3.Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy masalalar.
Respublika mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlab, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlash jarayonida suveren O‘zbekiston Respublikasining mafkurasini shakllantirish zaruratini kun tartibiga qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezident I.A. Karimov 1993 yil 7 mayda II chaqiriq Oliy Kengashning XII sessiyasidagi nutqida milliy ongni rivojlantirishni milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishning ajralmas qismi deb atadi. Bozor munosabatlariga asoslangan yangi demokratik jamiyatni yangi tafakkur va g‘oyaviy tiklanishsiz amalga oshirish mumkin emas va busiz mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlikka erishishni aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi. SHuningdek, I.Karimov milliy istiqlol mafkurasining mohiyati haqida gapirib, yangi mafkuraning mazmuni eski mafkuraviy dogmalardan xalos bo‘lgan va O‘zbekiston Respublikasi mustaqil mafkurasi bilan qurollangan shaxsni tarbiyalashdan iborat ekanligini ta’kidladi.
Mamlakatimiz tarixi ko‘rsatib turibdiki, yagona maqsad va g‘oyasiz jamiyat yo‘q bo‘lib ketadi va ichki hamda tashqi dushmanlarning oson o‘ljasiga aylanadi. Milliy istiqlol mafkurasi ming yillik o‘tmishni O‘zbekiston xalqlarining buyuk kelajagi bilan bog‘laydigan ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi. U odamlarni yagona umumiy maqsad - respublika mustaqilligini mustahkamlash, Vatan ravnaqi, odamlar, yuzdan ortiq millat va elatlar, bugungi kunda Respublikada istiqomat qilayotgan turli dinlar nomidan birlashtiradi.
Milliy istiqlol g‘oyasining roli va ahamiyati har xil fundamentalistik va ekstremistik oqimlarning xavfi oldida, ayniqsa, dolzarbdir. SHubhasiz, O‘zbekiston Respublikasi suverenitetining barqarorligi va mustahkamligi, avvalo, respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-axloqiy hayotini bozor munosabatlari sharoitida demokratik jamiyat qurish yo‘lida barqarorlashtirish bilan ta’minlanadi. SHu bilan birga, milliy istiqlol mafkurasining eng muhim vazifasi yosh avlodni vatanparvarlik, o‘z Vataniga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalashdir. Respublikada odamlar, ayniqsa, yosh avlodni ma’naviy, mafkuraviy tarbiyalashga katta e’tibor berilmoqda. O‘zbek davlatchiligi tarixida axloqiy tarbiya doimo e’tibor markazida bo‘lib kelgan. SHoir ta’biri bilan aytganda, “o‘zbek ma’naviyati jahon madaniyatini bezab turgan gultojlardan biridir”. Hozirgi avlod o‘zbek xalqining ming yillik tarixida to‘plangan ma’naviyatini beg‘ubor go‘zal saqlashga mas’uldir.
Bozor munosabatlariga o‘tish, kuchli fuqarolik jamiyatini qurish sharoitida ma’naviyat va ma’rifat markazlari ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda. "Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasiga tayanib ko‘rilgan tadbirlar jamiyatda yuksak milliy madaniyat, milliy g‘oya, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Milliy istiqlol mafkurasi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining azaliy orzu-intilishlariga, erkin va obod Vatan, munosib va farovon hayot yaratish yo‘lidagi hayotiy ideallariga asoslanadi.
Ushbu mafkura umummilliy hodisa va doimiy takomillashib boruvchi tizim bo‘lib, O‘zbekistonda yashovchi barcha odamlarni birlashtira oladigan, xalqimizning orzu-umidlari va e’tiqodlarini aks ettiradigan, ular tanlagan taraqqiyot yo‘liga tayanadigan, uning mentaliteti, turmush tarzi va asosiy manfaatlarini inobatga olgan qudratli rag‘bat vazifasini bajaradi.
Milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, demokratiya tamoyillariga asoslanadi. U xalqning yuksak ma’naviyatini, axloqi, urf-odatlari va ajdodlarning asrlar davomida shakllanib kelgan buyuk merosini o‘zlashtira borishga asoslanadi.
Milliy istiqlol mafkurasi jamiyatning barcha a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O‘zbekistonning buyuk kelajagiga erishish uchun safarbar etishga qaratilgan. U millatidan, til va diniy mansubligidan qat’i nazar, har bir fuqaroda g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini, Vatanga muhabbat, o‘zaro hurmat, mustaqillik va demokratiya g‘oyalariga sadoqatni tarbiyalaydi va fikrlarning plyuralizmiga va vijdon erkinligiga tayanib, ma’rifat orqali jamoatchilik ongini shakllantiradi. SHunga qaramay, Asosiy Qonunimizda qayd etilganidek:”O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot sisiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi.
Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”(12-modda).
SHunday qilib, ma’naviy rivojlanish mamlakatimiz ichki siyosatining muhim bo‘g‘ini bo‘lib qolmoqda, uning maqsadi - jamiyatning birligi, barqarorligi va uyg‘un rivojlanishini ta’minlashdir. Zotan, jamiyatning rivojlanish darajasi ko‘p jihatdan ma’naviy qadriyatlarga, ularning jamiyat hayotida tutgan o‘rniga bog‘liqdir.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1.Islom Karimovning “YUksak ma’naviyat – engilmas kuch” kitobida ma’naviyatga qanday ta’rif berilgan?
2.O‘zbekiston Respublikasining yosh davlatni ma’naviy tiklash konsepsiyasida nimalar nazarda tutilgan?
3.Mustaqillik yillarida madaniy va ma’naviy merosni tiklash borasida qanday tadbirlar amalga oshirildi?
4.O‘zbekistonda ijtimoiy fikr nimalarga asoslanadi?
5.Ma’naviyatni shallantiradigan asosiy mezonlarga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |