Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik.
Kadrlar tayyorlash milliy
dasturining amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda nisbatan qisqa muddatlarda
dunyoning yetakchi davlatlarida ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or yutuqlarni, milliy an’analarni o‘z ichiga olgan yangi modeli tashkil qilindi.Mustaqillik yillarida oliy ta’lim tizimida olib borilgan izchil islohotlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el univer- sitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent
shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filiallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi
Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari ham o‘zbek yoshlariga o‘z ta’lim sirlarini o‘rgatmoqdalar.
Xorijiy universitetlarning Toshkentdagi filiallari Vest-minster universiteti M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining filiali I.M.Gubkin nomidagiRossiya neft va gaz davlat universiteti filiali Singapur menejmentni rivojlantirish instituti filialinTurin politexnika universiteti filiali G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi filiali Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiali 2002 -200620072008200920092014 Iqtisodiyot va biznesMatematika va psixologiya Neft va gaz Menejment Texnika va texnologiyalar IqtisodiyotAxborot texnolo giyalariurtimiz va xorijdagi o‘quv maskanlarida yuzlab iqtidorli yoshlar ta’lim olmoqda va o‘z malakasini oshirmoqda. Bunda xorijiy ta’lim muassasalari bilan ikki tomonlama tajriba almashish yo‘lga qo‘yilgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan mamlakatlari qatoriga chiqdi. Yoshlarni jahon fani va bilimlari xazinasidan
Xalqaro Vestminster universiteti Toshkent filiali bahramand qilishga katta e’tibor berilmoqda. Respublika o‘quv yurtlarining chet ellardagi o‘quv markazlari bilan aloqalari ancha mustahkamlandi. Chet ellik o‘qituvchilar va mutaxassislarni xorijiy tilda mashg‘ulot olib borish uchun taklif qilish, shuningdek, chet el o‘quv va ilmiy markazlarida xodimlarning malaka oshirishi va talabalarning o‘qishi kengayib bormoqda. Ayni vaqtda jahonning ko‘plab mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar O‘zbekistonda ta’lim olishmoqda.