Beshinchi tamoyil – bu xalqimiz anhanalari, urf-odatlari hamda bozor iqtisodiyotining ob’ektiv qonun-qoidalarini hisobga olgan holda unga «shok terapiyasi» asosida emas, balki evolyutsion tadrijiy asosda, puxta o’ylab bosqichma-bosqich o’tish nazarda tutiladi.18
SHunday qilib, ushbu tamoyillar yoki taraqqiyotning «o’zbek modeli» O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatiga o’tishining hamda uning jahon hamjamiyati bilan izchillik asosida integratsiyalashuv kontseptsiyasining negizini tashkil etadi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich izchillik bilan o’tayotgan O’zbekiston Respublikasi 1994 yil oxiri 1995 yil boshlarida islohotlar o’tkazishning ikkinchi bosqichiga ko’tarildi. Bu davr ichida mamlakatimizda nafaqat kuchli ijroiya hokimiyatiga asoslangan Prezidentlik respublikasi shakllandi, balki umuminsoniy hamda milliylikka asoslangan zamonaviy parlament – Oliy Majlisga ko’ppartiyaviylik, muqobillik, hurfikrlilik asosida saylovlar o’tkazilib, jiddiy qadam qo’yildi. To’g’ri hali bu tom mahnodagi professional parlament emas edi. Ammo iqtisodiy, madaniy, ma’naviy sohalar kabi ijtimoiy-siyosiy sohada ham islohotlar evolyutsion yo’l bilan olib borildiki, bu jamiyatimizda barqarorlikni ta’minlash uchun asos bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 1995 yil 23 fevralda I chaqiriq Oliy Majlisining I sessiyadagi mahruzasi “O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari” deb nomlanishi bejiz emas. Mazkur mahruzada Yurtboshimiz SHarqda, qolaversa O’zbekistonda dunyoviy, demokratik jamiyat barpo qilishning uch muhim tamoyili ustida to’xtab, ularni ilmiy jihatdan asoslab berdi. Xo’sh, O’zbekistonda qurilayotgan demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatining shaklu-shamoyili qanday bo’lishi kerakq “SHarqda, - deb yozadi I.A.Karimov, - demokratik jarayonlarning, qadimdan shakllangan o’ziga xos va o’ziga mos xususiyatlari bor. SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o’zgarishlar yasashga urinishlar g’oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni g’arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo’l bizga aslo to’g’ri kelmaydi”19. SHu o’rinda demokratik jamiyat qurishning milliy, umumbashariy tamoyillarida sharqona qadriyatlar qanday o’rin egallaydiq, degan savol tug’iladi. Agar ehtibor bilan qaralsa, bu o’rinda jarayonlar so’zi tamoyillar mahnosini ham anglatmoqda. To’g’ri, ikkinchi tamoyilni Prezidentimiz demokratlashtirishning “ikkinchi muhim sharti” deb nomlagan. “Jamiyatni demokratlashtirishning ikkinchi muhim sharti odamlarning tafakkuri va ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o’zgarishlar darajasi va surhatlari bir-biriga qanchalik mutanosib bo’lishiga bog’liqdir”20. Fikrimizcha, mazkur tamoyil umumbashariy tamoyildir. “Uchinchidan, - deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov, – demokratik jarayonlar xalqimiz milliy madaniyatining o’ziga xos jihatlarini, uning tabiatini o’zida mujassam etmog’i kerak. Ma’lumki, Farb namunasi ko’p hollarda individualizm falsafasiga tayanadi va ommani haddan tashqari siyosiylashtirishga olib keladi”21. Demak, milliy tamoyillar bilan birga mintaqaviy tamoyillar ham mavjud. Ko’rinib turibdiki, I.A.Karimovning ta’kidlashicha, demokratiyani shakllantirishda O’zbekiston uchun Farb namunasi emas, ko’proq SHarq tajribasi qo’l keladi. “Osiyo” mintaqasi va musulmon SHarqidagi demokratik qadriyatlar va o’zgarishlar rivojining tajribasi o’ziga xos xususiyatlar, o’ziga xos anhanalarga ega. SHarqda demokratiya tushunchasi hamjihatlik g’oyasi, jamoatchilikning fikricha, ustuvorlik zaminida shakllanadi”22. Osiyo mintaqasi va musulmon SHarqining boy tarixiy tajribasiga asoslanib, I.A.Karimov O’zbekistonda demokratik tamoyillarning rivoji to’g’risida nihoyatda muhim xulosaga keladi: ”Bizning mamlakatimizda, -deydi Yurtboshimiz, - demokratik jarayonlar xalqimizning qonunni hurmat qilish, qonunga itoat etish kabi fazilatlariga mos ravishda rivojlanishi zarur. Ahloqiy, ma’naviy qadriyatlar siyosiy munosabatlarda ham ustunlik kasb etishi darkor”23.
Do'stlaringiz bilan baham: |