ma`lumotlarga ega bo`lish va ularni takomillashtirib borish orqali qo`lga kiritiladi. Milliy mustaqillik, «Ta`lim to`g’risida»gi O`zbekiston Respublikasining qonuni ta`lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi va ijrochisi o`qituvchi kasbiy mahoratini takomillashtirish, ta`lim tarbiya samaradorligini muhim sharti ekanligini ta`kidlar ekan, avvalo o`qituvchilar mahoratini oshirishni pedagogik jarayonning ajralmas qismi deb qaralishi lozimligini alohida uqtiradi.



Xo`sh, pedagogik mahorat nima? Unga qanday erishish mumkin? Pedagogik mahorat-bu o`qituvchi-tarbiyachining shunday shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k,) va kasbiy, (bilimdonligi, zukkoligi, fidoiyligi, ijodkorligi, eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarini belgilaydigan xususiyatki, u o`z fanini chuqur va atroflicha bilishida, pedagogik-psixologik va metodik tayyorgarligida,__

o`quvchi-yoshlarni o`qitish ,tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo`llarini izlab-topib_amaliy faoliyatida_ qo`llashida namoyon bo`ladi. SHunday qilib, pedagogik mahorat egasi bo`lish uchun o`qituvchi o`z o`quv predmetini davr talablari asosida bilishi, pedagogika, psixologiya, metodika fanlarini o`zlashtirishi hamda insoniylik va fidoiylikni o`zida tarkib toptirishga intlishi lozim. Shuni alohida qayd qilib o`tmoq zarurki, o`qituvchilik kasbi murakkab va qiyindir. Ushbu kasbning qiyin va murakkabligi shu bilan belgilanadiki, u doimo tirik, ongi jonzot bilan muloqotda bo`ladi. Ongli va tirik jonzot esa ham aqliy, ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan doimo rivojlanishda bo`ladi. Shuning uchun o`quvchi bilan doimo muloqotda bo`lish, unga ta`sir ko`rsatish, undan psixologiya, tarbiya nazariyasini mukammal bilishni taqozo qiladi. Bu o`qituvchidan pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo`lish lozimligini ta`kidlaydi.
Download 10,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish