2. Kvantlash va kodlash operatsiyasi.
Xozirgi paytda RUTlarda impulsli kodli modulyasiya (IKM) modulyasiya juda keng tarqalgan. IKMda AIM signalning vaqt bo‘yicha ajratilgan bo‘laklari kodli guruhlar o‘zgartiriladi. Ular 1 va 0 lar ketma-ketligidan iborat ikkillik simvollar deyiladi. IKMni amalga oshirish uchun, yuqorida aytganimizdek, 3 ta operatsiya amalga oshiriladi:
- vaqt bo‘yicha signallarni;
- olingan impulslarni amplituda bo‘yicha kvantlash;
- amplituda bo‘yicha kvantlangan impulslarni kodlash.
Diskretizatsiyalash operatsiyasi oldin qarab chiqilgan, endi kvantlash va kodlashni qarab chiqamiz. IKMda signallarni o‘zgartirish quyidagi 9 -rasmda ko‘rsatilgan.
Olingan ko‘p kanalli guruhli AIM signalni (9 a-rasm) sath bo‘yicha kvantlash lozim. Bu jarayon sonlarni o‘zgartirish protsedurasi bilan bir xil. Ikkita qo‘shni uzatish satxlari orasidagi farq kvantlash qadami deyiladi ( ). Agar signal vaqt bo‘yicha ajratilgan bo‘lagining amplitudasi ikkita ruxsat etilgan satxlar orasida yarim qadamdan oshsa ( /2), uning qiymati katta tomonga, agar kvantlash qadamining yarmidan kichik bo‘lsa, kichkina tomonga yaxlitlanadi. Bunday yaxlitlashlar farqlar bilan kuzatiladi.
9-rasm. Kvantlash va kodlash operatsiyasi
Signalning vaqt bo‘yicha ajratilgan bo‘lagining haqiqiy qiymati va uning kvantlash qiymati orasidagi farq xatolik yoki kvantlash shovqinlari deyiladi va u quyidagicha aniqlanadi:
kv xat (e)=U AIM (t)-Ukv (t)
Kvantlash sathlarini raqamlashni amalga oshirgan xolda cignal sathining o‘zini emas, balki ikkilik kodlardagi shkala sathining qiymatini uzatish mumkin. Berilgan signalni 1.-jadvaldagi berilgan.
1-jadval
Signalning vaqt bo‘yicha ajratilgan bo‘laklari
|
U AIM (t)
|
U kv (t)
|
kv xat (t)
|
N
|
Ikkilik kod
|
1
2
3
4
5
|
3,6
2,7
1,2
0,6
0,3
|
4
3
1
1
0
|
-0,4
-0,3
0,2
-0,4
0,3
|
4
3
1
1
0
|
100
011
001
001
000
|
Bu erda UAIM (t)-signalning vaqt bo‘yicha ajratilgan bo‘laklarini amplitudasi (9.a-rasm)
Ukv(t)-ularning kvantlangan qiymatlar (9.1-b rasm.); kv xat (t)kvantlash xatoliklari (9.-v rasm.);
N- kvantlash sathlarining raqami.
Ikkilik kod kvantlangan satx qiymatlaini o‘nlik qiymatini ikkilik kodga o‘zgartirish amalga oshadi. Bunday o‘zgartirish natijasida olingan impulslar ketma-ketligi guruhli IKM signal hisoblanadi. O‘nlik qiymatlarni ikkilikka o‘zgartirishni quyidagi qonun bo‘yicha oson amalga oshirish mumkin:
1. SHartli kvantlash qadamlarini ikkilik sonlarda, quyidagi yig‘indi ko‘rinishida faraz qilish mumkin: Masalan:105=64+32+8+1
2. 2m sonlarining qatoriga, sonlar qaerda bo‘lsa, 1 qaerda yo‘q bo‘lsa 0 qo‘yiladi
Guruhli signalning vaqt bo‘yicha ajratilgan bo‘laklarining kvantlangan qiymatlari orasidagi va nollarning yig‘indisi kodli guruxlar deyiladi va kodli guruhdagi uning razryadi bir va nollar ketma-ketligi bilan aniqlanadi. Masalan: 011-uch razryadli kodli gurux, 1101001-etti razryadli kodli gurux. Agar kodli guruh m razryaddan iborat bo‘lsa, unda bunday m razryadli kodni M=2m sath uchun kodlash mumkin, m=5 da M=32, m=7 da M=128 va x.k. Kvantlash satxlarining soni ma’lum bo‘lsa, kodli guruxlarning razryadini quyidagi tenglik or qali aniqlash mumkin;
M=log2 M
bu erda M-ruxsat etilgan sathlar soni. U simmetrik kodlar uchun quyidagicha aniqlanadi
M=
Natural kodlar uchun esa:
M=
bu erda: - impulsning maksimal amplitudasi;
- kvantlash qadami.
Signalning vaqt bo‘yicha ajratilgan bo‘laklarini amplitudasini kodli guruhlarga o‘zgartiruvchi qurilmaga koderlar, teskari o‘zgarti-ruvchi qurilma esa dekoderlar deyiladi. Ikkala kodlovchi va dekoderlovchi qurilmalarga kodeklar deyiladi. IKM li RUTlarda signallarni kodlash jarayonida tekis va notekis kvantlash shakllaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |