Reja: O`zbekistonda ta`lim tizimi tarixiga bir nazar



Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana10.01.2020
Hajmi0,53 Mb.
#33086
1   2
Bog'liq
ozbekistonda talim tizimi


ta'limi.O’rta  maxsus  ta`lim  kasb-hunar  ta`limining  bir  shakli  bo’lib,  asosiy 

maqsadi  ishlab  chiqarishning  birinchi  bo’g’inidagi  tashkilotchi  va  ish 

boshqaruvchilarni,  oliy  toifali  mutaxassislarning  yordamchilarini,  yuqori  malaka 

va ko’nikmalarni talab qiluvchi  ma`lum bir turdagi ishni mustaqil bajara oluvchi 

o’z ishining ustalarini bo’lgan – texnik, agronom, boshlang’ich sinf o’qietuvchilari, 

fel dsher, stomatolog, konsertmeyster kabi mutaxassislarni tayyorlashdan iboratdir. 

O’rta  maxsus  ta`lim  mutaxassislari  qatoriga  kasbiy  tayyorgarlikning  yuqori 

bosqichi 

talab  etiladigan  balet

,  sirk  artistlari,  ayrim  badiiy  mutaxassislar  ham 

kiradi. O’rta maxsus ta`lim umumiy o’rta ta`limda amaliy va nazariy bilimlar bilan 

bir qatorda  kasb-hunarga oid bo’lgan malaka va ko’nikmalarni ma`lum bir sohada 

rivojlantirishga  qaratilgan.  Uch  yilga  mo’ljallangan  majburiy  o’rta  maxsus  kasb-

hunar  ta`limi  (O’MKHT)  uzluksiz  ta`lim  tizimining  mustaqil  ko’rinishi 

hisoblanadi.  U  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta`lim  to’g’risidagi  qonun”  va 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida amalga oshiriladi. 

      O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limi  2009  yildan  boshlab  majburiy  hisoblanib, 

umumiy  o’rta  ta`lim  maktabining  bitiruvchilari  xohishlariga  binoan  o’qish 

yo’nalishini  –  akademiyak  litsey  yoki  kasb-hunar  kollejini  tanlaydilar.  O’rta 

maxsus kasb-hunar ta`limi bitiruvchilarni mehnat bozorida o’z o’rinlarini topishlari 

uchun  aniq  bir  yo’nalishda  ham  umumta`lim  fanlari  bo’yicha  bilim  berib,  ham 

kasb-hunar ta`limini beradi. Umumiy o’rta ta`lim negizida har bir bitiruvchi o’qish 

yo’nalishi  bo’yicha  yoki  kasb-hunar  ta`limi  kollejini,  yoki  akademiyak  litseyni 

tanlashi  mumkin.  O’rta  maxsus  kasb-hunar  ta`limi  kunduzgi  ko’rinishda  ikki 

yo’nalishda akademiyak litseylarda va kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. 


Kasb-hunar kollejlari kasb ta`limi bilan bir qatorda akademiyak litseylar kabi o’rta 

maxsus  ta`lim 

ham  berib

,  bu  keyinchalik  yoki  uzluksiz  ta`limni  davom  eettirish, 

yoki bo’lmasam mutaxassisligi bo’yicha ish bilan shug’ullanish imkonini beradi. 

Akademiyak  litsey  –o’qish  uch  yilga  mo’ljallangan  o’rta  maxsus  yo’naltirilgan 

o’quv  dargohi  bo’lib,  davlat  ta`lim  standartiga  mos  ravishda  o’quvchilarning 

bilimlari  aqliy  salohi  tini  oshirishga  qaratilgan,  ularning  imkoniyatlari  va 

qiziqishlari  asosida  yo’naltirilgan  holda  chuqurlashtirib  beriladi.  Akademiyak 

litseylarda  o’quvchilar  ta`lim  yo’nalishini  ixtiyoriy  ravishda  -  gumanitar,  tabiiy 

fanlar yo’nalishi tarzida tanlaydilar. Akademiyak litseylar oliy o’quv rtlari qoshida 

ochilgan  bo’lib,  qoidaga  muvofiq  asosiy  e`tibor  oliy  o’quv  yurtlarining  yuyuqori 

malakali  o’qietuvchilarini  litseydagi  o’quv  jarayoniga  jalb  etish,  kerak  bo’lsa 

OO’ning 


tajriba 

maydonlari

kutubxonalaridan 



litsey 

o’quvchilarining 

foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratib berishdan iboratdir. 

Akademiyak  litseydagi  yo’naltirilgan,  chuqurlashtirilgan  o’quv  jarayoniga  zarur 

bo’lsa ilmiy – tadqiqot muassasalari ham jalb qilinadi. Bunday holatlarda Oliy va 

O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi Vazirligining ruxsati bilan kelishilgan tarzda ish 

olib boriladi. 

Kasb-hunar  kollejlari  –  o’rta  maxsus  va  kasb  ta`limini  beradigan  o’quv  dargohi 

bo’lib, unda uch yil mobaynida ta`lim olinadi. Davlat ta`lim standartlariga muvofiq 

kollejda  umumiy  o’rta  ta`lim  va  chuqurlashtirilgan  holda  kasb-hunar  o’rgatilib, 

malaka  shakllantiriladi.  Kollej  bitiruvchilari  yo’nalishlari  asosida  bir  yoki  bir 

nechta kasbni gallashlari mumkin. 

Kasb-hunar  kollejlari  uchun mahalliy  hokimiyatning  bajaruvchi  organlari 

tomonidan  rivojlangan  korxona  yoki  muassasalardan  vasiylar  tayinlanadi. 

Shuningdek,  kollej  yo’nalishiga  mos yo’nalishga  ga  bo’lgan  oliy  o’quv  yurti 

tomonidan  vasiylik  qilinadi.  O’quv  muassasasining  maqsadi  o’rta-maxsus  kasb-

hunar  ta`limi  berishdir.  Kollejda  ta`lim  tizimining  dual  tizimi  asosida  ikki 

tomonlama kasb va ta`lim dasturlari asosida bilim beriladi. 

Akademiyak litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy o’rta ta`lim va kasb ta`limi 

dasturlari quyidagi tarzda qo’llanadi: 

 

Uchta bosqichda.  



 

 



Har  bir  bosqichda  o’quv  jarayoni  nihoyasiga  etgach,  o’quvchilarning 

bilimlarini tekshirish maqsadida nazorat o’tkaziladi.  

 

 



O’quv  yili  ikki  semestrdan  iborat  hamda  o’quv  ta`tillari  10  yoki  12  hafta 

davom etadi.  

 

 



O’quvchilar guruhlarga o’qitish kurslari, yo’nalishlari asosida ajraetiladi.  

 

 



Akademiyak  litsey  va  kasb-hunar  kollejlari  uchun  auditori  mashg’ulotlari 

uchun  akademiyak  soat  40  minut  qilib  belgilangan.  Zarurat  yuzasidan 

mashg’ulotlar juftlik soatlarga birlashtirilishi mumkin.  

Oliy ta`lim tizimi. “Oliy  ta`lim”  atamasi  zaminida  iqtisod,  fan,  texnika  va 

madaniyat sohasida 

faoliyat olib boruvchi

ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, 

texnika yangiliklarini qo’llagan va o’z ustida ishlagan holda nazariy va amaliy 

muammolarni  bartaraf  etuvchi  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash 

tushuniladi. 

Oliy  ta`limning  asosiy  maqsadi  zamon  talablariga  javob  bera  oladigan  malakali, 

raqobatbardosh, 

yuksak  bilimli

,  oliy  ta`lim  mutaxassisi  talablariga  o’zi  tanlagan 

yo’nalishi  yuzasidan  talabga  javob  bera  oladigan 

respublikaning  ilm-fan

madaniyat,  iqtisod,  ijtimoiy  sohalarini  rivojlantirishda  o’z  hissasini  qo’shadigan, 



mustaqil  fikrlaydigan,  yuksak  ma`naviyatga  bo’lgan  yuqori  salohiyatli 

mutaxassislarni tayyorlashdir. 

Oliy ta`lim tizimi quyidagicha tuzilgan: 

 



 

    xususiy  yoki  davlat  qaramog’ida  kanligidan  qat`iy  nazar  ta`limiy  hamda 

kasbga  tayyorlash  dasturlarini  davlat  ta`lim  standarti  asosida  tatbiq  etuvchi 

oliy ta`lim muassasalari;  

 

oliy  ta`limni  rivojlanishiga  zarur  bo’lgan  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib 



boruvchi 

ilmiy-tadqiqot institutlari

;  



 



davlat  tomonidan  ta`limni  boshqaruvchi  idoralar,  shuningdek,  ularga 

qarashli bo’lgan korxona, tashkilot va muassasalar.  

 

Oliy ta`lim ikki bosqichdan iborat: bakalavriat va magistratura. 



Bakalavriat  —  bu  to’rt  yil  davom  etuvchi  yo’naltirilgan  nazariy  va  amaliy  bilim 

beruvchi oliy ta`limning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bakalavr dasturini o’qitish 

niho  siga  etgach  talaba  davlat  attestatsiyasining  kuniy  xulosasiga  muvofiq 

o’qitilgan yo’nalish asosida “bakalavr” darajasiga loyiq deb topiladi hamda davlat 

namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi. 

Magistratura  —  bu  ikki  yil  davom  tadigan  aniq  yo’nalish  asosida  nazariy  hamda 

amaliy bilim beruvchi, bakalavrni bitirgachgina tanlov asosida ta`lim olish davom 

ttirilishi  mumkin  bo’lgan  oliy  ta`lim  bosqichi.  Magistraturada  o’qish  kunlangach 

bitiruvchilarga  davlat  attestatsiyasi  kommisiyasining  kuniy  xulosasiga  muvofiq 

aniq mutaxassisligi ko’rsatilgan “magistr”lik darajasi va magistrlikni tasdiqlovchi 

davlat namunasida ko’rsatilgan diplom beriladi. Davlat namunasidagi bakalavr va 

magistr  diplomlari  diplom  egalariga  mutaxassisliklari  bo’yicha  kasbiy  faoliyat 

bilan  shug’ullanish  yoki  o’quv  muassasasida  kelgusida  o’qishni  davom  ettirish 

imkonini beradi. 



Oliy  ta`lim  muassasalari.  Oliy  ta`lim  muassasalari  yuridik  maqomga  ega. 

Respublikamizda oliy ta`lim muassasalarining quyidagi ko’rinishlari bor: 

 



 



 

universitet — oliy ta`lim dasturini bajarishda talabalarga gallayotgan sohasi 

bo’yicha  yoki  keyinchalik  o’qishlarini  davom  ettirishlari  uchun  keng 

qamrovli bilim berishga e`tibor qaraetiladi;  

 

 



akademiya  —  oliy  ta`lim  dasturini  bajarishda  oliy  ta`lim  berish  bilan  bir 

qatorda  keyinchalik  o’qishlarini  davom  ettirishlari  uchun  aniq  bir 

yo’nalishga 

tayyorlaydi

;  



 



 

institut — barcha oliy ta`lim muassasalari kabi oliy ta`lim dasturini bajaradi, 

bilim berishda bir yo’nalishga qaratilgan bilim beriladi.  

 

Oliy  ta`limning  asosiy  maqsadi  zamon  talablariga  javob  bera  oladigan 



malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta`lim mutaxassisi talablariga 

o’zi  tanlagan  yo’nalishi  yuzasidan  talabga  javob  bera  oladigan 

respublikaning 

ilm-fan, 

madaniyat, 

iqtisod, 

ijtimoiy 

sohalarini 

rivojlantirishda o’z hissasini qo’shadigan mustaqil fikrlay oladigan, yuksak 

ma`naviyatga bo’lgan yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlashdir.  

 

O`ZBEKISTONDA  UZLUKSIZ  TA`LIM  TIZIMINI  RIVOJLANTIRISHNING 



O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 

 

Muallif(lar):M.A.Masharipova

[1]



Saidjonov 



B. 

S.

2



Rahimova 

D.O 

Nashr ma`lumotlari: // Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzviylik va 

uzluksizlikni ta’minlashda fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining roli va 

ahamiyati // 


Тошкент 

2015 



 

To‘plamni yuklash uchun havola:

To’plam

 

 



O`ZBEKISTONDA UZLUKSIZ TA`LIM TIZIMINI 

RIVOJLANTIRISHNING O`ZIGA 

XOS XUSUSIYATLARI

 

       O‘zbekiston  Respublikasida  uzluksiz  ta‘lim  kadrlar  tayyorlash  tizimining 



asosi,  ijtimoiyiqtisodiy  taraqqiyotni  ta‘minlovchi,  shaxs,  jamiyat  va  davlatning, 

ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha bolib, ijodkor, 

ijtimoiy  faol,  ma‘naviy  boy  shaxsning  shakllanishi  va  yuqori  malakali 

raqobatbardosh  kadrlarning  jadal  tayyorlanishi  uchun  zarur  shartsharoitlarni 

yaratadi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  ta`kidlaganlaridek,‖  Ta`lim  – 

tarbiya  sohasining  yaxlit  ,  uzliksiz  tizimini  shakllantirish  va  mustahkamlash 

jumladan , umumiy o`rta ta`limdan boshlab o`rta maxsus , kasb – hunar hamda oliy 

ta`limgacha  bo`lgan  barcha  bosqichlarda  yuksak  bilimli  va  malakali  kasb 

tayyorgarligiga  ega  bo`lgan  avlodni  tarbiyalash  jarayonini  takomillashtirish 

ishlarini 

izchil 


davom 

ettirish 

lozim 



11



 

Darhaqiqat, uzluksiz ta‘lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun 

eng  qulay  davr  sanaladi.  Mazkur  davrda  shaxs  fan  asoslari  hamda  kasb-hunar 

ma`lumotlarini  o‘zlashtiradi,  yuksak  ma‘naviy-axloqiy  sifatlarga  ega  shaxs  va 

malakali  kadr  sifatida  kamol  topib  boradi.  Unda  muayyan  dunyoqarash 

shakllanadi. 

Malumki,  ta`lim  –  tarbiya  insonga  borliqni  anglash  sir  asrorlarini  tushunish  , 

tinimsiz  rivojlanayotgan  dunyoga  moslashish  ,  dunyoqarashini  shakllantirish  , 

nihoyat,   jamiyatni  insonparvarlantirishga  hissa  qo`shish  imkonini  yaratadi.  Har 

qanday  davlatning  qudrati  va  rivojlanish  darajasini  aynan  ta`lim  tizimi  aniqlab 

beradi  .  Davlatning  ushbu  tizimga  munosabati,  uning  kelajagini  belgilaydi.  

Bugungi  kunda  O`zbekiston  Respublikasida  uzluksiz  ta‘lim  quyidagi  ta‘lim 

turlarini 

o‘z 


ichiga 

oladi:  


-maktabgacha 

ta‘lim; 


-umumiy 

o‘rta 


ta‘lim; 

-o‘rta 


maxsus, 

kasb-hunar 

ta‘limi; 

-oliy 


ta‘lim;  

-oliy 


o‘quv 

yurtidan 

keyingi 

ta‘lim; 


-kadrlar 

malakasini 

oshirish 

va 


ularni 

qayta 


tayyorlash; 

-maktabdan 

tashqari 

ta‘lim. 


O`zbekiston  Respublikasida   ta`lim  tizimining  bunday  turlarining  har  bir 

bosqichida  katta  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Bunday  ishlarni  tarixan  qisqa  davr 

uchun 

misli 


ko`rilmagan 

rivojlanish 

sifatida 

baholash 

mumkin.  

Bunday  shiddatli  rivojlanish  bugungi  kun  uchun  yetarlidek  ko`rinadi.  Lekin  ,  har 

qanday 

yangilik 



boshqa 

yangilikning 

kirib 

kelishiga 



turtki 

bo`ladi. 

Respublikamizda  kasb  –  hunar  kollejlari  va  akademik  litseylar  tizimini 

shakllanganligi  ,  ularning  kadrlar  yetishtirib  berishdagi  o`rni  beqiyos,  hatto  chet 



ellarda 

tan 


olindi.  

Bundan  tashqari  ta`lim  tizimida  uzviylik  va  uzluksizlik  masalalarini  yuqori 

darajada  ko‘rib  chiqilishi  yo‘lga  qo‘yilgan  bo‘lib,  tarkibiy  qismlarining 

funksiyalari  aniq  belgilangan  va  o‘z  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarni  tizimli 

bajarilishini  ta‘minlashni  talab  etmoqda.  Odatda,  davlat  talablarni  bajarilishini 

statistik  tizim  orqali  baholanib  boriladi.  Bunday  statistik  qarash  va  baholash 

o‘zining  qator  ustunliklari  bilan  ajralib  tursada,  dinamik  tizimlarda  ro‘y  berishi 

mumkin  bo‘lgan  ba‘zi  holatlarga  e‘tibor  bilan  qarash  imkonini  beramaydi. 

Shu  bilan  birga,uzluksiz  ta‘lim  kasb-hunar  kollejlarida  amaliy  ko‘nikma  va 

bilimlarni  berishda,  oliy  ta‘limning  sifati  ta‘minlanayotganini  inobatga  oladigan 

bo‘lsak,  aynan  ushbu  kollejlarda  malakali  mutaxasislarni  tayyorlash  mumkin.  Bu 

jarayonga  oliy  ta‘lim  muassasalari  mutaxasislik  fanlari  o‘qituvchilarini  jalb  etish 

bilan  ikki  ta‘lim  turi  o‘rtasidagi  integratsiyani  jadallashtirish  mumkin.  Shu  bilan 

birga,oliy  ta`limning  zamonaviy  xalqaro  standartlarga  javob  beradigan  ikki 

bosqichli  tizimi  -  bakalavr  va  magistratura  yaratilishi  ta`lim  tizimida  yuksak 

malakali  kadrlar  yaratish  imkoniyatini  berdi.  Shu  bilan  birga  amaldagi  oliy 

malakali  ilmiy  va  ilmiy  –pedagog  kadrlar  tayyorlash  va  attestatsiyadan  o`tkazish 

tizimining kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ta`lim 

tizimidagi  o`zgarishlarning  mantiqiy  davomi  sifatida  tubdan  isloh  qilishning 

ob`ektiv  zarurati  bugungi  kunda  yaqqol  namoyon  bo`lmoqda. Yetuk  qadrlarni 

tayyorlashda oliy ta‘lim tizimining o‘rni beqiyos ahamiyatga ega ekanligi uzluksiz 

ta‘limning  bu  bo‘g‘iniga  qaratilayotgan  e‘tibordan  ham  bilib  olishimiz  mumkin. 

Buni  quyidagi  amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar  miqiyosida  ham  ko‘rishimiz 

mumkin: 


2011-2012  O‘quv  yilidan boshlab barcha oliy  ta‘lim  muassasalari  bitiruvchilariga 

qat‘iy  talab  qo‘yildi:-birinchidan,  ular  zamonaviy  kompyuter  va  axborot 

texnologiyalarini; -ikkinchidan,  xorijiy  tillar  ,  ayniqsa,  ingliz  tilini  mukammal 

bilishi  kerak.  Bu  jihatdan  o‘quv  dasturlari  har  bir  ta‘lim  yo‘nalishining  o‘ziga 

hosligidan  kelib  chiqqan  holda  qayta  ko‘rib  chiqilib  takomillashtirilmoqda. 

Ma‘lumki  xorijiy  tilni  bilish  allaqachon  davr  talabiga  aylanib  ulgurdi. 

Prezidentimizning  2012yil 10-dekabrdagi ‖Chet  tillarini o‘rganish tizimini  yanada 

takommilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida‖ gi Qarori chet tillarini o‘rganishning 

kompleks  tizimini  ya‘ni  uyg‘un  kamol  topgan  yuksak  ma‘rifatli,  zamonaviy 

tomonidan  yuksak  fikrlaydigan  yosh  avlodni  shakillantirish  ,  O‘zbekistonning 

jahon 

ahamiyatiga 



integratsiyalashuviga 

yo‘naltirilgan  tizimni  yanada 

kuchaytirishni  nazarda  tutdi.Oliy  ta‘lim  muassasalarining  moddiy  texnik  bazasini 

modernizatsiya  qilish  va  mutaxasislar  tayyorlash  sifatini  tubdan  yaxshilash 

bo‘yicha  2011-2016-  yillarga  mo‘ljallangan  dasturni  amalga  oshirish  uchun  277 

mlrd  so‘mdan  ortiq  mablag‘  yo‘naltirish  ko‘zda  tutilganligi  diqqatga  sazovordir. 

O‘zbekiston  Respublikasi  ta‘lim  tizimida  olib  borilayotgan  keng  ko‘lamli 

islohotlar  dunyoning  barcha  davlatlari  baholanmoqda.  Ko‘plab  xorijiy  davlatning 

nufuzli  shaxslari  bizning  ta‘lim  tizimimiz  to‘g‘risida  ijobiy  fikrlarni 

bildirishmoqda.  

Xususan, 

Dortmund 

texnika 

universiteti 

professori 

Gabriele 

Mentges 

ta`kidlaganidek,‖Mamlakatingizda  iqtidorli  o‘qtuvchi  va  talabalarni  davlat 



tomonidan  keng  miqiyosda  qo‘llab  quvvatlash  tizimi  samarali  yo‘lga  qo‘yilgan. 

Imtiyozli  stipendiyalar  va  mukofotlar  joriy  etilgan,  ko‘rik  tanlovlarni  muntazam 

o‘tkazish  yaxshi  an‘anaga  aylangan.‖

1

[2]



  Ayni  chog‘da  o‘zbekistonlik  yoshlar 

xalqaro  olimpiyadalar,  san‘at  va  madaniyat  ko‘rgazmalarida  hamisha  yuqori 

saviyada qatnashib kelmoqdalar.  Ularning  hammasi  mamlakat raxbarining ta‘lim-

tarbiya  sohasiga  qaratayotgan  yuksak  e‘tibori,  bu  borada  amalga  oshirilayotgan 

izchil  islohatlar  va  kompleks  chora  tadbirlar  samarasidir‖.Shunday  iliq  fikrlarni 

Rene  Tollemer,  Xalqaro  tibbiyot  akademiyasi  ekspermizasi  a‘zosi,  Tuluza 

universiteti  professori  (Fransiya)  ,  Lyuza  Serdeyra,  universiteti  prorektori 

(Portugaliya)  ,  Dayen  Adachi,  Vashington  universiteti  vitse-  prezidenti 

yordamchisi  (AQSh).  Ushbu  iliq  fikrlarning  bildirilishi  bizning  ta‘lim  tizimimiz 

Jahon  Hamjamiyati  tomonidan  tan  olinganligini  isbotlaydi.  Bundan  ko‘rinib 

turibdiki  yurtimizda  buyuk  ajdodlarimizga  munosib  izdosh  bo‘lish  uchun 

yoshlarimizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.    Buning uchun , davlat 

boshqaruvi  tomonidan  ,  zaruriy  ta‘lim  yo‘nalishlarini  va  ular  bo‘yicha  bilim 

oladigan mutaxasislarga bo‘lgan ehtiyojni belgilash yangi o‘quv-uslubiy asoslarni 

yaratish 

hamda 


boshqa 

tashkiliy 

ishlarni 

amalga 


oshirish 

lozim. 


    Shunday qilib , ‖Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖ asosida mamlakatimiz ta‘lim 

tizimining 

imkoniyatlaridan 

foydalanish 

uzluksiz 



ta‘limni 

yanada 


takomillashtirish  asosida  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash  bugungi  kunning 

dolzarb masalalaridan biridir. 



O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi islohotlari.1 

   Ta’lim  tor  mahnoda  o’qitish  tushunchasini  anglatadi.  Lekin  u  faqat  turli  o’quv 

yurtlarida o’qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda 

ham mahlumot o’zlashtirish jarayonidir. 

      Ta’lim   ilm  berish  va  tarbiyalashni  o’ziga  qamrab  olib,  respublikaning  aql 

zakovat  va  ilm  borasidagi  kuch-quvvatini  rivojlantirish,  jamiyat,  oila  va  davlat 

oldidagi  o’z  mashuliyatini  anglaydigan  har  jihatdan  barkamol  erkin  shaxsni 

shakllantirish  maqsadini  ko’zlaydi.  SHuning  uchun  ham  u  ustuvor  soha 

hisoblanadi. 

    Ta’lim faoliyati o’z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum bir tajriba 

va  amaliy  faoliyat  turini  muvaffaqqiyat  bilan  tashkil  qilish  uchun  olamning  zarur 

xususiyatlari  haqidagi  axborotlarni  o’zlashtirish  (bu  jarayonning  mahsuloti 

bilimlardir);  b)  mana  shu  faoliyat  turlarini  yuzaga  keltiradigan usul  va  vositalarni 

o’zlashtirish  (bu  jarayonlarning  mahsuloti  malakalardan  iborat  bo’ladi);  v) 

ko’zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to’g’ri yo’l va usul 

tanlash  hamda  nazorat  qilish  uchun  ko’rsatilgan  axborotlardan  foydalanish 

usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo’ladi). 

     Insonning  mahlum  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni  o’zlashtirishida  ongli 

maqsad  bilan  boshqariladigan  barcha  harakatlari  ta’lim  bilan  bog’liq  bo’ladi. 

Ta’limning  mohiyati,  maqsadi  va  mazmuni  jamiyatning  madaniy  taraqqiyoti,  fan-

texnikasining  rivojlanganligi,  ishlab  chiqarish  texnologiyalarining  amalga  joriy  etish 


darajasi kabilar bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy mahlumotga bo’lgan 

talab va ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi g’oyalarga qarab 

kishilik jamiyatining turli davr (bosqich)larida ta’limning mohiyati, maqsadi, mazmuni 

tashkil etish shakllari, amalga oshirish metodlari va vositalari o’zgarib, takomillashib 

boradi.  Ta’lim  mohiyatiga  ko’ra  bu  jarayonda  ishtirok  etuvchilarning  o’zaro 

hamkorlikdagi faoliyatlarining natijasidir. Ta’lim jarayonida shaxsning dunyoqarashi, 

qobiliyati,  fazilat  (xislat)lari  o’zgaradi.  Ta’lim  jarayonida  kishilik  jamiyatining 

ijtimoiy-tarixiy tajribalari tahsil oluvchilar tomonidan o’zlashtiriladi va shu yo’l bilan 

u  avlodlar  orasidagi  mahnaviy-madaniy,  ijtimoiy,  ijtimoiy  vorislikni  taminlaydi. 

Ta’limning  metodologik  asosini  dealektik  bilish  nazariyasi  tashkil  etadi.  KASBIY 

PEDAGOGIKA – umumiy pedagogikaning bir sohasi bo’lib, u tarbiya, ta’lim, o’qitish 

haqida qator nazariy va amaliy mahlumotlar beradi. Kasbiy pedagogika sanoat, ishlab 

chiqarish  va  mehnat  pedagogikasining   masalalari   bilan  shug’ullanadi.   Kasb-hunar 

ta’limi  pedagogikasi  bir  necha  bo’limlariga  bo’linib,  bu  bo’limlarda  kasbiy 

pedagogikaning   asoslari  va  muhim  malasalalarini,  yahni   kasb-hunar  ta’limi 

yo’nalishlari,  mehnat  pedagogikasi,  kasb-hunar  didaktikasi  kabi  masalalarni   qamrab 

oladi.  SHuningdek  ularda  kasb-hunar  tarbiyasining  ijtimoiy  psixologik  shart-

sharoitlari,   kasb-hunar  ta’limi  nazariyasi  va  kasb-hunar  ta’limi  huquqi  o’rganiladi. 

KASB  TA’LIM  TEXNOLOGIYaSI  -  butun  o’qitish  va  o’qish  jarayonini  ishlab 

 chiqish,   amalga  oshirish  va  baholashning  tizimi  usuli  bo’lib, u  maqsadga  erishishga 

yo’naltirilgan  holda  insonlarning  o’rganish   qobiliyati  va  ular  o’rtasida  muloqot 

to’g’risidagi  tadqiqotlar  natijasiga  hamda  ta’lim  jarayonini  yanada  samarali 

 tashkillashtirishning   jonli,  jonsiz  vositalari  bilan  shug’ullanishga  asoslanadi. 

DIDAKTIKA  –  grekcha  didaskien  so’zidan  olingan  bo’lib,  o’qitaman,  o’qishni 

o’tgataman mahnolarini anglatadi. Shunga ko’ra didaktika – bu o’qitish nazariyasidir. 

Didaktika  ukitish  jarayonining  shakllari,  metodlari,tamoyillari,  mazmuni,  vazifasi  va 

maksadlarini ishlab chikadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

       Foydalanilgan adabiyotlar: 

 

1



.  Erkin  va  farovon,  demokratik  O‘zbekiston  davlatini  birgalikda  barpo  etamiz. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  lavozimiga  kirishish  tantanali  marosimiga 

bag‘ishlangan  Oliy  Majlis  palatalarining  qo‘shma  majlisidagi  nutq  /  Sh.M. 

Mirziyoyev. - Toshkent : O‘zbekiston, 2016. — 56 b. 

2.  Tanqidiy  tahlil,  qatʼiy  tartib-intizom  va  shaxsiy  javobgarlik —  har  bir  rahbar 

faoliyatining  kundalik  qoidasi  bo‘lishi  kerak.  Mamlakatimizni  2016  yilda  ijtimoiy-

iqtisodiy  rivojlantirishning  asosiy  yakunlari  va  2017  yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy 

dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining 

kengaytirilgan  majlisidagi  maʼruza,  2017  yil  14  yanvar  /  Sh.M.  Mirziyoyev. — 

Toshkent : O‘zbekiston, 2017. — 104 b. 

3.  Pedagogika.  (Maʼruzalar  matni.  Prof.  N.Gaybullayev  taxriri  ostida).  T. 

„Universitet“. 1999. 

4. O‘zbekiston Respublikasining „Taʼlim to‘grisida“gi Qonuni. T, 1997. 

5. O‘zbekiston Respublikasi „Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“. T, 1997. 

6. I. Karimov. „Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori“. T. 1997. 

7. I.Karimov. „Donishmand xalkimizning mustaxkam irodasiga ishonaman“. T. 2000. 

8.  O‘zbek  pedagogikasi  tarixi.  (Ko‘llanma.  prof.  A.Zunnunov  taxriri  ostida).  T. 

„O‘kituvchi“. 1997. 

9. Pedagogika. (Qo‘llanma. A Munavvarov taxriri ostida) T. „O‘kituvchi“. 1996. 

10. Pedagogika. (Qo‘llanma. prof. A.Ilina taxriri ostida). M. 1984. 

11.  Ochilov  M.  Universitetlar  tizimida  pedagog  xodimlar  tayyorlash  muammolari. 

„Taʼlim va tarbiya“ jurnali. 1997. 5-6 son. 

 

 

 http://www.ziyonet.uz 



 

 

 

 

 

 

Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish